97
“Loyiha” tushunchasining mazmuni, mohiyati, loyixaviy ta`limning o`ziga
xosliklari, o`quv loyihasi tushunchasi va “loyiha” texnologiyasini ishlab chiqish
qoidasi
Loyiha
– aniq reja, maqsad asosida uning natijalanishini kafolatlagan holda
pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan harakat mahsuli.
Loyiha dastur, model, texnologik xarita va b. ko’rinishda namoyon bo’ladi.
Loyihaning asosini ilmiy yoki ijodiy xarakterga ega g’oya tashkil etadi.
Loyihalash
– boshlang’ich ma’lumotlarga
asoslanib, kutiladigan natijani taxmin
qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki
jarayon mazmunini ishlab
chiqishga qaratilgan amaliy harakat.
Loyihalash
“g’oya – maqsad – kutiladigan natija – taxmin qilish –
bashoratlash – rejalashtirish”
tizimiga asoslanadi. Loyihalash turli vositalar, ya’ni
moddiy buyum, qurollar, m: komp
ь
yuter texnologiyasi,
vatmon yoki oddiy ish
qog’ozi, chizg’ich, qalam, marker, nusxa ko’chirish apparati (printer) va b.
yordamida amalga oshiriladi.
Loyihani yaratish uchun pedagog:
-
loyihani yaratish;
-
jarayonni bosqichma-bosqich yoritish;
-
maqsadni
aniq belgilash;
-
maqsadga mos vazifalarni aniqlash;
-
o’quv materiali mazmunini shakllantirish;
-
savol va topshiriqlar
tizimini ishlab chiqish;
-
jarayon yoki tadbirning metodik tuzilishini asoslash;
-
talaba bilim darajasini tashxislash va uning tarbiyalanganlik darajasini
baholash kabi ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi zarur.