qal’asi mustamlakachilar tomonidan egallandi. Podsho hukumati qo‘shinlari
Urgutdan so‘ng Kattaqo‘rg‘on shahrini bosib olishga kirishdi.
Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Kitob hokimi Jo‘rabek
va Shahrisabz hokimi Bobobek boshchiligida Samarqandda kurash olib boril-
di. Bu ikki xalq harakati rahbarlari o‘z qo‘shinlari bilan 1868-yil 2-iyunda
samarqandlik qo‘zg‘olonchilar bilan birga Rossiya imperiyasi qo‘shinlari gar-
nizoni joylashgan qal’aga hujum qilishdi. Qamalda qolgan qo‘shin yordam
so‘rab general-gubemator fon Kaufmanga chopar yuboradi. 6-iyunda yordam-
chi kuchlar yuborildi. Qal’ani egallash uchun 4-iyundan 7-iyungacha shiddatli
janglar davom etdi. Unda ikki tomon ham ko‘plab talafot ko‘rdi. 8-iyunda
qamalda qolganlarga harbiy kuchlar yetib keldi, shundan so‘ng xalq himoya
chilari Samarqanddan chiqib tog‘ tomonga chekinishga majbur boTadi.
Podsho hukumati tomonidan yangi bosib olingan hu-
dudlarda Samarqand va Kattaqo‘rg ‘on boTimlaridan
iborat Zarafshon okrugi tuzildi. Unga general Abra
mov boshliq qilib tayinlandi. Zirabuloq jangidan keyin
Amir Muzaffar o‘z magTubiyatini tan olib, fon Kauf-
manning Turkiston general-gubematorligining yangi chegaralari haqidagi tak-
lifini qabul qilishga m ajbur boTdi. Bu bilan Rossiya imperiyasi istilochilik
yurishlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi.
Fon Kaufinan 1868-yil 28-iyunda Samarqandda Amir Muzaffar bilan Bu
xoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani
imzoladi. Unda amir urash boshlanishida aybdor ekanligi, abadiy do‘stlik
belgisi sifatida Rossiya qo‘shinlarining harbiy xarajatlari uchun 500 ming
rabl toTanishi e’tirof etildi. Shartnomaga ko‘ra bosib olingan Toshkentdan
Samarqandgacha boTgan barcha hudud — X o‘jand, 0 ‘ratepa, Panjikent, Jiz-
zax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o‘tdi.
Amir o ‘z ixtiyorida qolgan hudud
lam i boshqarishda Turkiston gene-
ral-gubematorining ko ‘rsatmalariga
rioya etish majburiyatini oldi. Siyo
siy qaramligi uchun tarixchilar to
monidan Buxoro hukmdori vassal
deb ham yuritiladi. Rossiya savdo-
garlariga amirlikda erkin savdo qi-
lishiga sharoit yaratib berish va ular-
ni himoya qilishni o‘z zimmasiga
oldi. Rossiyalik savdogarlarga savdo
shahrisabz hokimi
Kitob hokimi
Bobobek.
Jo‘rabek.