234
o‘zgarishsiz minimal xarajatlar bilan IP- telefoniyaning an’anaviy
sxemalaridagi to‘liq kamchiliklardan qutiladi.
7.1- jadvaldan UFTf tarmog‘iga nisbatan dasturiy kommutatordan
foydalanadigan operatorlar kabi foydalanuvchilar ham oladigan afzalliklar
ko‘rinib turibdi. Shunday qilib, Softswitch foydalanuvchilar tomonidan
kutiladigan standart telefoniyadan ishonchlilik va boshqa xususiyatlarni,
ma’lumotlar tarmoqlarning samaraliligi, tejamlilik va moslashuvchanlikni
o‘zida birlashtiradi. Dasturiy ta’minot bir turda bo‘lmagan tarmoqlarning
o‘zaro ishlash imkonini beradi, u signal protokollarining (jumladan 7- son
UKS, MGCP, H.323 va SIP) keng to‘plamini ta’minlaydi. Softswitch
signalizatsiyaning turli protokollarini yagona formatga konventrlaydi, bu
yangi protokollar joriy etilishini soddalashtiradi. Ushbu imkoniyat UFTf
va IP - telefoniya operatorlariga UFTf va IP - telefoniya o‘rtasidagi to‘liq
va tiniq o‘zaro ishlash imkonini ta’minlaydi. Bundan tashqari, ushbu
translyasiya turli etkazib beruvchilarning tarmoqlararo shlyuzlari o‘rtasida
o‘zaro ishlash imkonini yaxshilaydi, bu bozorni kengaytirishning
qo‘shimcha imkoniyatlarini taqdim etadi. Dasturiy kommutator mijozni
avtorlashtirish va audentifikasiya qilish, CDR generatsiyasi va
signalizatsiyaning
turli
turlarini
(SIP/H/323/
MGCP/ISDN/ISUP)
konvertatsiya qilish uchun javob beradi.
7.1- jadval
Zamonaviy ATS va Softswitch tizimini solishtirish