• Birinchisi eng zamonaviy va muhim ish bo‘lib
  • Nima sotiladi
  • Sanoat va ishlab chiqarish sohasi




    Download 3,89 Mb.
    bet125/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    Sanoat va ishlab chiqarish sohasi. Sanoat va mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida tadbiqiy ishlar birinchi navbatda konkret tashkilotda kadrlar zahirasini to‘g‘ri va oqilona tashkillashdan tortib, xodimlar ish sharoitlari va mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar kompleksini ilmiy ravishda o‘rganib, hayotda natija olishga qaratilgan harakatlar majmuidir. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida ushbu yo‘nalishdagi tadbiqiy ishlarning ikki sohasini ajratish mumkin:

    • marketing xizmatlari

    • xodimlar (personal) bilan ishlash.

    Birinchisi eng zamonaviy va muhim ish bo‘lib, bu yerda psixologning vazifasi «Nimani?» va «Kim?» harid qilib olishga ehtiyoji borligini o‘rganishga ko‘maklashishdir. Chunki, talab bilan ehtiyoj bevosita shaxsga va uning psixologik munosabatlari tizimiga aloqador kategoriyalar bo‘lib, bozor va raqobat sharoitida korxona yoki tashkilotlarning samarali ishlab ketishi eng avvalo xaridorgir tovar mahsulotlarni ajratib, ularning odamlar talab-ehtiyojiga qanchalik mosligini aniq tahlil qilishdan boshlanadi.
    Marketing munosabatlari aslida odamlar o‘rtasidagi sof psixologik munosabatlar bo‘lib, uning negizida odamlar o‘rtasidagi jonli muloqot, ta’b va did tarbiyasi yotadi.
    Shuning uchun biz bugun odamlarda to‘g‘ri marketing tafakkurini shakllantirish vositalarini qidirishimiz va talab-taklif munosabatlarini real ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan muvofiqlashtirishda inson psixologiyasi xususiyatlarini inobatga olib ishlashga o‘rganishimiz kerak. Masalan, shunday «Case Study»ni olaylik: Psixologiyani qanday qilib sotish mumkin? (ya’ni, Psixologik ma’lumotlar va bilimlarni)
    Biz aniq va to‘g‘ri javoblar olishimiz kerak bo‘lgan savollar quyidagilar bo‘ladi:
    Nima sotiladi? - Test natijalari
    Nima uchun? - nima qilib bo‘lsa ham, pul ishlash, o‘z imkoniyatlarini tekshirish, shaxsiy ish ochish;
    Kim? - firma yoki konkret kishilar;
    Nima? - xilma-xil testlar batareyasi;

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143




    Download 3,89 Mb.