|
Sotsial psixologiya
|
bet | 3/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Tayanch tushunchalar: sotsial psixologik tafakkur, sotsial ruh, jamiyat, psixologik, sotsiologik, odamlar uyushmasi.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
Sotsial psixologiya fanining rasman mustaqil fan sifatida tan olinishiga nima sabab bo‘lgan?
Nemis olimlarining sotsial psixologiya fani predmetiga bergan ta’rifini izohlang?
Rus sotsiologlarining fan predmetiga bergan ta’rifi?
V.N.Myasishev 1960-yilda nashr etilgan «Shaxs va nevrozlar» kitobida fan predmetiga berilgan ta’rifni izohlang?
Fransuz olimlarining fan predmetiga bergan ta’rifi?
G.Andreyeva sotsial psixologiyani o‘rganishda qanday yondashuvlarni nazarda tutgan?
Sotsial psixologiyaning bugungi kundagi mavqei?
Oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatidagi o‘rni xususida Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning fikrlari?
Bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari
Insoniyat jamiyatida qachondan sotsial psixologik tafakkur, sotsial ruh paydo bo‘lgan?
Insoniyat paydo bo‘lganidan boshlab
Hamkorlikda mehnat qilishdan boshlab
Odamlar yashash ehtiyojini sezgan davrdan boshlab
B va C javoblar
Sotsial psixologiya qachon rasman fan sifatida yaratilgan?
1910-yil
1908-yil
1909-yil
1907-yil
1908-yilda chop etilgan «Sotsial psixologiyaga kirish» darsligi muallifi kim?
U. Mak-Dugall
E.Ross
Z.Freyd
G.Gibsh
«Odamlar uyushmasi, kooperatsiyalar sotsial psixologik tadqiqotlarning asosidir, uning ob’yekti esa sotsial ta’sir jarayonlari, ularni uyushishga majbur qiladigan shart-sharoitlar hamda motivlar sotsial psixologiya o‘rganishi kerak bo‘lgan sohalardir». Ushbu fikr muallif(lar)i kim?
G.P. Predvechniy va Yu.A.Sherkovin
G.Gibsh va M.Forverg
E.Ross va G.Gibsh
V.Magdugall va E.Ross
|
| |