• 2. Taraqqiyot davrlarida shaxs sotsiallashuvi
  • 3. Sotsiallashuv jarayonida shaxs yo‘nalishining shakllanishi
  • Maqsadlar va ideallar.
  • Qiziqishlar va dunyoqarash.
  • Sotsial psixologiya




    Download 3,89 Mb.
    bet98/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    Madaniy kontekst. Har bir jamiyat boshqalardan ustun bo‘lgan ma’lum bir shaxs sifatlarini qadrlaydi va bolalar sotsiallashuv jarayonida bu sifatlarni o‘zlashtirib olishadi. Insondagi aynan qaysi sifatlar ko‘proq qadrlansa, sotsiallashuv usullari shunga bog‘liq bo‘ladi, ular turli madaniyatlarda turlicha bo‘ladi. Masalan, Amerikada o‘ziga ishonish, o‘zini boshqara olish va agressivlik kabilar qadrlansa, Hindistonda uning aksi, passivlik va mistitsizm qadrlanadi. Shuning uchun amerikaliklar buyuk sportsmenlar, astronavtlarga hurmat bilan qarashadi. Hindlar esa, zo‘ravonlikka qarshi harakat qiladigan dindorlar va siyosat arboblari (masalan, Maxatma Gandi)ga hurmat bilan qarashadi. Bu madaniy qadriyatlar ijtimoiy me’yorlar asosida yuzaga keladi. Tarkibida bir xillik mavjud bo‘lmaganligi tufayli, sotsiallashuv ikki tomonlama jarayondir. Biologik omillar hamda madaniy omillarning, shuningdek, ijtimoiylashayotgan hamda ijtimoiylashmoqchi bo‘lganodamlar o‘rtasida bir-biriga ta’sir etish jarayoni ro‘y beradi.Shaxsning sotiallashuvi uning bilishga bo‘lgan ob’yektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo‘ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda shaxsda boshqa bir ob’yektiv ehtiyoj - o‘ziga xoslikning namoyon bo‘lishi ham shakllanadi. Shaxs uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘zigagina tegishli bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy xulq- atvori esa takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi.
    Shaxsning ijtimoiy rivojlanishi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki yo‘nalishda olib boriladi: moslashuv (ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbatan o‘ziga xoslikka ega bo‘lish). Shunday qilib, sotsiallashuv tushunchasi zamonaviy fanda inson shaxsining moslashuvi va individuallashuvi jarayonlarini o‘zaro bog‘laydi. Insonning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi yoki undan ajralib chiqishi (individuallashuvi) sotsiallashuv jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Moslashish sub’yekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuvi jarayoni va natijasidir.



    1. 2. Taraqqiyot davrlarida shaxs sotsiallashuvi

    Shaxs, uning dunyoni bilishi, o‘zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni bilishi, tushunishi va o‘zaro munosabatlar jarayonida o‘zidagi takrorlanmas individuallilikni namoyon qilishi hamda ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga bog‘liq ayrim jihatlarini tahlil qilish bizga umumiy ravishda shaxs - jamiyatda yashaydigan sotsial mavjudotdir, degan xulosani qaytarishga imkon beradi. Ya’ni, u tug‘ilgan onidan boshlab o‘ziga o‘xshash insonlar qurshovida bo‘ladi va uning butun ruhiy potensiali ana shu sotsial muhitda namoyon bo‘ladi.
    Chunki agar insonning ontogenetik taraqqiyoti tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, hali gapirmay turib, odam bolasi o‘ziga o‘xshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina sotsial muloqotning barcha ko‘rinishlarining faol ob’yekti va sub’yektiga aylanadi. Shu nuqtai nazardan, har birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayon psixologiyada sotsiallashuvyoki sotsializasiya deb yuritiladi.
    Sotsiallashuv eng avvalo odamlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko‘rsatilayotgan ta’sir oddiy, mexanik tarzda o‘zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan sub’yektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil sotsial muhit va bir xil ta’sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 10-15 ta o‘quvchidan iborat akademik litsey o‘quvchilarini olaylik. Ularning bilimni, ilmni idrok qilishlari, ulardan ota-onalarining kutishlari, o‘qituvchilarning berayotgan darslari va unda yetkazilayotgan ma’lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir xilday. Lekin baribir ana shu 15 o‘quvchining har biri shu ta’sirlarni o‘zicha, o‘ziga xos tarzda qabul qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o‘quv ko‘rsatgichlari va iqtidorida aks etadi. Bu o‘sha biz yuqorida ta’kidlagan sotsiallashuv va individualizatsiya jarayonlarining o‘zaro bog‘liq va o‘zaro qarama-qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi.
    Sotsiallashuv jarayonlarining ro‘y beradigan shart-sharoitlarini sotsial institutlar deb ataymiz. Bunday institutlarga oiladan boshlab, mahalla, rasmiy davlat muassasalari (bog‘cha, maktab, maxsus ta’lim o‘choqlari, oliygohlar, mehnat jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi.
    Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o‘ziga xosdir. Insondagi dastlabki sotsial tajriba va sotsial xulq elementlari aynan oilada, oilaviy munosabatlar tizimida shakllanadi. Shuning uchun ham xalqimizda «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan maqol bor. Ya’ni, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu qolip jamiyatdagi boshqa guruhlar ta’sirida sayqal topib, takomillashib boradi. Bizning o‘zbekchilik sharoitimizda oila bilan bir qatorda mahalla ham muhim tarbiyalovchi-sotsiallashtiruvchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ba’zan odamning qaysi mahalladan ekanligini surishtirib, keyin xulosa chiqarishadi, ya’ni mahalla bilan mahallaning ham farqi bo‘lib, bu farq odamlar psixologiyasida o‘z aksini topadi.
    Masalan, bitta mahalladan yaxshi kelin chiqsa, aynan shu mahalladan qiz qidirib qolishadi. Ya’ni, shu mahalladagi B sotsial muhit qizlaming iboli, aqlli, sarishtali bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashgan. Masalan, ayrim mahallalarda sahar turib ko‘cha - eshiklarni supurish odatga aylangan va barcha oilalar shu udumni buzmaydilar. Shunga o‘xshash normalar tizimi har bir ko‘cha-mahallaning bir-biridan farqi, afzallik va kamchilik tomonlarini belgilaydi, oxirgilar esa shu mahallada katta bo‘layotgan yoshlar sotsiallashuvida bevosita ta’sirini ko‘rsatadi.
    Yana bir muhim sotsiallashuv o‘choqlariga maktab va boshqa ta’lim maskanlari kiradi . Aynan shu yerda sotsiallashuv va tarbiya jarayonlari maxsus tarzda uyg‘unlashtiriladi. Bizning sotsial tasavvurlarimiz shundayki, maktabni biz ta’lim oladigan, bola bilimlar tizimini o‘zlashtiradigan maskan sifatida qabul qilamiz. Lekin aslida bu yer sotsiallashuv tarbiyaviy vositalarda yuz beradigan maskandir. Bu yerda ataylab tashkil etilgan, oxirgi yillarda joriy etilgan «Ma’naviyat darslari», «Etika va psixologiya» kabi tarbiyalovchi fanlar nazarda tutilmayapti. Gap har bir darsning, umuman maktabdagi shart-sharoitlar, umumiy muhitning tarbiyalovchi roli haqida.
    Masalan, dars paytida o‘qituvchi butun diqqati bilan yangi darsni tushuntirish bilan ovora deylik. Uning nazarida faqat dars, mavzuning mazmuni va undan ko‘zlangan maqsad asosiyday. Lekin, aslida ana shu jarayondagi o‘qituvchining o‘zini qanday tutayotganligi, kiyim-boshi, mavzuga sub’yektiv munosabati va qolaversa, butun sinfdagi o‘quvchilarga munosabati hamma narsani belgilovchi, sotsial tajriba uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omildir.
    Shu nuqtai nazardan o‘quvchilar didi, kutishlari va talablariga javob bergan o‘qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks holda esa o‘qituvchining ta’siri faqat salbiy rezonans beradi. Xuddi shunday har bir sinfda shakllangan muhit ham katta rol o‘ynaydi. Ba’zi sinflarda o‘zaro hamkorlik, o‘rtoqchilik munosabtlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, guruhda ijobiy munozaralar va bahslar uchun qulay sharoit bor. Bu muhit tabiiy o‘z a’zolari sotsial xulqini faqat ijobiy tomonga yo‘naltirib turadi.
    Yana bir muhim sotsiallashuv muhiti - bu mehnat jamoalaridir. Bu muhitning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli pishib qolgan,
    ma’lum tajribaga ega bo‘lgan, hayot haqidagi tasavvurlari shakllangan paytda keladi. Qolaversa, egallangan mutaxassislik, orttirilgan mehnat malakalari va bilimlar ham juda muhim bo‘lib, shu muhitdagi sotsial normalar xarakteriga ta’sir qiladi. Lekin baribir shaxsning kimlar bilan, qanday o‘zaro munosabatlar muhiti ta’sirida ekanligi uning yetuklik davridagi sotsiallashuvining muhim mezonlaridandir.
    Shuning uchun ishga kirishdagi asosiy motivlardan biri - o‘sha jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o‘zaro munosabatlar, rahbarning kimligi va uning jamoaga munosabati bo‘lib, ko‘pincha oylik-maosh masalasi ana shulardan keyin o‘rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida yaxshi, sog‘lom ma’naviy muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson taqdirida katta rol o‘ynaydi.
    Katta yoshdagi sotsiallashuvning o‘ziga xosligi shundaki, unda individualizatsiya jarayoni aniqroq, sezilarliroq kechadi. Chunki katta odam nafaqat tashqi ta’sirlarni o‘zlashtiradi, balki o‘zidagi iqtidor, malakalari bilan boshqalarga ham tarbiyaviy ta’sir, shaxsiy o‘rnak ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    Shu nuqtai nazaridan, qarilikning sotsial mohiyati shundaki, ota-bobolarimiz, onaxonlarimiz asosan o‘zlaridagi mavjud sotsial tajribani boshqalarga (farzandlar, nabiralar, mahalladagi yoshlar va hokazo) uzatish bilan shug‘ullanadilar va bu narsa ayniqsa, Sharq xalqlarida juda e’zozlanadi. Shu sababli ham mustaqil yurtimizda qariyalar e’zozlanadi, mahallaning boshqaruv roli kun sayin oshirilmoqda, oila tarbiyaning bosh o‘chog‘i sifatida davlat himoyasida bo‘lib kelmoqda. Bu mustaqil davlat yoshlarida yangicha tafakkur va ongning shakllanishiga, yurtga sadoqat, vatanparvarlikning rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.

    1. 3. Sotsiallashuv jarayonida shaxs yo‘nalishining shakllanishi

    Sotsiallashuvning institutlaridan tashqari uning oqibati masalasi ham psixologiyada muhim amaliy ahamiyatga ega. Shaxs sotsiallashuvining eng asosiy mahsuli - bu uning hayotda o‘z o‘rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi faoliyatlarda ishtirok etishidir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, shaxsning yo‘nalganligi masalasiga ham fanda katta e’tibor beriladi. Sotsiallashuv jarayonida shaxs faoliyatini yo‘naltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg‘un, barqaro r motivlar majmuiga ega bo‘lishlik shaxsning yo‘nalganligi deb ataladi.
    Yo‘nalganlikning eng muhim tarkibiy qismlarini quyidagilar tashkil etadi:
    Mas’uliyat. Bu sotsiallashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi muhim ko‘rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda psixologiyada nazorat lokusi nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya) keng tarqaldiki, unga ko‘ra, har bir insonda ikki tipli mas’uliyat kuzatiladi. Birinchi tipli mas’uliyat shundayki, shaxs o‘zining hayotida ro‘y berayotgan barcha xodisalarning sababchisi, mas’uli sifatida faqat o‘zini tan oladi. («Men o‘zim barcha narsalarga mas’ulman. Mening hayotim va yutuqlarim faqat o‘zimga bog‘liq, shuning uchun o‘zim uchun ham, oilam uchun ham o‘zim javob beraman»). Mas’uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro‘y bergan va beradigan voqea, hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar (ota-ona, o‘qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar va boshqalar).
    Xorij mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ikkinchi turli mas’uliyat ko‘proq o‘smirlarga xos bo‘lib, ulardan 84% mas’uliyatni faqat boshqalarga yuklashga moyil ekanlar. Buma’lum ma’noda yoshlar o‘rtasida mas’uliyatsizlikning avj olganligidandir. Shuning uchun ham «nazorat lokusi» tushunchasini fanga kiritgan Julian amerikalik olim J.B.Rotterning fikricha, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishga o‘rgatligan bolalarda hovotirlik , neyrotizm konfromizim holatlari kam uchragan
    Ular hayotga tayyor, faol, mustaqil fikr yurituvchilardirUlarda o‘z-o‘zini hurmat hissi ham yuqori bo‘lib, bu boshqalar bilan ham hisoblashib yashashga sira halaqit bermaydi. Shuning uchun sotsiallashuvning muhim bosqichi kechadigan ta’lim muassasalarida yoshlarga ko‘proq tashabbus ko‘rsatish, mustaqil fikrlash va erkinlikni his qilishga sharoit yaratish kerak va bu hozirgi kunda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev siyosatining asosini tashkil etadi.
    Maqsadlar va ideallar. Sotsiallashuvning mas’uliyat hissiga bog‘liq yo‘nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallardir. Ular shaxsni kelajakni bashorat qilish, ertangi kunini tasavvur qilish va uzoq va yaqinga mo‘ljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’minlaydi. Maqsad va rejasiz inson - ma’naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o‘zining anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog‘liqligi bilan xarakterlanadi.
    Ularning shakllanishi va ongda o‘rnashishida ma’lum ma’noda ideallar ham rol o‘ynaydi. Ideallar - shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi orzu-umidlari, ular ongda bor, lekin har doim ham amalga oshmaydi. Chunki ularning paydo bo‘lishiga sabab bevosita tashqi muhit bo‘lib, o‘sha ideallar ob’yekti bilan shaxs imkoniyatlari o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘smirning ideali otasi, u otasiday mashhur va el suygan yozuvchi bo‘lmoqchi. Bu orzuga yaqin kelajakda erishib bo‘lmaydi, lekin aynan ana shunday ideallar odamga maqsadlar qo‘yib, unga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengishga irodani safarbar qilishga yordam beradi.
    Qiziqishlar va dunyoqarash. Qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo‘lib, ular shaxsni atrofida ro‘y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, ularning o‘zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to‘plash, ularni o‘rganishga imkon beruvchi omildir. Qiziqishlar mazmunan keng yoki tor, maqsad jihatidan professional, bevosita yoki bilvosita bo‘lishi, vaqt tomondan barqaror, doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirishga asos bo‘ladi. Chunki e’tiqod shaxsning shunday ongli yo‘nalishiki, unga o‘z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq doimo e’tiqodli insonlarni hurmat qiladi. E’tiqodning predmeti turlicha bo‘lishi mumkin - Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go‘zallikka va shunga o‘xshash.
    E’tiqod va qiziqishlar har birimizdagi dunyoqarashni shakllantiradi. Dunyoqarash - tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o‘z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o‘rin egallashga chorlaydi. Mustaqillik davrida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, an’analarni e’zozlashni, o‘z yaqinlariga mehribon va tanlagan yo‘liga –
    kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqoddir.

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   143




    Download 3,89 Mb.