|
Inson qismlarning birlashmasi emas, balki yaxlitlikdir;
2
|
bet | 27/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 20241.Inson qismlarning birlashmasi emas, balki yaxlitlikdir;
2.Shaxs - odam sifatida shaxsiy insoniy muammolarni mujassam etadi;
3.Inson anglashga va aqlan biror xatti-harakatni amalga oshirishga qodirdir;
4.Inson doimo tanlash imkoniyatiga ega;
5. Inson xulq-atvori doimo intensionaldir, ya'ni sababga ega va u doimo ongli ravishda qaror qabul qila oladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ekzistensial terapiyaning asosiy negizini quyidagilar deb hisoblash mumkin:
A. Psixoterapevtik jarayonda to‘liq ishtirok etishni ta'minlash. Bunda mijoz bu jarayonga qiziqishi, chuqur kirishishi, o‘zi va o‘z hayotiga e'tiborli bo‘lishi lozim. Shunda sub’yektivlikning chuqur mohiyati namoyon bo‘ladi.
B. Mijozni o‘ziga nisbatan mavjud bo‘lgan chuqur qiziqishlariga yo‘naltirish. Ba’zan bunday qiziqish susaygan bo‘lib, shu tufayli mijoz terapiyaga muhtojlik sezadi.
V. Mijozning o‘z qiziqishini izohlashi sub’ektiv kechinmalarga diqqatining qaratilishida muammoni hal etish imkoniyatini kengaytiradi. Bu jarayonda o‘ziga to‘liq e'tibor qaratiladi, ayniqsa, tana sezgilari, emotsiyalar, fikrlar alohida e'tiborga olinadi.
G. Qarshilikning paydo bo‘lish ehtimoli. Bu vaziyat inson «Men va tashqi olam» tuzilmasini shakllantirgani tufayli o‘z ichki imkoniyatlariga kirib borishining chegaralanganligida aks etadi.
D. Ekzistensial psixoterapiya jarayoni «Men va tashqi olam» tizimini, idrokning shaxsiy tuzilmasini o‘zgartiruvchi ichki o‘zini-o‘zi anglash jarayonidan tashkil topadi;
E. Psixoterapiyaning samarasi shaxs hayotiy hislarining kengaygani va yashash qobiliyatining oshganligida aks etadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan nazariya va oqimlar hozirgi kunda ham sotsial psixologiyaning rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Rus sotsial psixologiyasi va sobiq Ittifoq tizimida bo‘lgan mamlakatlardagi sotsial psixologik qarashlar rivojlanishida ham chet el, xususan amerikalik olimlarning ulushlari kattadir.
Tayanch tushunchalar: funksionalizm, kognitivizm, psixoanaliz,
bixeviorizm, interaksionizm, tranzakt tahlil, sotsiometriya, ekzistensial psixologiya.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
|
| |