• Kirish qismi
  • Sotsial psixologiya




    Download 3,89 Mb.
    bet10/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    Ikkinchi metodik muammo bu u yoki bu sotsial psixologik nazariya asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muammosi. Ilmiy tadqiqot boshlashdan oldin tadqiqotchi ma’lum taxminlar yuritadi, lekin bu taxminlarning aniq chiqishi o‘sha muammo bo‘yicha pishiq, puxta nazariyaning bor ekanligiga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham ko‘pincha fan sohasiga endigina qadam qo‘ygan yosh olim yoki tadqiqotchi gipotezalar, taxminlar bayon etishga qiynaladi, chunki sotsial psixologiyada ayniyatlar ayrim, alohida tadqiqotlardan umumiy xulosa olish orqali o‘tkazilmaydi.
    Uchinchi muammo bu sotsial psixologik muammolarning sifati masalasi, ya’ni qanday ma’lumotni sifatli, ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir.
    Sotsial psixologik ma’lumotlarning ishonchliligi.
    Sifat haqida gap ketganda, tadqiqotchining tadqiqot ob’yektini qanchalik to‘g‘ri tanlangani hamda to‘plagan ma’lumotlarining ishonchliligini qanday usullar bilan tekshirganligi nazarda tutiladi.
    Ba’zan tadqiqotchi tekshiruvchilarni taxminan, tartibsiz tarzda tanlaydi. Bu narsa uning reprezentativlilik qonunini buzganligi belgisidir. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yana bir kamchilik bu o‘sha o‘rganish ob’yektining hajmi yoki soni xususida. Chunki amaliyotda ko‘pincha tekshiriluvchi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ma’lumot shunchalik ishonchli bo‘ladi, degan noto‘g‘ri fikr mavjud. Agar tadqiqotchi ish boshlashidan oldin, ayni maqsadlarini, vazifalarini, tadqiqotning nazariy asosini yaxshi bilgan holda to‘g‘ri ilmiy tahminlar, gipotezalar ilgari surilgan bo‘lsa, u kichikroq guruhda o‘tkazgan eksperimentlarning ma’lumotiga ham ishonishi mumkin (masalan, hozirgi moddaga munosabatni talabalarning bir qancha akademik guruhida o‘rganish mumkin).
    Lekin tadqiqot uslubini, metodlarini to‘g‘ri tanlashda pilotaj-sinov tadqiqoti o‘tkazishning ahamiyati kattadir. Unda o‘sha gipotezalarning qanchalik asosliligini ham, metodikaning aynan maqsadga muvofiqligini ham, tekshiriluvchilar ob’yektining to‘g‘ri tanlanganligini ham ma’lumotlarning turg‘unligi, ishonchliligini ham tekshirib olish mumkin. Bundan tashqari, shu bosqichda tadqiqotchi eksperiment yoki anketa o‘tkazish uchun qulay vaziyat va vaqtni belgilash, o‘z yordamchilarining ishga qanchalik yaroqliliklarini ham sinab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    Lekin asosiy tadqiqot o‘tkazilgandan so‘ng tekshiruvchi to‘plagan ma’lumotlarning asosligi (validlilik), ya’ni tanlangan uslubining aynan shu sifatlarni tekshirishga qaratilganligini, ularning turg‘unligini, ya’ni har qanday sharoitda ham shu metod yordamida va shu sharoitda ayni shu xildagi ma’lumot to‘plashini va ma’lumotlaming aniqligini, ya’ni tanlangan uslub maqsadga muvofiqligini isbotlab berishi kerak.
    Nihoyat, ma’lumotlaming sifati tadqiqotchining o‘z ishlari bo‘yicha tuzgan hisobotiga ham bog‘liq. Sotsial psixologik tadqiqot haqidagi hisobot quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

    1. Kirish qismi, bu yerda tadqiqotni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, unga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar hamda uni kimlar o‘tkazganligi yoziladi.

    2. Dastur qismi, bu yerda foydanilgan adabiyotlar, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ilmiy taxmin gipotezalar beriladi.


    3. Download 3,89 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   143




    Download 3,89 Mb.