|
yetakchi qaror qabul qiladi
|
bet | 121/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024yetakchi qaror qabul qiladi - biror harakatning turli variantlarini ko‘rib chiqadi, hatto mutaxassislar bilan maslahatlashadi, ammo so‘nggi qarorni faqat o'zi qabul qiladi.
yetakchi vazifa topshiradi - albatta og‘zaki buyruq yoki yozma murojaat sifatida emas. Hamisha xushmuomalalik bilan, iltimos yoki maslahat ohangida. Muhimi - o‘zini atrofdagilar nima qilishi kerakligini yaxshi biladiganday tutishda.
yetakchi tortinmay «menimcha», «o‘ylaymanki», «nazarimda» deya oladi. U kechayotgan voqea-hodisalar boshqa kuchlar ta’sirida sodir bo‘layotganligini bildirmaydi. Xuddi armiyadagiday: oddiy askar buyruqni generaldan emas, o‘z boshlig‘idan eshitadi. Boshliq hech qachon «bu generalning buyrug‘i» demaydi, chunki bunday hisobot uning askar oldidagi obro‘sini tushiradi.
yetakchi ish tartibini o‘zi belgilaydi: qachon, qancha va aynan nima ustida ishlashni o‘zi hal qiladi. Bu yetakchi boshqalardan kam ishlaydi, degani emas. Jamoa xodimlar intilishini ularning ish kuniga qarab belgilash mumkin. Biror xodim hammadan keyin qolib kechgacha ishlasa, quvonishga shoshilmaslik darkor. Bu - xodim ish kunini, hatto cho‘zayotgan bo‘lsa ham, o‘zi belgilayotganligini, demak, hozirgi ahvolidan ko‘ra yuksakroq amallarni ko‘zlayotganligini bildiradi. Bu esa rahbar uchun xavfli belgi.
yetakchi savol beradi. Hatto zamonaviy qarashlarga umuman rioya etmaydigan kishilar ham axborotga egalik - hukmronlik ekanligini yaxshi bilishadi. Savolga javob berayotgan odam so‘rayotgan kishiga tobe maqomida turadi. Bekorga «Bu yerda savolni men beraman!» iborasi munosabatlar notengligining yorqin namunasi bo‘lib qolmagan.
yetakchi o‘zi kerak deb hisoblagancha sukut saqlaydi. U bemalol atrofdagilar uning javobini kutayotganligini o‘ylamasdan uzoq jim qolishi yoki aksincha, gapirayotgan odamni keskin savol, javob, ibora yoki qo‘l harakati bilan to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
|
| |