220
7.2. Tarmoqlar konvergensiyasi
Oxirgi
yillarda
telekommunikatsiya
texnologiyalarida
katta
o‘zgarishlar yuz berdi. IP - texnologiya bazasida tarmoqlarni rivojlantirish,
mobil aloqa tarmoqlarining tez o‘sishi, multimedia kompyuter
texnologiyalarining keng tarqalishi kuzatilmoqda va bu insonlarning o‘sib
boruvchi ehtiyojlari xizmatlarning keng spektiriga kira olish imkoniga ega
bo‘ladi, butun foydalanuvchi tarmoqlarning turli ko‘rinishlaridan
foydalanganda
farqlarni
ko‘rmasligi
kerak.
Ηatijada
aloqani
konvergensiya, axborot muhiti va xizmatlari jarayonining o‘tishi
kuzatilmoqda.
Evropa komissiyasining “Green Paper” (1997y) hujjatiga muvofiq
“kon- vergensiya” atamasi ostida yagona terminal ko‘rinishida oxirgi
qurilmalarni (telefon, shaxsiy kompyuter, televizor) birlashtirish yoki
xizmatlarning bir xil to‘plamini ta’minlash turli tarmoqli platformalar
imkoniyati
tushuniladi.
Konvergensiyaning
uchta
xizmatlar
konvergensiyasi, jarayonlar konvergensiyasi va tarmoqlar konvergensiyasi
yo‘nalishi ko‘rib chiqiladi. Xizmatlar konvergensiyasi foydalanuvchilarga
kengaytirilgan funksional imkoniyatlarni taqdim etadi. Jarayonlar
konvergensiyasi iqtisodiy jihatdan samarali xizmatlarni taqdim etish uchun
turli ishlab chiqaruvchilarning uskunasi bilan ishlash imkoniga ega
xizmatlar provayderlarga taaluqlidir. Tarmoqlar konvergensiyasi deganda
texnologiya konvergensiyasi tushuniladi. Konvergent tarmoq keyingi
avlod tarmog‘iga – Next Generation Network (NGN) o‘tish uchun oraliq
bosqich hisoblanadi. “Multiservis tarmoqlarni qurish bo‘yicha konseptual
holat” hujjatiga muvofiq quyidagi ta’riflarni berish mumkin.
- Keyingi avlod aloqa tarmog‘i (NGN) – aloqa tarmoqlarini
boshqarish, shaxsiylashtirish va tarmoqli qarorlarni unifikatsiya qilish
hisobiga yangi xizmatlarni yaratish bo‘yicha moslashgan imkoniyatlar
bilan
xizmatlarning
cheklanmagan
to‘plamini
taqdim
etishni
ta’minlaydigan aloqa tarmoqlarini qurish konsepsiyasi.
- NGN tarmog‘i taqsimlangan kommutatsiya bilan universal transport
tar- mog‘ini amalga oshirish, oxirgi tarmoqli uzellarga xizmatlarni taqdim
etish va an’anaviy aloqa tarmoqlari bilan integratsiya qilish funksiyalarini
kiritishni mo‘ljallagan.
- Multiservis tarmog‘i – keyingi avlod aloqa tarmog‘ining
konsepsiyasiga muvofiq qurilgan va xizmatlarning cheklanmagan to‘plami
taqdim etilishini ta’minlaydigan aloqa tarmog‘i.
221
7.2- rasmda Yangi avlod aloqa tarmog‘ining (Next Generation
Network NGN) mumkin bo‘lgan etalon modeli keltirilgan.
7.2- rasm. Multiservis tarmog‘i tuzilmasiga misol
NGN arxitekturasi 4 ta darajadan iborat (7- .3- rasm):
1. Tarmoq xizmatlarini boshqarishi.
2. Tarmoqni boshqarish.
3. Transportirovka, ya’ni kommutatsiya va uzatish tarmog‘i.
4. Kirish imkoniyatini berish.
Birinchi daraja
tarmoq xizmatlarini foydalanuvchilarga yagona
xizmatlar to‘plamini beradi. PSTN uchun IP – telefoniya uchun, mobil
tarmog‘i uchun va hokazo. Buning uchun bu darajada operatsion tizim
OSS, har xil serverlar: takliflar, media – resurslar, foydalanuvchi
joylashgan joy haqida ma’lumotlar va hokazo bo‘ladi.
Ikkinchi daraja
tarmoqni boshqarish darajasi bo‘lib, dasturlangan
kom- mutatorlar Softswitch hisoblanadi. U signal buyruqlariga ishlov
beradi, buyruqlar yaratadi, chaqiruvchi marshrutlaydi, oqimlarni
boshqaradi.
Uchinchi darajada
transport darajasi bo‘lib, u paketli kommutatsiya
tarmog‘i hisoblanadi. Bu tarmoq ATM – tarmoq, IP – tarmoq yoki MPLS
tarmoq bo‘lishi mumkin. Bu daraja ikkinchi darajadan olgan buyrug‘i
222
asosida bog‘lanishni kommutatsiyasini va tinch axborotni uzatishni
bajaradi.
To‘rtinchi daraja
kirish imkoniyatini beruvchi daraja bo‘lib, NGN
tarmog‘i xizmatlariga ulanish uchun interfeyslar keng to‘plamini beradi.
U IAD – integrallashgan kirish qurilmasi, kirish media shlyuzi,
signalizatsiya shlyuzi, transport media - shlyuzi, universial media -
shlyuzi, video ow dan iborat.
7.3- rasm. NGN arxitekturasi
Chaqiruvchi axborotning formati, ushbu tarmoqda uzatish uchun
ishlatiladigan mos formatga o‘zgartiriladi. Integrallashgan kirish qurilmasi
(IAD): NGN arxitekturasida ishlatiladigan abonentli kirish qurilmasidir.
Bu qurilma yordamida paketli tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish,
tovushli aloqa, video axborot va boshqa xizmatlar amalga oshiriladi.
Har bir qurilmada (AD), maksimum 48ta abonent portlari ko‘zda
tutilgan.
Kirish mediashlyuzi (AMG): Uning yordamida abonentga turli –
tuman xiz- matlardan foydalanish imkoni beriladi, jumladan: analogli
223
tarmoqqa kirish, xizmatlari integrallashgan ISDN raqamli tarmoqqa kirish,
V5 ga va raqamli abonent (xDSL) liniyasiga kirishi.
Foydalanuvchi oldida analog telefon apparati, guruhli qurilma IA,
mobil terminal 2G, 3G, maxsus terminal SIP telefoni, N.323 telefoni
bo‘lishi mumkin.
Signalizatsiyaning mediashlyuzi (SG): 7- sonli signalizatsiya tizimi
tarmo- g‘ining va internet – protokoli (IP) tarmog‘ining interfeys
darajasida
joylashgan
bo‘lib,
u
umumiy
foydalanish
kommutatsiyalanadigan telefon tarmog‘i PSTN va IP tarmoq o‘rtasida
signallashni o‘zgartirishni ta’minlaydi. Bog‘lovchi liniyalar mediashlyuzi
(TMG): kanallar kommutatsiyasi tarmog‘i bilan paketlar kommutatsiyasi
IP tarmog‘i oralig‘ida joylashgan bo‘lib, IP uzatish muhitining IKM –
oqimlari va axborot oqimlari o‘rtasida formatni o‘zgartirishni ta’minlaydi.
Universal mediashlyuz (UMG): ichiga qurilgan SG yoki AMG ning
TMG rejimlarida signallashni o‘zlashtirishni bajaradi. Turli tuman
qurilmalarning ulanishi ta’minlanadi, bularga PSTH telefon stansiyasi,
muassasa telefon stansiyasi (PBX), imkoniylik tarmog‘i, imkoniylik
tarmog‘i serveri (NAS) va bazaviy stansiyaning kontrolleri kiradi.
Tayanch kommutatsiya darajasida paketlar kommutatsiyasi amalga
oshiriladi, va darajada magistral tarmoq va transport tarmog‘i (MAN) da
taqsimlangan marshrutlashtiruvchi va 3- darajali kommutatoriga o‘xshash
qurilmalar ishlatiladi.
Bu darajada abonentlarga yuqori ishonchlilik, xizmat ko‘rsatishning
yuqori sifat (QoS) va katta o‘tkazish qobiliyati bilan bir turli, hamda
integralli uzatish platformasini taqdim etishni amalga oshiradi.
Tarmoqni boshqarish darajasida chaqiruvlarni boshqarish amalga
oshiriladi.
Bu
darajadagi
asosiy
texnologiya
moslashuvchan
kommutatsiyadir, u chaqiruvlarni boshqarish uchun ishlatiladi.
Moslashuvchan kommutator (Softswich): Bu NGN tarmoqning asosiy
kom- ponenti bo‘lib, asosan chaqiruvlarni boshqarish, mediashlyuzlarga
kirishni boshqarish, resurslarni taqsimlash, protokollarni qayta ishlash,
marshrutlash, autentifikatsiya va xizmatlar qiymatini hisobga olish, hamda
abonentlarga asosiy tovushli aloqa xizmatlari, Mobil xizmatlar,
multimedia xizmatlari, hamda ilovalarni dasturlash interfeyslarini (API)
amalga oshiradi.
Xizmatlarni boshqarish darajasida asosan qo‘shimcha xizmatlar
taqdim etish, hamda bog‘lanishlar o‘rnatilganda ishlashni qo‘llash amalga
oshiriladi. IOSS ikki tizimdan iborat ekspluatatsiyani qo‘llashning
integralli tizimi: NGN ning tarmoqli elementlarini markazlashtirilgan
224
holda boshqarish va xizmatlar tarifikatsiyasining integrallashgan sistemasi
uchun tarmoqni bosh- qarish sistemasi (MMS) dir.
|