Soxibaxon ped texnologiya doc




Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/122
Sana28.05.2022
Hajmi5.19 Mb.
#22174
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon
test2, 02-Тр туз ва иш, IELTS Speaking Strategies By Rachel Mitchell, Lesson 1, ielts 2014 speaking collection and answers - копия
6-vaziyat. Muxlisa (6 yosh) bolalar bog’chasining maktabga tayyorlash
guruhiga qatnaydi. U o’qishni, yozishni biladi, o’yin tushishni, ashula aytishni, ifoda-li
o’qishni yaxshi ko’radi. Onasi undan, Muxlisa esa o’zidan faxrlanadi.
Kunlardan bir kuni, Muxlisa onasi bilan uyga keta turib, onasiga: “Ertaga
bog’chaga bormayman! Men javob bera olmasligim uchun, tarbiyachi opam, nuqul
menga boshqa bolalarga qaraganda murakkab vazifalar beradi”, -dedi.
Keysga savol- vazifa:
Ona Muxlisaning gaplaridan qanday ta’sirlanishi zarur?
1-variant. Muxlisaga ta’sir qilgan bolalar bog’chasidagi mumkin bo’lgan
sabablarni o’ylab ko’rish.
2-variant. Qizining fikriga qo’shilish: «To’g’ri, sen eng aqlli qizimsan-ku. Agar
javobni bilmasang, kel, ikkalamiz birgalikda aniqlaymiz (mumkin bo’lgan axborot
manbalari)», deb aytish.
3-variant. E’tiborni qaratish! Balki Muxlisani haddan tashqari maqtash unda
dastlabki vaqtlardagi muvaffaqiyat-sizliklarga ishonchsizlik uyg’otgandir.
7-vaziyat. Alisherning xotirasi juda yaxshi. SHuning uchun, u axborotlarni,
matnlarni, qo’shiqlarni osongina yod oladi. Bayramlarni o’tkazish vaqtida Alisher
o’zining rolini o’ynash bilan birga, boshqa bolalarning roliga suflyorlik qiladi, bu bilan
boshqa bolalarning o’zlarini namoyon qilishlariga xalaqit beradi, bayramning borish
qoidasiga xilof ish qiladi.
Keysga savol- vazifa:
Bu vaziyatda qanday yo’l tutish kerak?
Yechim variantlari:
1-variant. Alisherga alohida – suflyor rolini berish. “Sening vazifang: chiqishlar
qilinayotgan vaqtda bolalar aytadigan so’z-larini yodlaridan chiqarib qo’ymasliklarini
kuzatib borishdan iborat. Agar bolalarning aytadigan so’zlari yodidan ko’tarilgan bo’lsa,
sen sekingina aytib berasan».


193
2-variant. Bayramga qadar Alisher bilan “Haqiqiy artist o’zini qanday tutishi
kerak”ligi haqida suhbatlashish lozim.
3-variant. Alisherni boshqa faoliyat turlari (to’garak ishi)ga qiziqtirish kerak.
4-variant. Ota-onalar bilan ishlash kerak. Ota-onalarni Alisher xulqiga nisbatan
qanday munosabatda bo’lishlarini aniqlash lozim. Agar ota-onalar muammoni
tushunsalar, u holda, ularga Alisher bilan erkni shakllantirish sohasida ruhshunosning
amaliy mashg’ulotlariga borib ko’rishni taklif etish. “Bog’cha yoshidagi bolalarda o’zini
tutishni shakllantirish”, “Tez va katta hajmda yodga olish qobiliyatini qo’llash sohalari
(masalan, shaxmat, shashka va hokazo)ga jalb etish” kabi tavsiyalar berish lozim.
Agar ota-onalar muammoni tushunmasalar, u holda shunga o’xshash o’zini-o’zi
baholashni shakllantirish masalalari bo’yicha ishlar olib borishga harakat qilish zarur.

Download 5.19 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish