Tarbiya san`ati va texnologiyasi-matn




Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/122
Sana05.07.2024
Hajmi5,19 Mb.
#266712
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   122
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Tarbiya san`ati va texnologiyasi-matn
Kishining maqsadga muvofiq harakati shu faoliyatdan olinishi mumkin bo’lgan
natijalarni rejalashtirilishiga bog’liqligi oldindan aniqlangan. Asrlar davomida
pedagog o’zining kundalik ta’lim berish va tarbiyalash amaliyotida turli-tuman
qarorlarni qabul qilishga to’g’ri kelgan va bu aynan uning shu kabi
qarorlarning oqibatlarini yakka tartibda rejalashtirishiga, uning oldingi amaliy
tajribasi ostida ishlab chiqilgan kasbiy his-tuyg’usiga asoslangan.
O’rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarining asarlarida, jumladan, Abu Ali ibn Sino,
Abu Nasr Forobiy, Muhammad Tarag’ay Mirzo Ulug’bek, Abu Rayhon
Beruniy, Alisher Navoiylarning asarlarida, shuningdek, qadimgi yunon
faylasuflari Aristotel, Sokrat, Platonning asarlarida, hozirgi kunda ham biz uchun
g’oyat darajada qiziqarli bo’lgan, xususan, ta’lim
-
tarbiyaning maqsadi va
vazifasi, mazmuni va usullariga oid tashhisiy mulohazalar va fikrlar mavjud.
Abu Ali ibn Sino, ulug’ qomusiy olim, inson mohiyati va mohiyaviy kuchi
muammosini tadqiq qilar ekan, abstrakt narsalarning g’oyaviy etilish ma’no-sini
“hayotiy narsalarni fikran qarash” sifatida aniqladi. Shunga ko’ra odam uchun bilim
atrof dunyoda mo’ljalni to’g’ri olish uchun, hodisalarni tushuntirish va oldindan
ko’rish uchun, faoliyatni rejalashtirish va amalga oshirish va boshqa bilimlarni ishlab
chiqish uchun zarur bo’ladi. Bilim - voqelikni o’zgartirishning juda muhim quroli.
U tez rivojlanayotgan o’zgaruv-chan tizimdan iborat, uning o’sishi hozirgi
sharoitda o’zining sur’ati bo’yicha boshqa har qanday tizimning o’sishiga
qaraganda jadalroqdir. Kishilarning qayta o’zgartuvchi amaliyfaoliyatida
bilimlardan foydalanish qoidalarning maxsus guruhi bo’lishini taqozo qiladiki, bu
1) o’quvchi (talaba)lar kichik guruhlarga biriktiriladi;
2) o’quvchi (talaba)larning yangi mavzu bo’yicha tushunchalarga egalik darajasi
o’rganiladi;
3) o’quvchilar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib
boriladi;
4) o’quvchi (talaba)larning yangi mavzu bo’yicha mavjud
bilimlarini boyitishga bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi;
5) o’quvchi (talaba)larning ehtiyojlari sifatida bayon
etilgan tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib qo’yiladi;
6) o’qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlardan o’quvchilarni xabardor qiladi;
7) o’quvchi (talaba)lar tomonidan o’zlashtirilgan yangi tushunchalar
aniqlanadi;
8) bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning 3-bandiga yozib qo’yiladi;
9) mashg’ulot yakunida yagona loyiha yaratiladi


147
qoidalar qanday holatda, qaysi vosita yordamida va qanday maqsadlarga erishish
uchun u yoki bu bilim zarur bo’lishini ko’rsatadi. Boshqacha aytganda, bilim
faoliyat tizimiga kiradi va maxsus shakl sifatida namoyon bo’ladi, uning asosida
esa faoliyatdagi ish tartibi bayon etiladi.
O’zining falsafiy qarashlarida mashhur matematik faylasuf Abu Nasr Forobiy
pedagogikaning fan sifatidagi ayrim muhim vazifalarini ko’rsatib o’tadi.
“Tarbiyalash san’ati tamoyili shundayki, - degan u,- tarbiyalash uchun reja
tuzadigan kishilarning ko’z oldidan quyidagilar ketmasligi kerak va bu shunday:
bolalar faqat hozirgi kungina emas, balki kelajak uchun xam tarbiyalanishlari
lozim, ya’ni, odamzod mafkurasi uchun va uning umumiy burchi uchun tarbiya
olishlari kerak”. Ulug’ matematik, astronom Mirzo Ulug’bek o’z shogirdlariga tez-
tez shunday deb turgan: “Agar Yerdagi voqelikni yaxshi tushunishni istasang,
kelajakni yaxshi rejalashtira ol”. Astronomiya, matematika, fizika, tibbiyot,
geografiya, tarix va lingvistikaga oid ko’plab asar yozgan buyuk mutafakkir Abu
Rayhon al-Beruniy ta’kidlagan: “Aqlli kishi kelajak avlod uchun foyda keltirib, u aql
va idrok bilan hammani mushohada eta olsagina, ruhan qanoat hosil qilgan”.
Vatanimizda faol ijtimoiy -pedagogik tafakkur rivoj-lanishiga Toshmuhammad
Qori-Niyoziy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashidxonovlar katta hissa
qo’shdilar. Ularning asarlarida kelajak kishi siymosini yaratish g’oyasi muammosi
alohida o’rin egallaydiki, unga erishish yo’lida tarbiyaning tegishli tizimi barpo
bo’lishi lozim edi. Mashhur o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy o’z asarlarida ko’p
marta o’z diqqatini pedagogikaning vazifalarini tahlil qilishda, uning tarbiya
haqidagi fan sifatida tarbiyaviy faoliyatning san’at sifatidagi ahamiyatini
yoritishga qaratdi. Abdulla Avloniyning fikricha, «tarbiya san’atlarning oliysidir,
san’at esa hali mavjud bo’lmagan tomon intiladi, uning oldida ijodiyotining
kelajakdagi maqsadi va g’oyaviy siymosi gavdalanadi».

Download 5,19 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   122




Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish