17
-
Boshqaruvga asoslanganligi pedagogik texnologiyaning mezonlaridan biri.
U o‘quv jarayoni diagnostikasi, uni rejalashtirish va amalga oshirishni loyihalash,
undagi o‘qitish metodlari va vositalari bilan o‘zgartirib turishdan iborat bo‘ladi.
-
Samaradorlik mezoni pedagogik texnologiyaning ta’lim jarayonining
konkret sharoitlarida olinadigan yo`qsak natijalami ko‘zda tutadi.
-
Qayta tiklash pedagogik texnologiyalar mezonlaridan biridir. Unda
pedagogik texnologiyalami boshqa o‘quv yurtlarida qo‘llash imkoniyati
tushuniladi. Shunday qilib, oliy maktabda mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi
murakkab va doimiy harakatdagi tizimni tashkil etadi. Bu tizimda bo‘lg‘usi
o‘qituvchining texnologik tayyorgarligi alohida o ‘rin tutadi. U bo‘lg‘usi
pedagogning intellektual rivojlanishi, faol o'qishi, ijodiy shaxsning rivojlanishi,
tafakkuming kasbiy yo‘nalganligini idrok qilish, o‘quv-bilish faoliyatini tashkil
etishda tadqiqiy (ilmiy) tamoyillami amalga oshirish bilan bog‘langan.
Bo‘lg‘usi pedagogning texnologik tayyorgarligi, oliy o ‘quv yurtida
pedagogik texnologiyalami amalga oshirishni talab qiladi.
Pedagogik texnologiya fanining quyidagi asosiy tushunchalari mavjud:
1. Texnologiya – biror ishda mahoratda, jarayonda qo’llaniladigan yo’llar,
usullar majmuasi.
2. Pedagogik
texnologiya
–
pedagogik
va
texnologik
yondashuvlar
integrasiyasidir.
3. Pedagogik loyihalash – yaratilgan modelni dastlabki va yakuniy ko’rinnishda
ishlab chiqish va uni amaliy qo’llash darajasiga yetkazishdan iborat.
4. Pedagogik tizim –bir biribilan o’zaro bog’langan mo’ayyan munosabatda
bo’lgan elementlar bilan tasvirlangan yahlit ta’lim tizimidir.
5. Pedagogik innovasiya – pedagogik jarayonga yangilik kiritish.