• A.A.Abduqodirov
  • Soxibaxon ped texnologiya doc




    Download 5.19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/122
    Sana28.05.2022
    Hajmi5.19 Mb.
    #22174
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
    Bog'liq
    Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon
    test2, 02-Тр туз ва иш, IELTS Speaking Strategies By Rachel Mitchell, Lesson 1, ielts 2014 speaking collection and answers - копия
    8-vaziyat
    7
    . Ota-onalar ko’pincha bola-larning mujmal nutqlariga haddan
    tashqari yuqori baho berib, ularni vunderkind, deb aytadilar.
    Abdulazizga onasi: “Uzoqqa qochib ketma!” desa, Abdulaziz: “Xavotir olmang,
    oyi, men qochib ketaman va qaytib kelaman!” deb javob beradi.
    Keysga savol- vazifa:
    Bunday hodisa nima bilan bog’liq?
    Yechim. Bunga o’xshash hodisa nutqning grammatik tuzilish nuqtai nazardan
    takomillashmaganligi bilan bog’liq. Abdulaziz qandaydir yangi so’zga o’zi egallagan
    shaklni berishi mumkin. Bola tomonidan tushungan holda egallangan bu shakl
    elementlari bolalarning so’z ijodkorligini keltirib chiqaradi.
    9-vaziyat. Ota-onalar bolalari bilan muloqot paytida ko’pincha ularni boshqa
    bolalar bilan taqqoslaydilar.
    Shirinning onasi, o’z qizining xulqidan xursand, ko’pincha u: “Sen borgan sari
    aqlli bo’layapsan. Sen hammadan ham yaxshisan”, “Sen eng chiroylisan”, -deydi.
    7
    A.A.Abduqodirov «Pedagogika» va «Psixologiya» fanlaridan keyslar va ulardan foydalanish uslubiyoti .-T.: «Fan va
    texnologiyalar», 2015. 42-bet


    194
    Dilnozaning onasi esa qiziga “Hamma bolalar ham bola, faqat sen mening
    tentagimsan”, “Qaragin, Dilfuza qanday aqlli qiz. U hamma ishni eplaydi, senda esa,
    hech nima chiqmaydi”, kabi jumlalarni ishlatadi.
    Keys bo’yicha savol va- vazifalar:
    1. Ikkala ona ham o’z bolalariga yaxshilik istaydilar, lekin ularning qaysinisi
    tarbiyada yaxshiroq natijaga ega bo’ladi?
    2. 
    Bolalarning xulqini 
    “loyihalash” 
    yo’nalishi onalarning 
    shaxsiy
    xususiyatlariga bog’liqmi?
    Yechim. Ikkala ona ham o’zlarining qizlarini boshqa bolalar bilan taqqoslaydilar,
    lekin birinchi ona ijobiy taqqoslashlardan, ikkinchi ona esa salbiy taqqoslashlardan
    foydalanadi. SHu bilan birga, SHirin va Dilnozalarning xulqlarini “loyihalash”
    turlichadir.
    Agar ona, o’ziga ishongan inson bo’lsa, u holda, odatda, u o’zining bolasini
    maqtaydi va uni boshqa bolalardan ijobiy tarzda ajratadi. Bu bolaning ijtimoiy mavqei
    o’sishiga va o’zining tengqurlari bilan o’zaro munosabatidagi tizimda yaxshi o’rin
    egallashiga imkon beradi.
    Agar ona, o’ziga ishonmagan inson bo’lsa, o’zini boshqa insonlarga nisbatan
    nima bilandir yomonroq sezsa, u holda o’zining ishonchsizligini uzatgan holda, bolasiga
    nisbatan ham shunday munosabatda bo’ladi. Bunday onaning bolasi past ijtimoiy
    mavqega ega bo’ladi.
    Umuman, bolalarning xulqini kecha, avval bo’lgan o’zining shaxsiy xulqi bilan
    taqqoslash maqsadga muvofiq.

    Download 5.19 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




    Download 5.19 Mb.
    Pdf ko'rish