• Lokal (modul) darajada
  • Soxibaxon ped texnologiya doc




    Download 5,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/122
    Sana05.07.2024
    Hajmi5,19 Mb.
    #266712
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122
    Bog'liq
    Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

    Xususiy metodik darajada
    pedagogik texnologiyaning muayyan bir
    predmet, kursni o`qitish jarayonining maqsad va vazifalarini amalga oshirish
    maqsadida foydalaniladigan ta’lim mazmuni, o`qitish vositalari, metodlari,
    shakllarining majmuasi tushuniladi.
    3.
    Lokal (modul) darajada
    ta’lim-tarbiya jarayonining ma’lum bir qismining
    xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga qaratidgan texnologiya
    tushuniladi.
    Unda o`quvchilarning mustatsil ishlarini tashkil etish, o`quvchilar
    bilimini nazorat qilish, shaxsiy fazilatlarni shakllantirish kabi masalalar ko`zda
    tutiladi. Pedagogik texnologiyaning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi bir-
    birini to`ldiradi va taqozo etadi. Biz pedagogik texnologiyani qo`llash haqida
    so`z yuritishdan avval, pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslariga to`xtalib
    o`tamiz.
    Pedagogik texnologiya bir qancha asoslarga ega. Bulardan eng
    ahamiyatlilari ijtimoiy, falsafiy, metodologik, didaktik, pedagogik, psixologik,
    fiziologik, gigienik, mafkuraviy, huquqiy-me’yoriy, iqtisodiy, tarixiy, nazariy,
    amaliy va boshqa asoslar xisoblanadi. Ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
    Pedagogik texnologiyaning ijtimoiy asosi har bir shaxs, jamiyat va davlatning
    ta’limtarbiya sohasidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi va shu ehtiyojlarni
    qondirishning maqsad va talablarini, tashkiliy shakllari va usullarini belgilaydi.
    U shaxsning, jamiyatning va davlatning rivojlanishida asosiy omillardan hisoblanadi.
    Pedagogik texnologiyaning
    falsafiy asosi
    uning maqsadlari hamda tashkiliy
    shakl va usullarining falsafiy jihatdan to’g’ri yo’nalishda bo’lishini ta’minlashga
    xizmat qiladi. Falsafiy oqimlar va yo’nalishlarning har biri ta’lim-tarbiya
    masalalariga o’ziga xos yondashadi. Shu sababdan pedagogik texnologiyaning
    falsafiy yo’nalishi uning to’g’ri yoki noto’g’riligini, jamiyatning ma’lum
    maqsadlariga muvofiq yoki zidligini ko’rsatadi. Bu pedagogik texnologiyalarga
    baho berishda asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi.


    14
    Pedagogik texnologiyaning

    Download 5,19 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122




    Download 5,19 Mb.
    Pdf ko'rish