• Sotsiallashuv
  • Biologik kontekst
  • Individ sotsial tajribani




    Download 3,89 Mb.
    bet97/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    Individ sotsial tajribani
    qabul qilishi, singdirishi;
    o‘z hayoti, faoliyati, munosabati jarayonida qo‘llashi;
    o‘zgalarga uzatishi, o‘z ta’sirini o‘tkaza olish jarayonidir
    Sotsiallashuv ikki tomonlama jarayondir, bir tomondan individning jamiyatga kirib borib, undagi malakalarni o‘zlashtirish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan, inson faolligi hamda jamiyatdagi faol ishtiroki orqali sotsial aloqalarni o‘rnatishdir.
    Sotsiallashuv g‘oyasini psixologiya sohasiga kiritgan hamda bu muammoni sotsial psixologik bilimlarni rivojlantirish uchun muammo sifatida olib kirgan olimlar sotsiallashuvning aynan shu ikki tomoniga katta e'tibor qaratishgan.
    Sotsiallashuv jarayonining birinchi tomoni - sotsial malakalarni o‘zlashtirish - bu jamiyatni insonga ta’sir etuvchi tavsifi, ikkinchi tomoni esa - inson faolligi - insonning jamiyatga o‘zining faoliyati orqali ta’sir etishidir. Bunda inson faolligi pozitsiyasi - sotsial aloqalarga har qanday ta’sir ma’lum bir qaror qabul qilish va keyinchalik shu qarorni bajarish uchun ma’lum bir faoliyat strategiyasini ishlab chiqish orqali tushuntiriladi. Sotsiallashuv jarayoni shu keltirilgan tushuntirishlar orqali shaxs shakllanish jarayoniga qarshi chiqmaydi, lekin, bu muammoga turli tomondan yondashishni talab qiladi.
    G.M.Andreyevaning fikriga ko‘ra, «Yosh psixologiyasi uchun bu muammo «shaxs» mavzusiga taalluqli bo‘lsa, sotsial psixologiya uchun «shaxsning jamiyatga ta’siri» tomondan qiziqroq hisoblanadi».
    Shu o‘rinda sotsiallashuv jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rsatib o‘tishni lozim topdik. Bular: Biologik kontekst va Madaniy kontekst.
    Biologik kontekst. Insonlarga ko‘zni yumib-ochish, ushlash, so‘rish kabi genetik reflekslar xos bo‘lsa-da, ularning genida o‘zini tutishning qiyin modellari programmalashtirilmagan bo‘ladi. Ular kiyinish, ovqatlanish, uy-joy qilish kabi ko‘nikmalarni o‘rganishlari, yashash uchun kerakli ko‘nikma, malakalarni sekin- astalik bilan o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi. Hayotining dastlabki yilida bola butkul kattalarning diqqat-e’tibori ostida bo‘ladi va asta-sekin boshqa jonzotlarga xos bo‘lmagan, ular o‘zlashtira olishi qiyin bo‘ladigan ko‘nikmalarni o‘zlashtirib olishadi (masalan, gapirish).

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   143




    Download 3,89 Mb.