lam ing paxta m aydonlariga aylantirilishi, chorvachilikning va chorva mahsu-
lotlarining kam ayishiga olib keldi. B u hoi, ayniqsa, F arg‘ona vodiysida
yaqqol sezilib, bu yerga g ‘alla va chorva mahsulotlari chetdan olib kelina
boshlandi. G ‘alla, chorva m ahsulotlariga boMgan ehtiyoj ulam ing narxlarini
keskin oshirib yubordi.
Farg‘ona, Sirdaryo va Samarqand
viloyatlari paxta yetishtiriladigan eng
muhim m arkazlar boMgan. 1884-yilda
Turkistonda yangi paxta navi (Ame-
rika navi) yetishtirila boshlandi. Bu
nav m ahalliy navlarga qaraganda ancha
yuqori hosil berar edi.
Podsho hukum ati paxta m aydon-
larining kengayishi va hosilning yaxshi
boMishi 0 ‘rta Osiyo m intaqasida suv
bilan bogMiq boMganligi uchun irrigatsiya tarmoqlarini kengaytirishga
harakat qilgan. 1911-yilda Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari
boshlandi va 1913-yilga kelib tugallandi. Biroq Toshkent vohasi, Samarqand
viloyati va Farg‘ona vodiysida sug‘orish sohasi b o ‘yicha ishlam ing k o ‘pi
bajarilm ay qolib ketdi.
Mustamlakachi hukum at uchun paxta oMkada neft va oltindan keyingi
o ‘rinda turuvchi yuqori daromadli sohaga aylandi.