|
Nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqishBog'liq Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon (2)Nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish
– darsning
didaktik maqsadi, kutilayotgan natija, o’quv materialning mazmuni asosida nazorat
topshiriqlarini ishlab chiqish, ularning hajmi, bajarilganlik darajasi, bajarilish sifati,
vaqtiga ko’ra baholash mezonlarini ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Ta’lim resurslarini tanlash
– mavjud shart-sharoitdan
kelib chiqqan holda
o’qituvchi, talaba va darsni tashkil etish uchun ta’lim vositalarining o’rinli
tanlanilishini, ulardan o’quv jarayonida to’g’ri foydalanishni ko’zda tutadi.
O’qituvchi, talaba va darsni tashkil etish uchun ta’lim vositalari sirasidan quyidagilar
o’rin oladi:
O’qitish va o’qish strategiyasi
– belgilangan o’quv materiallarini talabalar
ongiga yetkazish yo’llarini, ya’ni tanlangan ta’lim metodi, shakllarining amalda
qo’llanilishini ko’zda tutadi.
Darsning turini tanlash
– o’qituvchining mahoratiga ko’ra darsning didaktik
maqsadi, o’quv materialining mazmuni, dars uchun ajratilgan vaqt, shuningdek, zarur
shart-sharoitning tanlanilishini ifodalaydi.
Ta’lim vositalari
1) darslik
2) o’quv qo’llanma
3) jadvallar
4) tarqatma materiallar
5) yo’l-yo’riqlar
6) texnologik xaritalar
7) tipik xatolar xaritasi
8) topshiriq varaqalari
1) o’quv-metodik
qo’llanmalar
2) metodik
tavsiyalar
3) metodik
ishlanmalar
4) o’quv dasturlari
5) dars rejasi
6) ma’ruza matni
1) plakatlar
2) modellar
3) maketlar
4) jihozlar
5) audiovizual
vositalar
6) texnik vositalar
7) real vositalar
O’qituvchi
uchun
Talaba
uchun
Darsni tashkil
etish uchun
12-rasm. O’qituvchi, talaba va darsni tashkil etish uchun ta’lim
vositalari
|
| |