Soxibaxon ped texnologiya doc




Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/122
Sana28.05.2022
Hajmi5.19 Mb.
#22174
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   122
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon
test2, 02-Тр туз ва иш, IELTS Speaking Strategies By Rachel Mitchell, Lesson 1, ielts 2014 speaking collection and answers - копия
A.A.Abduqodirov «Pedagogika» va «Psixologiya» fanlaridan keyslar va ulardan foydalanish uslubiyoti .-T.: «Fan va
texnologiyalar», 2015. 38-bet


190
Tarbiyachilar doimo Ahmadni yaxshi qabul qiladilar, uning onasiga ham
o’g’lining bunday tashrifi yoqadi – tarbiyachilar bilan uning aloqasi yaxshi, ijobiy
munosabatda. Kunlarning birida, Ahmadni bog’chadan olib keta turib, Marg’uba opa
(onasi) uning qo’lida begona kichik mashinacha borligini payqab qoldi.
Keysga savol- vazifa:
Nima qilish kerak?
Yechim variantlari:
1-variant. Boladan quyidagilarni so’rash:
- Ahmad, bu kimning mashinachasi? Uni egasiga berish kerak.
- Men Muqaddas opaning (tarbiyachi) oldiga mehmonga bordim, bolalarga garaj
qurishni o’rgatdim va bilmasdan cho’ntagimga solibman, - deb, Ahmad onasiga ayyorlik
qildi.
- Bolalar oldiga borib, mashinachani qaytarib bergin.
- Yo’q, u menga yoqadi, menda bunday mashinacha yo’q, - deb Ahmad
qaysarlik qildi.
- Ahmad, bu mashinachani bolalardan biri uyidan olib kelgandir va hozir
yig’layotgandir, izlayotgandir, - deb ona ta’kidlaydi.
- Yo’q, bormayman. Tarbiyachi Muqaddas opaning jahli chiqadi va menga
mashinachani o’g’irlagansan, deb aytadi, men uyalaman, - deb javob qaytaradi Ahmad.
- Ahmad, kel ertaga birgalikda Muqaddas opaning oldiga boramiz va
mashinachani beramiz.
2-variant. Vaziyatni oldindan Muqaddas opa bilan muhokama qilgan holda
bolani mashinachani qaytarib berishga ko’ndirish.
Kechqurun, Ahmadni olib ketishdan oldin, Marg’uba opa Muqaddas opaning
oldiga kirib, bo’lgan voqeani aytib beradi va bolasi bilan kelishganligini ogohlantirib
qo’yadi. Muqaddas opa onaning yondashuvini qo’llab-quvvatlaydi va bolaga
mashinachani qaytarish vaqtida xursand bo’lib shunday deydi:
- Ahmad, Ravshanning mashinachasini topib olibsan-ku! Biz esa kun bo’yi uni
izlayapmiz. Ravshan yig’layapti, tezroq kel, uni Ravshanga bergin, senga katta rahmat
deydi.


191
3-variant. Marg’uba opaning o’zi mashinachani oladi va Muqad-das opaga olib
borib beradi. Vaziyatni tushuntiradi. Lekin, begona narsalarni olish yaxshi emasligi
haqida oldindan o’g’li bilan suhbatlashadi.

Download 5.19 Mb.
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   122




Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish