227
SIP matn mo‘ljallangan protokolni o‘z ichiga oladi.
Eng keng
tarqalgan H.323 protokoli hisoblanada, ishlab chiqaruvchilarning
ko‘pchiligi o‘zining yangi mahsulotlarida SIP protokollarni qo‘llab
quvvatlash ko‘zda tutiladi. SIP protokollari ommaviyligining o‘sish
tempini hisobga olib yaqin kelajakda uning negizida qaror IP - telefoniya
bozorining muhim ulushini band qiladi.
IP - telefoniya tarmoqlarining tuzilishiga
SIP protokolining
yondoshuvini amalga oshirishda H.323 protokoliga nisbatan ancha sodda,
lekin telefonlar bilan o‘zaro ishlashini tashkil qilsh uchun kamroq mos
keladi.
Shuning uchun SIP protokoli IP - telefoniya xizmatlarini ko‘rsatish
uchun internet xizmatlarining etkazib beruvchilari ko‘proq mos keladi,
bunda ushbu xizmatlar paketining qismi hisoblanadi.
Modifikatsiyalangan SIP - T protokoli (SIP for Telephony) 7- sonli
signali- zatsiyani SIP protokoli bilan integratsiya
qilish maqsadida
yaratilgan edi. SIP - tarmoqning 7- sonli signalizatsiya tarmog ‘i bilan
o‘zaro ishlash tuguni SIP - xabarda ISUP xabarini inkapsullaydi va ISUP
xabarlaridan axborot qismini SIP xabarlar sarlavhasiga transportlashni
ta’minlash uchun translyasiyalaydi.
Shlyuzlarni dekompozitsiyalash tamoyili
MGCP protokoli MG shlyuzlarini boshqarish uchun foydalaniladi. U
chaqiruvlarni qayta ishlashning butun mantiqiy
shlyuzlardan tashqarida
joylashadigan arxitektura uchun ishlab chiqilgan va boshqaruv MGC kabi
tashqi qurilmalar tomonidan bajariladi. MGCP chaqiruvlar modeli bir -
birini ulashi mumkin bo‘lgan oxirgi nuqtalar to‘plami MGC shlyuzlarini
ko‘rib chiqadi. Oxirgi nuqtalar fizik (analogli telefon liniyalar yoki raqamli
magistral), yoki virtual (UDP/IP ulanish bo‘yicha ma’lumotlar oqimi)
bo‘lishi mumkin.
Media Gateway Control Protocol (MEGACO) protokoli MG
shlyuzlarini boshqarish uchun standart sifatida
MGCP almashtirilishi
kerak. MEGACO shlyuzlar, ko‘p nuqtali bog‘lanishlarni boshqarish
qurilmalari va interfaol ovozli javob qurilmalari uchun umumiy platforma
bo‘lib xizmat qiladi. MEGACO protokoli foydalaniladigan ulanishlar
modeli MGCP protokoliga nisbatan juda oddiydir. MEGACO MG
shlyuzlarini aniq kontekst ichida bir biri o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlashi
mumkin bo‘lgan oxirgi qurilmalar to‘plami kabi ko‘rib chiqiladi.
Oxirgi
qurilmalar media - oqimlarning manbai yoki qabul qilgichi hisoblanadi.
228
MFCP protokolida bo‘lgani kabi oxirgi qurilmalar fizik yoki virtual
bo‘lishi mumkin. Bog‘lanish, bitta oxirgi qurilma boshqasiga
joylashtirilganda, amalga oshiriladi. Misol uchun,
chiqiruvlarni qayta
adreslash oxirgi qurilmalarning bir kontekstidan boshqasiga o‘tishi bilan
amalga oshiriladi, videokonferensiya esa, bir nechta oxirgi qurilmalarning
umumiy kontekstga o‘tishi bilan initsializatsiyalangan bo‘ladi.