Orenburg y o ‘nalishidan yoMga chiqqan q o ‘shinlar 1873-yil m ay oyida Xiva
xonligi chegaralariga yetib keldi. YoM qiyinchiliklaridan tashqari ularga
yoMda kichik guruhlar hujum qilib, tinkasini quritgan. Rossiya imperiyasi
qo4shinlari bilan Xiva xonligi qo‘shinlari o ‘rtasida m ay oyida Hazorasp
qal’asi, Q o‘n g ‘irot, X o ‘jayli, M ang‘it shaharlari va X iva shahri yaqinida
janglar boMib o ‘tdi. Tom onlam ing kuchlari teng emasligi, katta talafotlar-
ga qaramasdan, xivaliklarga nisbatan podsho hukum ati qo‘shinlari yaxshi
qurollangani bois xonlik him oyachilari m ag‘lubiyatga uchradi.
1873-yil m ay oyining o ‘rtalariga kelib m ustam lakachi hukum atning
asosiy qo‘shinlari X ivaga yetib keldi. Ulaming X ivaga qilingan birinchi
hujum i him oyachilar tom onidan qaytarildi. Bu jangda ikki tomon ham kat
ta talafotlar k o ‘rdi. Hujumga boshchilik qilgan general Veryovkin yarador
boMdi. Podsho hukum ati qo ‘shinlari katta talafot k o ‘rgani bois chekinib, fon
K aufm an boshchiligidagi kuchlam i kutishga m ajbur boMdi.
Xivaga yetib kelgan K. P. Kaufman boshchiligidagi qo‘shin yana shahar -
ga hujum qildi. Am m o bu safar ham podsho hukum ati qo ‘shinlari shaham i
egallay olmadi. 29-m ay kuni shaham ing Hazorasp darvozasining dushman-
larga ochib berilishi xonlik poytaxtining egallanishiga olib keldi. Shundan
so‘ng K. P. K aufm an m uzokara olib borish y o ‘lini tanladi.
K. P. Kaufman Xivani bosib olgandan so‘ng xon xazi-
nasini
kontributsiya
(tovon) evaziga m usodara qilib,
xazina bilan birga qadimiy qoMyozmalar, xonning taxti
va toji, tanga zarb qiladigan tarng4a va zarb tasviri, qo 4n g ‘irot sulolasi xon-
larining hokim iyati ramzlari va boshqa qoMga kiritilgan m oddiy boyliklar-
ni Sankt-Peterburgga j o ‘natdi. K. P. Kaufm an Xivani egallagandan so‘ng
X iva xonligi bilan m uzokaralar o 4tkazish uchun Gandim iyon qishlog‘idagi
qarorgohiga bordi. U taklif etgan sulh shartnomasini X iva xoni M uham
m ad Rahim xon
II
1873-yil 12-avgustda im zolashga m ajbur boMdi. Ushbu
shartnom a X iva xoni R ossiya imperiyasi tobeligiga o ‘tganligini k o ‘rsatardi.
Shartnomaning birinchi moddasida: «Sayid Rahim Bahodirxon o ‘zini Bu-
tun R ossiya im peratorining sodiq xodimi deb tan oladi. U qo‘shni hukm-
dorlar va xonlar bilan har qanaqa bevosita do‘stona m unosabatlardan va
ular bilan biron-bir savdo yoki boshqa shartnom alar tuzishdan voz kecha-
di ham da Rossiyaning 0 ‘rta Osiyodagi oliy hokim iyati ruxsatisiz ularga
qarshi hech qanday jangovar harakatlam i am alga oshirmaydi», — deb yozib
qo‘yilgan edi. Bu bilan X iva xoni mustaqil ravishda tashqi dunyo, hatto
yaqin qo‘shnilari bilan ham aloqa o ‘m atish im konidan mahrum etildi. Faqat
ular bilan Rossiya imperiyasi roziligi bilangina aloqa qila oladigan boMdi.