230
7.4. Keyingi avlod tarmog‘i elementlari
Keyingi avlod tarmog‘i (NGN) tarmoqning yangi konsepsiyasini,
tovush
funksiyalari, xizmat ko‘rsatish sifati (QoS) va paketli tarmoqning
afzalliklari va samaraligi bilan kommutatsiyalanadigan tarmoq o‘z ichiga
oladi. NGN tarmog‘i tarmoqlar va texnologiyalarning
birlashishida aks
etadigan ishlab turgan telekommunikatsiya tarmoqlarining evolyusiyasini
bildiradi. Shu sababli telefoniyaning klassik xizmatlaridan boshlanib va
ma’lumotlarni uzatishning turli to‘plami yoki ularning kombinatsiyalarida
tugagan xizmatlarning keng to‘plamini ta’minlaydi.
NGN tarmoqlarining tuzilmasida integratsiyalangan qurilmada alohida
qurilmalar yoki ixtiyoriy kombinatsiyalardan iborat
bir nechta elementlar
ishtirok etadi. NGN tarmog‘ining eng muhim elementlari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
Media - shlyuz (MG) telefon tarmog‘idan tovush chaqiruvlarni
terminallaydi, tovushni qisadi va paketlaydi,
IP tarmoqda qisqargan
tovushli paketlarni uzatadi, shuningdek IP tarmoqdan tovushli chaqiruvlar
uchun
teskari
operasiyani
o‘tkazadi.
ISDB/POTS
chaqiruvlar
signalizatsiya ma’lumotlarini media - shlyuz kontrolleriga uzatadi yoki
signazizatsiyani H.323 xabarga o‘zgartirish shlyuzda amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan media - shlyuz masofadan kira olish,
marshrutlash,
tarmoqning virtual qismlar, TCP/IP trafikni filtrlash va
boshqalar uchun funksionallikni kiritish mumkin.
Signalizatsiya shlyuzi (SG) signalizatsiyani o‘zgartirish uchun xizmat
qiladi va uni kommutatsiyalanadigan paketli tarmoq o‘rtasida tiniq
uzatishni ta’minlaydi. U signalizatsiyani terminalashtiradi
va xabarni
media - shlyuz kontrolleriga yoki signalizatsiyaning boshqa shlyuzlariga
IP orqali uzatadi.
Media - shlyuz kontrolleri (MGC) ro‘yxatga oladi va media -
shlyuzning o‘tkazish qobiliyatini boshqaradi.
Media - shlyuz orqali
xabarlar bilan telefon stansiyalari bilan almashinadi.
Quyida keltirilgan sxemada yuqorida keltirilgan barcha elementlarni
o‘z ichiga olgan NGN tarmog‘iga misol keltirilgan (7.5- rasm).
Yuqorida keltirilgan NGN tarmog‘ining elementlari bilan bir qatorda
quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
H.323 standarti bo‘yicha aralash kommutatsiyalanadigan va paketli
tarmoq- larda tor yo‘lakli audio/video telefon
xizmatlarini quvvatlash va
ulardan foydalanish uchun xizmat qiladigan H.323 tarmoqli qurilma.
H.323 tarmoqli qurilmaga quyidagilar kiradi: Tarmoqning oxirgi nuqtasini
231
o‘z ichiga oladigan terminal. H.323 terminallari bo‘lib, tegishli dasturiy
ta’minotga ega shaxsiy kompyuterlar va H.323 standartini quvvatlaydigan
IP telefonlar hisoblanadi.
H.323 shlyuzlari - paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlar
tomonida H.323 oxirgi nuqtalar o‘rtasida o‘zgarishlarning funksionalligini
ta’minlaydigan qurilmadir. O‘z ichiga uzatish formatlarini o‘zgartirish,
kommunikasiya
protseduralari,
audio/video
kodeklarni
oladi
va
bog‘lanishlarni o‘rnatadi va uzib qo‘yadi.
H.323 geytgipperi – paketli va kommutatsiyalanadigan
tarmoqlarda
foyda- laniladigan adreslar (IP, telefon nomerlari) o‘zgartirishini
ta’minlaydigan qurilmadir. Shu bilan birga u o‘tkazish yo‘laksini
boshqaradi, masalan, tarmoq band bo‘lganda seanslar o‘tkazilishini
cheklash. Geytgipper bir qurilmada integratsiyalangan bo‘lishi mumkin,
masalan, terminal, shlyuz yoki ko‘p protokolli kontroller.
7.5- rasm. Keyingi avlod tarmog‘iga misol
Ko‘p nuqtali boshqarish bloki (MCU) – H.323 uch yoki undan ortiq
oxirgi nuqtalarining ko‘p nuqtali kommunikatsiyasi (konferensiyasi)
quvvatlanishini
ta’minlaydigan
qurilmadir.
MCU
bloklari