Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov




Download 6,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/149
Sana21.05.2024
Hajmi6,86 Mb.
#248235
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149
Bog'liq
d9ab3e9e-cd07-426e-baf5-8296230174ae

Turkiston jadidchilik
harakatining yirik
namoyandalari


Turkiston jadidlarini birlashtirishda « 0 ‘rta Osiyo 
jadidlarining otasi» deb tan olingan Mahmudxo‘ja Beh- 
budiy (1875—1919)ning xizmati katta boTdi. U 1875- 
yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa 
qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab Samarqand, so‘ngra Bu­
xoro madrasalarida tahsil olib, imom-xatib, qozi, keyin 
muftiy darajasiga ko‘tarildi. Behbudiy O crta Osiyo ja ­
didchilik harakatining asoschisi va yoTboshchisi edi.
Turkistonda m a’rifatparvarlik harakatining rivojlanishi­
ga katta hissa qo‘shgan shaxs hisoblanadi. Behbudiy - 
ning tashabbusi bilan o ‘z otasi sharafiga «Behbudiya 
kutubxonasi» deb atalgan kutubxona tashkil qilingan.
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931) -
Turkiston oTkasida ozodlik, millat kelajagi uchun ku- 
rashgan m a’rifatparvar siyosiy arbob, jadidchilik ha­
rakatining yirik namoyandalaridan biri. 1904-yildan 
boshlab oTkadagi ijtimoiy-siyosiy, m a’rifiy harakatlar- 
ning faol ishtirokchisi. U jadid maktablari ochilishining 
tashabbuskori va amaliyotchisi, milliy gazeta va jurnal- 
lar asoschisi, muharriri hamda jadid teatri targ‘ibotchisi 
boTgan. Munavvarqori maktablar uchun «Adibi avval»,
«Adibi soniy», «Yer yuzi» kabi darsliklarni yaratdi.
Dastlabki paytlarda madaniy-ma’rifiy, keyinchalik 
siyosiy-ijtimoiy xususiyat kasb etgan islohotchilik harakati faol ishtirokchila- 
ridan biri Abdulla Avloniy 1878-yil Toshkent shahrida hunarmandlar oilasida 
tug‘ildi. U maktab va madrasada taTim olib, o‘z zamonining m a’rifatli va 
chuqur bilim sohibiga aylandi. Abdulla Avloniy oTkada taTim, matbuot, teatr 
sohalarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib, 1907-yil «Shuhrat» gazetasiga 
asos soldi. O czi tashkil qilgan yangi usul maktabi uchun «Birinchi muallim», 
«Ikkinchi muallim», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklarni yaratdi.
Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy kabi boshqa milliy taraqqiy- 
parvarlar ham m a’rifatparvarlik faoliyatini olib borib, yangi maktablar, xay- 
riya jamiyatlari, kutubxona va kitob do‘konlari ochdilar.
0

Download 6,86 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149




Download 6,86 Mb.
Pdf ko'rish