|
Sovet davlati
|
Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 22,57 Kb. | | #149812 |
Bog'liq Sovet davlati
Sovet davlati
Sovet davlati va uning parchalanishi SSSR urushdan keyingi yillarda SSSR fashistlar Germaniyasini mag‘lubiyatga uchratishda asosiy rol o‘ynaydi. Biroq g‘alaba katta talafotlar hisobiga qo‘lga kiritildi. Chunonchi, SSSR ning 27 mln. fuqarosi halok bo‘ldi. Halok bo'lganlaming 11,5 mln. ga yaqini askarlar edi. Bundan tashqari, SSSR milliy boyligining uchdan bir qismini yo‘qotdi. Sanoatning xalq iste'moli mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi keskin kamaydi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi urushdan awalgi darajaga nisbatan 40% foizga kamaydi. 212 www.ziyouz.com kutubxonasi Endi sovet davlati oldida mamlakat xo‘jaligini tiklash vazifasi turar edi. Shu maqsadda SSSR Oliy Soveti xalq xo‘jaligini rivojlantirishning to'rtinchi besh yillik rejasini qabul qildi. Qattiq markazlashtirilgan rahbarlik hamda SSSR tarkibidagi xalqlarning fidokorona mehnati tufayli sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1950-yilda urushdan oldingi darajadan oshib ketdi (73 foizga). Ayni paytda sanoatning tez sur’atlar bilan rivojlanishida mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan ko‘p millionli sovet tutqinlarining hamda 1,5 mln. nemis, 0,5 mln. yapon harbiy asirlarining tekin mehnati, Germaniyadan undirilgan 4,3 mlrd. dollar hajmidagi tovon, shuningdek kapital mablag‘ asosiy qismining sanoatga yo'naltirilganligi ham katta rol o‘ynadi. Urushdan keyingi yillarda yana o‘zgacha fikrlovchi kishilarni qatag'on qilish boshlandi. 0 ‘zgacha fikrlovchilarni qatag‘on qilish — totalitar sotsializmning yo‘ldoshidir. Chunki totalitar sotsializm — kuchga hamda yolg‘on aqidalarga asoslanadigan jamiyat. Biroq har bir davrda totalitar sotsializm himoyachilari qatag'on boshlash uchun bahona sifatida nimanidir asos qilib oladilar. Urushdan keyingi qatag‘onlarda ham shunday qilindi. Xo‘sh, bu safargi qatag‘onga nimalar asos qilib olindi? Sovet ziyolilari urushdan keyin chuqur iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‘tkazilishiga umid qildilar. Ularning ma’lum qismi SSSR da ham, G'arbdagi kabi, erkin jamiyat qaror topishini istardilar. Ayni paytda bunday chuqur o‘zgarishlarga islohotlar yo‘li bilan erishishni taklif ham etganlar. BMT ning 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» ni SSSR ham imzolagani ularda bunday umidni paydo qilgan edi. Iqtisodiy islohotlar borasida ziyolilarning bir qismi korxonalar o'rtasida raqobat sharoitini vujudga keltirishni, hissadorlik jamiyatlarini tuzishni, davlat ta’minotini bekor qilishni, xususiy savdoni yo‘lga qo‘yishni, erkin narx joriy etilishini, kolxozlar mol-mulkini va ularga berilgan yerlarni oilalarga bo‘lib berish yo‘li bilan kolxozlami amalda tugatishni taklif etdilar. Siyosiy sohada esa muqobil saylov, rahbarlikka saylanuvchilaming vakolat muddati cheklanishi, milliy (aslida mustamlaka) respublikalarda esa ulaming huquqlarini kengaytirish haqidagi takliflami ilgari surdilar. Biroq SSSR rahbariyati bu takliflami sotsializimni ichdan qo‘porish, taklif mualliflarini esa sotsializmga qarshi unsurlar, deb baholadi. Bu esa yangi qatag‘onlar kompaniyasining boshlanishiga turtki bo‘ldi. Natijada ziyolilarning minglab ilg‘or qismi, partiya-sovet xodimlari, respublikalarning milliy kadrlari qatag‘onga uchradi. 0 ‘zbekistonliklar ham bu qatag‘ondan chetda qolmadi. Xususan, 1951- yilda mustabid tuzumning tayanchi bo‘lmish xavfsizlik xizmati go‘yo respublika «Yozuvchilar uyushmasi» da va ayrim matbuot organlarida «uya qurgan» 12 kishidan iborat «sovetlarga qarshi millatchi gumh» ni «fosh» etdi. 213 Yangi qatag'onlar davri www.ziyouz.com kutubxonasi Davlat xavfsizlik xizmatining ushbu «faoliyati» natijasida yozuvchi va shoirlar Shukrullo, Shuhrat, Shayxzoda, adabiyotshunos olim H. Sulaymon qamoqqa olindi va sovetlarga qarshi millatchilik faoliyatida ayblanib, 25 yilga hukm qilindilar. SSSR da 1930— 1953-yillar oralig‘ida jami 3,8 mln. ga yaqin kishi qatag‘on etildi. Ulardan 800 mingga yaqini otib tashlandi. 0 ‘zbekistonda 1937—1953-yillarda 100 ming kishi qatag'on etildi. Ularning 15 minggi otib tashlangan. Islom Karimov Toshkentdagi «Shahidlar Xotirasi» yodgorlik majmuasining ochilishi marosimida bu dahshatli holatni ta'riflab, «zulm va zo'ravonlikka qurilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida 0‘zligini, millat qadr-qimmatini teran anglagan, ijtimoiy-siyosiy ongi yuksak, xalqni uyg'otishga, xalqni boshqarishga qodir bo‘lgan, ma'rifat va ma'naviyat yo'lida fidoiylik ko'rsatgan barcha aql-zakovat sohiblarining...» qancha-qanchalari jismonan yo‘q qilinganligini ta’kidlagandi. To‘g‘ri, 1953-yilda I. Stalin vafot etgach, turli yillarda qatag'on etilganlar oqlandi. Biroq mustaqil fikrlovchi shaxslarni qatag‘on qilish I. Stalin davridagidek ommaviy va qonli tusda bo'lmagan bo‘isa-da, 70—80-yillarda ham davom etdi. Ular yakka-yakka tartibda ta'qib etildi. Ular ustidan turli jinoiy ishlar uyushtirildi va majburan ruhiy kasalliklar kasalxonqlariga yotqizildi. Dunyo jamoatchiligiga taniqli bo'lganlar uy qamog'ida yoki badarg'ada saqlandi. Ba’zilar mamlakatdan chiqarib yuborildi. I. Stalin vafotidan so‘ng rahbarlik lavozimini N. Xrushyov egalladi. U 1956-yilda bo‘lib o‘tgan KPSS ning XX syezdida I. Staiin shaxsiga sig'inish va uning oqibatlarini qattiq qoraladi. Mamlakatning ilg‘or qismi chuqur iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar amalga oshadi, deb yana bir bor umid bilan qaray boshladi. Biroq ularning umidlari oqlanmadi. Mamlakatda stalinizm yangi ko'rinishda davom etaverdi. KPSS ning 1959-yilda bo'lib o‘tgan navbatdan tashqari XXI syezdi SSSR da sotsializm «to‘la va uzil-kesil g'alaba qozondi», degan xulosaga keldi. Bunga mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida ro‘y bergan sezilarli ijobiy yutuqlar asos qilib olindi. Aslida bu kommunistlaming navbatdagi xomxayollari edi. Sovet davlatining keyingi butun taraqqiyoti buni tasdiqladi. Biroq 1959-yildan boshlab bu xomxayol hodisa ulkan tarixiy g‘alaba, deb talqin etildi. Bu jozibador xulosa sovet rahbariyati tomonidan yanada xomxayol bo'lgan boshqa xulosa ilgari surilishiga asos bo‘ldi. Bu — SSSR ning endi kommunistik jamiyat qurilishi keng avj oldirilgan davrga qadam qo‘yganligi haqidagi xulosa edi. Va, nihoyat, KPSS ning XXII syezdida (1961-yil) KPSS ning yangi dasturi — Kommunizm qurish dasturi qabul qilindi. Xo‘sh, kommunistlar fikricha, kommunizm qanday jamiyat edi? Birinchidan, bu — ishlab chiqarish vositalari to‘la umumxalq (aslida davlat) mulki bo'lgan jamiyat edi. «Kommunizm qurish» dasturining qabul qilinishi 214 www.ziyouz.com kutubxonasi Ikkinchidan, bu — jamiyatning barcha a’zolari ijtimoiy jihatdan batamom teng bo‘lgan sinfsiz jamiyat edi. Uchinchidan, bu — ijtimoiy boylikning barcha manbalar mo‘i-ko‘l bo‘lgan, toMib-toshib turadigan va, natijada, har kim qobiliyatiga yarasha ishlaydigan, lekin jamiyat boyligidan har kim ehtiyojiga yarasha ulush oladigan jamiyat edi. To‘rtinchidan, bu — mehnat qilish hamma uchun birinchi hayotiy ehtiyoj, anglangan zaruriyat bo‘lib qoladigan jamiyat edi. Dasturda kommunizm qurish uchun quyidagi 3 ta ulkan vazifani bajarish zamrligi ta’kidlandi: — kommunizmning moddiy-texnika bazasini yaratish; — yangi ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirish; — yangi kishini tarbiyalash. KPSS dasturida bundan-da badtarroq xomxayol orzular ilgari surildi. Chunonchi: a) 1960—1970-yillar oralig'idagi o‘n yil ichida iqtisodiy taraqqiyotda AQSH ga yetib olish va undan o‘zib ketish; b) 1970—1980-yillar oralig‘idagi o‘n yil ichida kommunizmning moddiy-texnika bazasini yaratish. Vaqt tez orada KPSS va sovet davlati rahbariyati ilgari surgan yuqoridagi vazifalar xomxayol ekanligini tasdiqlay boshladi. Bu esa oliy rahbariyat o‘rtasida ziddiyatlami kuchaytirdi. Buning oqibatida 1964-yilda N. Xmshyov vazifasidan olib tashlandi. Hokimiyat L. I. Brejnev qo‘liga o‘tdi. Uning davrida iqtisodiy islohot o‘tkazilishiga urinildi. Biroq bu islohot mamlakat iqtisodiyotini tubdan qayta qurishni anglatmas edi. Mafkura iqtisodiyotni chulg‘ab olgan bir sharoitda bu tabiiy hol edi. Chunki qotib qolgan, hayotdan orqada qolgan kommunistik mafkura har qanday tub islohotni sotsializm asoslariga zarba deb baholardi. KPSS ning kommunizm qurish rejasi barbod '00‘lgach, L. I. Brejnev KPSS ning XXIV syezdida (1971-yil) «rivojlangan sotsializm» nazariyasini ilgari surdi. Bu nazariyada kommunizm uzoq kelajakda quriladigan jamiyat, deb izohlandi. Ungacha jamiyat sotsializm va kommunizm oralig‘ida rivojlangan sotsializm bosqichini bosib o'tishi lozimligi «asoslandi». Hayot, vaqt bu nazariyaning ham soxta ekanligini tasdiqladi. SSSR ning iqtisodiy taraqqiyoti borgan sari pasaya boshladi va unda turg‘unlik holati vujudga keldi. Buning asosiy sababi ma’muriy-buymqbozlikka asoslangan iqtisodiyotning ilmiy-texnika inqilobi natijalarini qabul qila olmaganligi bo'ldi. Natijada bu iqtisodiyot katta xarajat talab etadigan va kam samara keltiradigan iqtisodiyotga aylanib qoldi. Jadallashtirish reiasi f ^82-yilda L. Brejnev vafot etgach, qisqa vaqt --------------- ----------------1 ichida yana ikki rahbar almashdi. Bular Yu. Andropov va N. Chemenko edilar. Ulaming har ikkisi ham og‘ir kasal edilar. Biroq davlat qonunga bo‘ysunmaydigan jamiyatda og‘ir kasal kishilarning hokimiyat tepasiga kelib qolishi tabiiy holdir. 215 www.ziyouz.com kutubxonasi Nihoyat, 1985-yil mart oyida M. S. Gorbachyov KPSS ning Bosh kotibi lavozimini egalladi. Shu yilning aprel oyida u qayta qurish va mamlakat ljtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish dasturini ilgari surdi. Unga ko‘ra, 15 yil ichida (1985—2000) SSSR ning iqtisodiy qudrati 2 baravar ortishi, ya’ni 15 yil ichida sovet davlati yashab kelayotgan 70 yil davomida erishilgan darajaga teng iqtisodiy qudrat yaratilishi kerak edi. Jadallashtirish dasturining amalga oshishi 3 omilga tayanar edi. Bular: — korxonalar mustaqilligini kengaytirib, ularni xo‘jalik hisobiga va o‘zini o‘zi mablag' bilan ta’minlashga o'tkazish; — mehnatning mazmuni va xarakterida, odamlarning moddiy va ma’naviy turmush sharoitlarida chuqur o'zgarishlar qilish, samaradorlikka qarab haq to‘lash; — oshkoralik, ya’ni siyosat, ijtimoiy va mafkuraviy muassasalar tizimini faollashtirish. Aslida jadallashtirish dasturi ham KPSS va Sovet davlati rahbariyatining yana bir xomxayol, orzusi bo‘lib chiqdi. Chunki iqtisodiyotda bozor munosabatlarisiz bu vazifalarni amalga oshirib bo‘lmas edi. Buning ustiga SSSR aholisi ongi yangi — bozor iqtisodiyotini qabul qilishga tayyor emas edi. 1988-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi, 1990-yildan boshlab esa sanoat ishlab chiqarishi pasaya boshladi. Budjet taqchilligi 100 mlrd. so‘mdan ortdi. Davlatning oltin zaxirasi 6 yilda (1985—1991) 10 baravar kamaydi va u atiga 240 tonnaga tushib qoldi. Aholining turmush darajasi shiddat bilan pasaya boshladi. Shunday sharoitda M. S. Gorbachyov «insonparvar, demokratik sotsializm» qurilishini e’lon qildi. Biroq endi uning cho'pchaklariga deyarli hech kim ishonmay qo‘ydi. Ittifoq davlati oliy rahbariyati va organlari aholi ko‘z o'ngida obro‘-e’tiboririi, ishonchni yo‘qotib qo‘ydi. M. S. Gorbachyovning siyosati tarixga «qayta qurish» siyosati nomi bilan kirgan. Bu qayta qurish mamlakat siyosiy hayotiga ham taalluqli edi. 1988- yilda KPSS ning XIX Butunittifoq konferensiyasi qarori asosida qonun chiqaruvchi yangi oliy hokimiyat organi — SSSR Xalq deputatlari syezdi tuzildi. Yangi oliy lavozim — SSSR Oliy Soveti raisi — joriy etildi. 1989-yilning mart oyida chaqirilgan SSSR halq deputatlari 1 syezdida KPSS MK Bosh sekretari M. S. Gorbachyov ayni paytda SSSR Oliy Soveti raisi etib saylandi. Binobarin, siyosiy islohot tugab borayotgan KPSS ning rahbarlik rolini saqlab qolishga ham xizmat qilishi lozim edi. Mamlakatda senzura deyarli olib tashlandi. Biroq bular mavjud tuzumni saqlab qola olmadi. Bu davrda qator respublikalarda mavjud davlat hokimiyati organlariga parallel ravishda yangi hokimiyat organlari ham vujudga keldi. Ko‘ppartiyaviylik reallikka aylanib ulgurdi. Ularning ayrimlari KPSS bilan raqobatlasha boshladi ham. Aksariyati sovet 216 SSSRda siyosiy ahvolning murakkablashuvi www.ziyouz.com kutubxonasi modelidagi sotsializmni, KPSS ning davlat hokimiyatiga bo‘lgan monopol huquqini inkor etdi. Ayni paytda KPSSning o‘zida ham 3 oqimga bo‘linish yuz berdi. Boltiqbo‘yi respublikalari kommunistik partiyalari 1989—1990-yillar davomida KPSS tarkibidan ajralib chiqdi. Shu tariqa SSSR da jamiyat hayotining hamma jabhalarida inqiroz kuchaya bordi. Bu hol milliy respublikalarda aholi milliy ongining uyg'onishiga qulay sharoit yaratdi. Endi ularda mustaqillikka intilish tobora kuchaydi. Boltiqbo‘yi respublikalari «Davlat suvereniteti to‘g‘risida deklaratsiya» qabul qildilar. 0 ‘zbekistonda prezidentlik lavozimi joriy etildi. Shunday sharoitda Markaz milliy nizolar keltirib chiqarish yo‘li bilan SSSR ni saqlab qolishga urindi. 1988-yildan boshlab Armaniston va Ozarbayjon o'rtasida Tog‘li Qorabog1 masalasida munosabatlar keskinlashdi. 1989-yilda Farg‘ona, 1990-yilda 0 ‘sh, 1991-yilda Gruziya — Abxaziya, Gruziya — Janubiy Osetiya qonli voqealari keltirib chiqarildi. Ayni paytda M. S. Gorbachyov va Rossiya rahbari B. Yelsin o‘rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi. SSSR ning yagona totalitar davlat sifatida saqlanib turishida KPSS ning roli beqiyos katta bo‘lganligiga SSSR ning 70-yillik tarixi guvoh. Biroq qayta qurish yillarida KPSS obro‘si borgan sari yo‘qolib bordi. Partiyada poraxo‘rlik va korrupsiya kuchaydi. Demokratik kuchlar hatto SSSR Konstitutsiyasiga yozib qo‘yilgan KPSS ning rahbarlik roli haqidagi qoidaning chiqarib tashlanishiga erishdilar (1990-yilda). Shunday sharoitda yangi lavozim — SSSR Prezidenti lavozimi joriy etildi. 1990-yilning mart oyida SSSR Xalq deputatlari III syezdi M. S. Gorbachyovni SSSR Prezidenti etib sayladi. M. S. Gorbachyovning maqsadi SSSR ni qanday bo‘lmasin saqlab qolish edi. Chunki u o‘zi boshlagan islohot SSSR ni qulatishi mumkinligini aslo xayoliga keltirmagan edi. Endi u yangi ittifoq shartnomasi imzolanishi uchun bor kuchi bilan harakat qila boshladi. M. S. Gorbachyov 1991-yilning aprel oyidan boshlab 9-respublika rahbari bilan yangi ittifoq shartnomasi xususida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o'tkaza boshladi. Va, nihoyat, 1991-yilning avgust oyida barcha tomonlarni qoniqtimvchi «Mustaqil Respublikalar Ittifoqi» haqidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqishga erishildi. Unga ko‘ra, Markaz endilikda boshqaruvchilik maqomini yo'qotar va u asosan muvofxqlashtirish vazifasi bilan shug‘ullanar edi. Markaz ixtiyoriga mudofaa, moliya, ichki ishlar, qisman soliq va ijtimoiy siyosat masalalari qoldirildi, xolos. Ayni paytda ms tili davlat tili maqomini yo‘qotib, millatlararo muloqot tiliga aylanardi. Shartnomani imzolash 1991-yil 22-avgustga belgilandi. Biroq real hokimiyatni qo‘ldan chiqarishni istamagan kuchlar 18-avgustdan 19-avgustga o‘tar kechasi davlat to‘ntarishi qilishga urindilar. Ular GKCHP (Favqulodda SSSR ning parchalanishi 217 www.ziyouz.com kutubxonasi Holat Davlat Qo‘mitasi) tuzdilar. Qrimda dam olayotgan M. S. Gorbachyov hokimiyatdan chetlatildi. GKCHP ga SSSR vitse-prezidenti G. Yanayev rahbarlik qildi. GKCHP SSSR ning ba’zi hududlarida favqulodda holat joriy etdi. SSSR ning 1977-yilgi Konstitutsiyasiga zid ravishda tuzilgan davlat organlari bekor qilinishi, muxolif partiyalar faoliyati to‘xtatilganligi, mitinglar va namoyishlar o‘tkazish man etilganligi, ommaviy axborot vositalari nazoratga olinganligi e’lon qilindi. Moskva shahriga armiya qismlari kiritildi. Biroq Moskva aholisi GKCHP ni qo‘llab-quwatlamadi. Aksincha, ular GKCHP ga qarshi chiqqan Rossiya Prezidenti B. Yelsin tarafida bo'ldilar. B. Yelsin moskvaliklami GKCHP ga qarshi uyushtira oldi. Armiyaning asosiy qismi ham GKCHP ni qo‘llabquwatlamadi. G ‘arb davlatlari ham GKCHP ni tan olmadilar. Xalq madadidan mahrum bo‘lgan GKCHP oxir-oqibatda mag‘lubiyatga uchradi. 22-avgust kuni GKCHP ning barcha rahbarlari davlat to'ntarishi qilishga uringanlikda ayblanib hibsga olindilar. Noyabr oyida B. Yelsin Rossiya Federatsiyasi hududida KPSS faoliyatini taqiqlash haqida farmon chiqardi. Shu tariqa KPSS yagona siyosiy tashkilot^ sifatida barham topdi. KPSS MK Bosh sekretari lavozimidan voz kechgan M. S. Gorbachyov SSSR ni saqlab qolish uchun harakat qila boshladi. Biroq u hech narsaga erisha olmadi. 1922-yilning 30 dekabrida SSSR ni tuzgan 3 davlat — Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belomsiya rahbarlari 1991- yilning 8-dekabr kuni SSSR tarqatilganligini e’lon qildilar hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligi haqidagi bitimni imzoladilar. Bu bitim tarixga «Belovej bitimi» nomi bilan kirdi. Shu tariqa SSSR parchalanib ketdi. 21-dekabr kuni yana 8 respublika (Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg'iziston, 0 ‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Moldova) ham bu bitimni imzoladilar. 25-dekabr kuni M. S. Gorbachyov SSSR Prezidenti lavozimidan iste’fo berdi. SSSR dan Rossiyaga og‘ir meros qoldi. Bozor iqtisodi qonunlarini joriy etish juda murakkab yoidan bordi. Rossiya sobiq sovet respublikalari o'rtasida va xalqaro maydonda o‘z mavqeini yo‘qotmasligi lozim edi. Bu oson ish emas edi. 1992-yilda narxlar erkinlashtirila boshlandi. Yil oxiriga kelib davlat ixtiyorida faqat budjetda ishlovchilaming ish haqini va ular ishlab chiqargan mahsulotlar narxini belgilash qoldi. Davlat eng asosiy korxonalardan tashqari barcha korxonalarini o‘z tasarrufidan chiqaraboshladi. Bu korxonalar u yerda ishlovchilarning aksionerlik mulkiga aylandi. Ular aksiyalaming katta qismini boshqa fuqarolarga xususiylashtirish chekiga (vaucherga) sotish huquqiga ega edilar. Mamlakatda 24 ming korxona, 15 foiz fermer xususiylashdi. Davlatda yetarli mablag'ning yo‘qligi natijasida bir yilda ishlab chiqarish 20 foizga pasayti. Ijtimoiy ta'minot, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash xodimlari qiyin ahvolga tushib qoldi. 218 www.ziyouz.com kutubxonasi Aholi daromadi 2 baravar kamaydi. B. Yelsin 1992-yil dekabrda Ye. Gaydar o‘rniga V. Chernomirdinni Bosh vazir etib tayinladi. 1993-yil 23-aprelda umumxalq referendumi o'tkazildi va ko‘pchilik B. Yelsinni qo'lladi. Lekin Oliy Sovet raisi R. Xasbulatov Prezidentga qarshi faoliyatni davom ettirdi. 1993-yil 21-sentabrda B. Yelsin Oliy Sovetni tarqatdi. Ammo Xasbulatovchilar bo‘ysunmay, Oq uyda syezd chaqirib, B. Yelsin ishdan olinganligini va A. Rutskoy vitse-prezident etib saylanganini bildirishdi va qurolli hujumga o‘tdi. B. Yelsin bunga kuch bilan javob berdi va 4-oktabrda Oq uy o‘qqa tutildi, oppozitsiya taslim bo‘ldi. Prezident Sovetlarni tarqatib yubordi. 1993-yil 12-dekabrdagi Umumxalq referendumida 58 foiz qatnashchilar yangi Konstitutsiya uchun ovoz berdilar. Iqtisodiyotda o'tkazilgan tadbirlar natijasida ishlab chiqarishning 70 foizi aksionerlar va xususiy kompaniyalar qo‘liga o‘tdi. Rossiyada ko‘plab g‘oyalar, harakatlar yuzaga keldi. G. Yavlinskiy, A. Chubays, Ye. Gaydar va boshqalar o‘z takliflari bilan chiqdilar. Lekin ahvol murakkabligicha qoldi. Buni V. Chernomirdin «iloji boricha yaxshi bo‘lishini istadik, ammo ahvol har doimgidek davom etaverdi», deb tan oldi. Oppozitsiya yerni erkin oldi-sotdi qilishga va garovga qo‘yishga xalaqit berardi. Ularning deyarli barchasi eski sovet davri rahbarlari bo‘lib, yangi sharoitga, bozor iqtisodi sharoitiga ruhiy va amaliy jihatdan moslashishga qiynaldilar. Buning ustiga Chechenistondagi harakat Rossiya uchun juda qimmatga tushdi. 1996-yilgi saylovlarda B. Yelsin qiyinchilik bilan g‘alaba qildi. U bozor iqtisodiga o‘tishni «yosh islohotchilar» (Chubays) qo‘li bilan jadallashtirishga harakat qildi. Lekin 1998-yilda budjetni hayotga tatbiq etishning iloji bo‘lmadi. B. Yelsin Chemomirdin o‘miga Bosh vazir etib S. Kiriyenkoni tayinladi. Lekin ahvol o‘nglanmadi. 1998-yil santyabrda keksa siyosatchi Ye. Primakov Bosh vazir etib tayinlandi. 1999-yil ishlab chiqarish biroz jonlansa-di, yangi bozor iqtisodi tartiblari o‘matilmadi. 1999-yil may oyida Ye. Primakov ishdan olinib dumaparast V. Stepashin hukumat boshlig'i qilib tayinlandi. Moskva meri Yu. Lujkov «kapitalizmchasiga ishlash, ammo sotsializmchasiga taqsimlash» shiori bilan chiqdi. Shunday og‘ir sharoitda B. Yelsin hokimiyatga munosib nomzod izladi va 1999-yil avgustida V. Putin hukumat boshlig‘i qilib tayinlandi. Razvedka maktabini o‘tagan, qat'iyatli, yangicha fikrlovchi, sotsializm mansablarida ishlamagan aqlli va irodali V. Putin tezda o‘zini ko'rsatdi. U chechen jangarilarini jilovlashda oqiloni yo‘l tutdi va katta obro‘ qozondi. 1999-yil kuzida ma'muriyat «Yedinstvo» (Birlik) harakatini tashkil etdi va V. Putinga yordam berdi. 1999-yil dekabrda Dumaga saylovlarda Lujkov — Primakov bloki va kommunistlar zaiflashib qoldi. Hokimiyat ishonchli qo‘lga o‘tganini tushungan B. Yelsin 2000-yil boshida muddatidan oldin iste'foga chiqdi. Mart oyidagi Prezident saylovida V. Putin g‘olib chiqdi. 219 www.ziyouz.com kutubxonasi V. V. Putin Rossiyada hukumat almashuvlaridan charchagan xalq V. Putinni qo‘llabquwatladi. Putin islohotlarni kuchaytirdi. Noqonuniy boylik to ‘plagan moliya magnatlarining payini qirqdi. Ularning ko‘pi chet elga qochib ketdi. Bozor iqtisodi qonunlarini mustahkamladi. Natijada 4—5 yil ichida Rossiyada yillik o‘sish 7— 8 foizga ko‘tarildi. Ulug‘ rus ambitsiyasidan xoli bo'lgan V. Putin MDH mamlakatlari bilan munosabatlarni xalqaro huquq doirasida yaxshiladi. Lekin bu barcha muammolar hal qilindi, degani emas. Rossiya xalqaro maydonda o‘z mavqeini ancha yo‘qotdi. Rossiya bilan 0 ‘zbekiston o‘rtasida do‘stona munosabatlar kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Rossiya Prezidenti V. Putin va 0 ‘zbekiston Prezidenti I. Karimov Moskva va Toshkentda bir necha bor uchrashdilar. 2005-yil iyun oyida Islom Karimov Moskvada bo‘ldi. Rossiya bilan 0 ‘zbekiston o'rtasidagi savdo 2004-yilda 1 mlrd. 641 mln. dollardan oshdi. 0 ‘zaro iqtisodiy aloqalarni yanada jadallashtirish masalalari kelishib olindi. Shuningdek Rossiya Shanxay hamkorlik tashkilotida qatnashib, belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
|
| |