• N.F.Talizina
  • Soxibaxon ped texnologiya doc




    Download 5.19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/122
    Sana28.05.2022
    Hajmi5.19 Mb.
    #22174
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122
    Bog'liq
    Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon
    test2, 02-Тр туз ва иш, IELTS Speaking Strategies By Rachel Mitchell, Lesson 1, ielts 2014 speaking collection and answers - копия
    V.P. Bespalko
    pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan
    muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim
    texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos boladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy
    diqqat о‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa
    va o‘qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa
    V.P.
    Bespalko o‘quv jarayonini loyihalash g‘oyasini ilgari suradi. Afsuski, hozirigi qadar
    pedagogik texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo‘q.
    N.F.Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin
    o‘quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo`lshi shart
    deb hisoblaydi, U fan va amaliyot oralig‘ida tamoyillarni olg‘a suruvchi, metodlar
    ishlab chiquvchi, ulami izchil qo‘llash kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi
    alohida fan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya
    real o‘qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi.
    Ayrim mualliflar o ‘qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig‘idagi fan deb
    qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog‘laydilar. Shunday qilib, bir
    yondashuvda o‘qitish texnologiyalari o‘qitishning barcha vositalarini qamrab olgan
    qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda texnologiya o‘quv jarayonini
    texniklashtirishni taqozo qiladi. Boshqa yondashuvda texnologiyaga ta’lim
    amaliyotini yangi yoki zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta’minlashning usuli
    sifatida qarashga imkoniyat beradi. Bunda texnologiyaga ta’limning ilmiy
    tamoyillari va amaliyotini tatbiq etish sifatida qaraladi.
    Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G‘arbiy Yevropada ta’limni
    isloh qilinishi bilan bog‘liq ravishda kirib keldi. B.Blui, J. Koroll, P.Ya.Galperin,
    V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari
    mashhur. O‘qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P.Bespalko, N
    .F.Talizina, L.M.Fridman, Yu.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev,
    A.M. Matyushkin, M.l.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga
    taalluqlidir.


    10
    Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, aksariyat o ‘qitish
    texnologiyalari bo‘sh texnologiyalanganligi bo‘yicha qolib ketmoqda. Bir qator
    texnologiyalarda nazariy asoslar kuehaytirilgan bo‘lib, amaliy tomoni u qadar
    oydinlashtirilmagan.
    T.A.Ballo
    texnologiyaning bir tomonini, ya’ni o ‘qitishda topshiriqli
    yondashuvni yoritadi. BoshqaJarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan o‘qitish
    yoki o‘qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi.
    L.V. Zankov, T.Ya.Galperin, V.l.Davidov tadqiqotlarida bosqichli o‘qitishning
    yaxlit texnologiyalari haqida fikr yuritiladi.
    1. Pedagogik texnologiyada hali ko‘p aniqlanmagan masalalar bor. Bu
    muammoni tadqiq etish, o‘qitish texnologiyasining tushunchasi va metodologik
    mohiyatini aniqlash bilan bog‘liq.
    Pedagogik texnologiya o‘ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik
    natijalarga erishish uchun, pedagogik tizinuiing barcha tashkiliy tomonlariga
    aloqador nazariy va amaliy (ta’lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida
    belgilanadi.

    Download 5.19 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122




    Download 5.19 Mb.
    Pdf ko'rish