Yevropa m e’morchiligiga xos boTgan ayrim uslublar o ‘sha
davrda
qurilgan Buxoro amirining yozgi saroyi — Sitorai Mohi Xosa,
Xiva xoni
Muhammad Rahimxon II tomonidan qurilgan Nurullaboy nomi bilan ata-
luvchi saroyda (1904—1912) ham ko‘zga tashlanadi.
Bino qurilishida ham
G ‘arb, ham Sharq m e’morchiligi an’analaridan foydalanilgan. Turkiston
ning bosib olingan yirik shaharlari va viloyatlarida harbiy qo‘shinlar uchun
qal’alar, kazarmalar, harbiy siyosiy amaldorlar, generallar uchun yevropacha
ko‘rinishdagi qarorgohlar qurila boshlandi. Toshkentning
Yangi shahar qis-
mida general-gubernatorlikning m a’muriy va boshqa binolari qad ko‘tardi.
Ular m e’moriy jihatdan g ‘arb muhiti va uslubida qurilgan binolar edi.