74
- turli fikr va g'oyalami e’tibor bilan tinglash;
- o'z hukmlarini shakllantirishga va undan qaytishga tayyor turishi lozim. Tanqidiy
(tahliliy) fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog'liqdir. Chunki talabalar
sustkash tinglovchilar bo'lishadi, ularda ta`lim beruvchi bilimli yoki matnda uning
bu bimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilimlariga ta`lim beruvchi mas’ul,
degan ishonch shakllanib qolgan. Ta’lim jarayonidagi talabalarning faol ishtiroki va
ta’limga o'zlarining mas’ul ekanligiga tayyorligi, tanqidiy flkrlashda kutilgan
natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga, o 'z g'oyasi va fikrlari bilan o'zaro
o'rtoqlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini o'stiradi.
Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talabalarning fikrlari, o'z tanqidiy
tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. Ta`lim
beruvchi (pedagog) talabalardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni
talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan xoli bo'lishi lozim. Bu esa
talabalarda o'zgalar g'oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va
qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida talabalarga o'z fikri,
o'ziga taalluqli bo'lgan g'oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini ko'rsata olish kerak.
Talabalarning o'zlari ham o'z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila
olishlari hamda masalalarni muhokama qilish jarayonida o'ta muhim va katta hissa
bo'lib hisoblanishini tan olishlari kerak.
Fikrlash jarayoni talabalarning o'zaro bir-birlari bilan fikr almashishlarini
ko'zda tutadi. O'zaro fikr almashishda talabalardan diqqat bilan tinglash, o'zining
qarashlari tizimini so'rovchiga zo'rlab o'tkazish va boshqa so'zlovchilar fikrini
tuzatib turishdan o'zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar
boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Keng
doiradagi munozara oqibati o'laroq, talabalar o'zlariga tegishli bo'lgan g'oyalami tahlil
qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi hamda ulami o'z bilimlari va
hayotiy tajribalarida yaratgan g'oyalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini
tashkil etishda uni o'tkazishning bir necha modellari mavjud, ya’ni o'ziga ishonch
hosil qilish, ishda faol ishtirok etish, o'rtoqlari va ta`lim beruvchi bilan fikr
almashish, o'zgalar fikrini tinglay olish va boshqalar.
Umuman olganda, talabalarning tanqidiy (tahliliy) fikrini rivojlantirish oliy
o'quv yurtlaridagi o'quv-tarbiya jarayonida kamol toptiruvchi hamda tarbiyalovchi
prinsiplami amalga oshirishda va talabalaming o ’zini-o'zi boshqarishida muhim rol
o'ynaydi.