|
Simvolik (belgili) kommunikatsiya
|
bet | 24/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Simvolik (belgili) kommunikatsiya - bu inson psixikasining ibtidosi hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha Gerbert Xaymen, Robert Mertonning referent guruh muammosi o‘rganilgan. Unda shaxs rivojlanishi strukturasi va dinamikasi, Teodor Sarbinning rollar nazariyasi, sotsial o‘zaro hamkorlikning mikrojarayonlari, sotsial faoliyat muhiti o‘rganilgan.
Shaxs bir tomondan, avtonom tizim tarzida mustaqil impulsiv xulq-atvor sifatida namoyon bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, tobe sotsial tizim bo‘lib, atrofdagilar kutgan xulq-atvorda namoyon bo‘ladi. Shaxsdagi faollik ibtidosi nafaqat shaxsni balki jamiyatni ham o‘zgrtrisha qodirdir
IV 6.Sotsial psixologiyada sotsiometriya
Sotsiometriya (lot. societas - jamiyat va metriya) - sotsial psixologiya sohasi hisoblanadi. Ijtimoiy turmushdagi kichik guruh a’zolari o‘rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularning darajalarini o‘lchashda qo‘laniladi. Sotsiometriya guruh a’zolarining bir-biri bilan o‘zaro sub’yektiv munosabatlarini, individlarning guruhdagi mavqei, kim yetakchilik qila olishi mumkinligi masalalarini eksperimental yo‘l bilan tadqiq qiladi.
Sotsiometriyaga amerikalik sotsiolog Yakob Levi Moreno (1892-1974) asos solgan. Uning metodiga ko‘ra, muayyan guruhdagi har xil xususiyatli shaxslarning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi.
Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi. Bu ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rnishini aks ettiradi, xolos.
Hozirgi davrda sotsiometriyaning modifikatsiyalari ishlab chiqilgan (Ya.L.Kolominskiy, I.P.Volkov). Sotsiometriyaning bu turi test savollari yordamida bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida to‘laroq axborot to‘plash imkonini beradi.
Sotsiometriyaning nazariy va amaliy natijalari mehnat jamoalarining sotsial rivojlanishini boshqarishda, tarbiyaviy ishda va h.k.da keng qo‘llaniladi.
IV.7. Sotsial psixologiyada transakt tahlil
Transakt analiz ikki tilidan olingan bo‘lib, lotincha «transaction - kelishuv va grekcha «analysis» - tahlil degan ma’nolarni anglatadi. Uning asoschisi amerikalik psixolog va psixiatr Erik Lennard Bern hisoblanadi. E.Bern ildizi psixoanalizga taqaluvchi taniqli kontseptsiyani yaratdi.
Biroq E.Bern kontseptsiyasi shaxsning o‘zi va boshqalar bilan munosabatini dasturlovchi xulq-atvor kognitiv sxemalarini aniqlash va belgilashga urg‘u qiluvchi ham psixodinamik, ham bixeviorial yondashuvlar, g‘oyalar va tushunchalarni o‘zida mujassam etgan.
|
| |