I. BOB. QO‘L TO‘PI O’YININING KELIB CHIQISHI VA TARIXI




Download 402,08 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2024
Hajmi402,08 Kb.
#264209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
gulchiroy

I. BOB. QO‘L TO‘PI O’YININING KELIB CHIQISHI VA TARIXI
1.1 Qo'l to'pi o'yinining kelib chiqishi va o'yin taktikasi

Gandbol maydoni.Mashg‘ulotlar va musobaqalarni oʻtkazish uchun zal pollari tekis, sirpanmaydigan va eng yaxshisi parket bilan qoplangan boʻlsa, maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, sun`iy qoplovchi materiallardan ham foydalaniladi. Ochiq maydonlarni bitumli yoki tabiiy maxkam qoplamalardan foydalanish mumkin. Soʻnggi yillarda usti yopiq kichik maydonlardan iborat stadionlar qurilmoqda. Gandbol maydoni toʻg‘ri toʻrburchak shaklida boʻlib, uzunligi 38 m dan 44 m gacha va eni 18 m dan 22 m gacha boʻladi. Optimal oʻlchami 40x20 m. Maydonni chegaralovchi chiziqlar 5 sm kenglikda boʻlib, maydon bilan bir tekislikda yotadi. Uzunasiga tortilgan chiziqlar-yon chiziqlar, kundalangiga toritilgan chiziqlar, yuz chiziqlar deyiladi. Darvoza yuz chiziq oʻrtasiga mahkam qilib oʻrnatilib, eni 3 m, balandligi 2 m (ichki tarafdan oʻlchanganda) boʻladi. Ustun va toʻsiqlar yoʻg‘onligi toʻg‘ri toʻrtburchak shaklida ishlanib, 8x8 sm boʻladi. Gandbol toʻri 5 mm. qalinlikdagi kapron iplari bilan toʻqiladi va uning kataklari 45x45 mm boʻladi .Darvozabon maydonini belgilash uchun yuz chiziqqa parallel ravishda 6 m uzoqlikda 3 m li uzunlikda chiziq chizilib, darvoza ikala ustunining ichki burchagidan 6 m. radiusi yarim aylana 3 m. li chiziqka tutashtiriladi. SHu maydon darvozabon maydoni deyiladi. Darvozabon maydoni tashqarisida undan 3 m. uzoqlikda parallel holda yana bir uzuq-uzuq chiziq chiziladi. Bu erkin toʻp otish zonasi deyiladi. Qo‘l to‘pi to‘plari– yumaloq shaklda, bir xil tusda, charm va ichki qismi rezina kamerali, havoga toʻldiriladi. Toʻp juda tarang va ustki qismi sirg‘anuvchan boʻlmasligi kerak. 3-oʻlcham erkaklar va oʻsmirlar jamoasi uchun (oʻyindan oldin) toʻp aylanasi 58-60 sm, og‘irligi 425-475 g boʻladi. 2-oʻlcham ayollar guruhi va boshqa yoshdagi qizlar (14 yoshdan yuqori) uchun (oʻyindan oldin) toʻp aylanasi 54-56 sm va og‘irligi 325-375 g boʻladi. 1-oʻlcham qizlar (8-14 yoshgacha) va oʻzmir jamoalari uchun (8-12 yoshgacha) toʻp aylanasi 50-52 sm. og‘irligi 290-330 gr. boʻladi. Texnik anjomlar. Mezbon jamoa hakam va uning yordamchilari uchunquyidagi texnik anjomlari taqdim etiladi. 1.Oʻyin soati va sekundometlar. 2.SHunday joylashtirish kerakki, uni oʻyin bilan bog‘liq boʻlgan barcha kishilar hatto tomashabinlarga ham aniq koʻrinarli boʻlishi lozim. Oʻyin soatlari oʻyin oralig‘idagi tanaffuslarni va oʻyin vaqtini hisoblash uchun qoʻllaniladi. 3.Sekundomer olingan tanaffuslarni hisobga olish uchun qoʻllaniladi. 4.Tablo oʻyin bilan bog‘liq boʻlgan ommaga aniq koʻrinarli boʻlishi kerak. Sport kiyimi. Maydon oʻyinchilari orqa tomonida katta raqamli va koʻkragida kichik raqamli sport mayka (2 dan to 11 raqamgacha), kalta ishton, paypoq yoki golflar kiyadilar. Usti yopiq joylarda sportchilar poshnasiz poyafzal kiyadilar. Darvozabon maydon oʻyinchilaridan farqli oʻlaroq orasida 1 yoki 12 raqami bilan mashg‘ulotlarda kiyadigan kiyimini kiyib olishi, himoya bandajini kiyib oladi.



Qo‘l to‘pi o‘yinining afzalliklaridan biri uning oddiyligidir. Bu o‘yinni zalda va ochiq xavoda tashkil etish mumkin. Ochiq havoda er yuziga asfalt va chim yotqazilgan bo‘lishi kerak. O‘yin maydonining o‘lchami 40x20 metr, 2ta 2x3 metrlik darvoza bo‘lishi kerak. O‘yin maydonida quyidagi chiziqlar chiziladi: maydon chegaralari, maydon o‘rtasidan chiziq bo‘ladi va darvozalar oldida 6 metrlik yarim aylanalar chiziladi. Qo‘l to‘pi o‘yinining texnikasi ham oddiy, ham oson. Maydon bo‘ylab qadamlab va yugurib harakatlanish to‘pni bir-biriga uzatish, to‘pni qo‘l bilan darvozaga otish bu o‘yinga xosdir. O‘yin maydon markazidan ixtiyoriy yo‘nalishda to‘pni otish yoki uzatib berish bilan boshlanadi. To‘p darvozaga tushirilgandan so‘ng o‘yin yana markazdan boshlananadi. O‘yinchilar to‘pni bir-biriga bir yoki ikki qo‘llab uzatadilar. To‘p faqat bir qo‘llab olib yuriladi. To‘pni olib yurish, uzatish yoki darvozaga otish uzatib berish bilan yakunlanadi. O‘yinchi to‘pni olib yurishdan so‘ng to‘pni ushlab olsa, u to‘pni sherigiga uzatishga yoki darvozaga otishga majbur. Qo‘lda to‘p bilan uch qadamdan ortiq yurilmaydi. To‘pni qo‘lda 3 soniyadan ortiq ushlab turilmaydi. O‘yinchi tomonidan darvozaga to‘p otish hali u darvozabon maydonchasiga kirmasdan bajariladi. Darvozabon to‘pni barcha usullar bilan, jumladan oyoq bilan ham ushlab qolishga haqli. Agar to‘p himoyalanuvchi jamoa o‘yinchisidan maydon tashqarisiga chiqib ketsa, yon chiziqdan yoki burchakdan to‘p o‘yinga kiritiladi. Qoida buzarlik ro‘y bergan joydan erkin to‘p belgilanadi. Hujum vaqtida hujumchiga qarshi himoyachi darvoza chizig‘i oldida qo‘pollik qilsa, ya‟ni to‘pni uloqtirayotganda uni ushlab qolsa, turtib yuborsa, chalsa 7 metrlik jarima to‘pi belgilanadi. O‘yinda raqib to‘pni mustahkam egallab turganda, to‘pni olib qo‘yishga, raqibni ushlab olish, ushlab turish, tortish, urilish, itarish, oyog‘ini chalish, darvozabon maydonchasiga siqib qo‘yish man etiladi. Qo‘pol va sportga xos bo‘lmagan harakat qilib intizomni buzganligi uchun 2 yoki 5 minut davomida maydondan chiqariladi. 3 marta qoida buzarlikka yo‘l qo‘yilsa o‘yin oxirigacha maydondan chiqarib yuboriladi. Agar ikkala jamoa o‘yinchilari bir vaqtda xatolikka yo‘l qo‘ysa yoki o‘yin qandaydir sababga ko‘ra to‘xtatilgan bo‘lsa munozarali to‘p tashlash belgilanadi. Qo‘l to‘pi o‘yinida maydonda 10 ta o‘yinchi 2 ta darvozabon jamoani tashkil etadi. O‘yin boshlanishida o‘yin maydonida 6 ta o‘yinchi va 1ta darvozabon har qaysi jamoada bo‘ladi. Boshqa o‘yinchilar maydondan tashqarida, zahirada bo‘lib, o‘yinchini almashtirish kerak bo‘lganda, maydondan chiqarilgan o‘yinchi o‘rniga boshqa o‘yinchi maydonga tushiriladi. O‘yinchi almashtirishda o‘yin vaqti to‘xtatilmaydi.






Download 402,08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 402,08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. BOB. QO‘L TO‘PI O’YININING KELIB CHIQISHI VA TARIXI

Download 402,08 Kb.