|
Sotsial psixologiya
|
bet | 37/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 20243-jadval
Ichki dialogning shakllanganlik darajasi
|
Bosqichlari
|
Ichki dialogning darajaviy belgilari (autokommunikasiya)
|
Oliy daraja
|
6-bosqich
|
Shaxsiy mazmundagi dialog (o‘zidagi shaxsiy sifatlarni muhokama qilish, shaxsiy mulohaza)
|
5-bosqich
|
Hodisa va narsalarga bog‘liq bo‘lgan sifatlar xususidagi ichki dialog
|
O‘rta daraja
|
4-bosqich
|
Shaxsiy sifatlar muhokamasiga qaratilgan savollar, o‘ziga talablar
|
3-bosqich
|
Boshqalarning baholari ta’siridagi ichki mulohazalar, shaxsiy ahamiyat kasb etgan o‘zgalar fikrlari asosida ichki dialog
|
Quyi daraja
|
2-bosqich
|
Shaxsiy sifatlarga aloqador bo‘lmagan o‘zgalar fikrlari asosidagi dialog (hodisa va narsalarga aloqador fikrlar)
|
1-bosqich
|
Kimdir nima haqidadir gapirishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan tasavvurlar, lekin aniq fikr yoki munosabat yo‘q. Autokommunikasiyaga hojat yo‘q.
|
Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning ob’yektivligiga bog‘liq tarzda o‘z-o‘zi bilan muloqotga kirishib, jadvaldagiga muvofiq shaxs o‘zini nazorat qila oladi. Shuning uchun ham hayotda shunday kishilar uchraydiki, katta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o‘ziga holis baho berib, kerakli to‘g‘ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham borki, arzimagan xatolik uchun o‘z «ich-etini yeb tashlaydi». Bu o‘sha ichki dialogning har kimda har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir.
|
| |