Turkiston oTkasida yashaydigan rossiyalik
aholi uchun imperiya qonun-
lari asosidagi sudlar faoliyat olib borgan. Dastlab tashkil qilingan vaqtinchalik
harbiy sud komissiyalari bu aholining jinoiy ishlarini ko‘rish bilan birga m a
halliy aholi tomonidan sodir etilgan siyosiy jinoyatlar va hokimiyatga qarshi
jinoyatlam i ko ‘rib chiqqan. Viloyat va oTka sudlari vazifalari general-guber-
natorlik devoni va boshqarmalari zimmasiga yuklangan edi. General-guber
nator oTkaning bosh prokurori va oliy sudyasi vazifasini ham bajargan.
0 ‘rta Osiyo mustamlakaga aylantirilgandan so‘ng
boshqa sohalar singari
sud tizimi ham bosqichma-
bosqich o‘zgartirib borilgan. Qozi va biy sudlariga
bo Tib o ‘tadigan saylovlarda mustamlakachi huku-
matning aralashuvi, saylov natijalarini tasdiqlashdagi noto‘g‘ri ishlar ko‘plab
janjallam i, mahalliy aholi o ‘rtasida o‘zaro nizolar, m a’muriyatga
nisbatan
ishonchsizlik va norozilik harakatlarini keltirib chiqargan.
Sudlarga joriy etilgan saylovlar mustamlakachi hukumat ixtiyorida boTib,
saylovda kimning g ‘olib chiqishi saylovchilarga qaraganda m a’muriyat xo-
hishiga bogTiq boTib qoldi. Kim mustamlakachi m a’muriyatga yoqsa va
unga sodiqligiga ishonch hosil qila olsa, o‘sha qozi va biy boTa olardi. Say
lovlarda turli
xil nayranglar, poraxo‘rliklar avj olgan. Buning natijasida say
langan qozi va biylar o ‘z faoliyati davomida saylov vaqtidagi xarajatlarini
turli yoTlar bilan, ayniqsa, poralar hisobiga qaytarib
olishga harakat qilish-
gan. Bu bilan qozilik va biylik serdaromad mansabga aylandi. Qozilar va
biylar lavozim egallashi va uni saqlab qolishi uchun mustamlakachi hukumat
vakillarining sodiq xizmatkorlariga aylandi.
1886-yilgi «Nizom»da ham Turkiston oTkasida qozilar sudi saqlanib qol
di. Uyezd sudlari bekor qilinib, ulam ing o ‘m iga shahar va zemstvo boshliqlari
tomonidan tayinlanadigan
uchastka mirovoy sudyalari
(sudlari) tuzildi. Vilo
yat boshqamvining sud boTimlari viloyat sudlari bilan almashtirildi.
Sud ter-
govchilari, viloyat prokurori va ulam ing yordamchisi lavozimlari joriy etildi.
1898-yilda Turkiston oTkasida sud nizomlarini qoTlash qoidalariga mu-
vofiq viloyat sudlari tugatildi, ulam ing o ‘m iga okm g sudlari va Toshkent sud
palatasi tuzildi. Toshkent sud palatasi faqat imperiyaning oliy sudi
- hukumat
senatiga bo‘ysunar edi. O km g sudlari Turkiston oTkasining barcha viloyatla-
rida joriy etildi. Ulam ing tarkibi sud raisi, uning o ‘rinbosari va sud a’zolaridan
iborat boTgan. Jazo chorasini sudyalar va ikki sud a’zosi tayinlardi. Ular
ning qarori ustidan berilgan apellatsiyani imperiyada oliy sud boTgan huku
mat senati ko‘rib chiqardi. Shunday qilib, Turkiston
oTkasidagi sud tizimi
mustamlakachi hukumat vakillari va oTka m a’muriyati nazorati ostiga o ‘tdi.