• MUNDAREJA
  • II. BOB
  • Sport faoliyati




    Download 402,08 Kb.
    bet1/10
    Sana18.06.2024
    Hajmi402,08 Kb.
    #264209
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    gulchiroy


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
    O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    FARG’ONA KO’P TARMOQLI TEXNIKUMI “SPORT FAOLIYATI” 09/21-GURUH TALABASI RAHIMOVA FAZILATNING BITIRUV MALAKAVIY ISH MAVZU: O`ZBEK MILLIY XALQ HARAKATLI O`YINLARNI TASHKIL ETISH VA O`TKAZISH USLUBIYATI.

    Farg’ona – 2023



    MUNDAREJA :


    Kirish
    I. BOB. QO‘L TO‘PI O’YININING KELIB CHIQISHI VA TARIXI
    1.1 Qo'l to'pi o'yinining kelib chiqishi va o'yin taktikasi
    1.2 Qo‘l to‘pi o‘yini maydoni o‘lchamlari

    II. BOB QO‘L TO‘PI 0‘YININING TEXNIKASI



    2.1 Hujum va himoya texnikasining tasniflanishi
    2.2. Himoya o‘yin texnikasi
    III.BOB Xalqaro gandbol federasiyasi
    3.1. Xalqaro gandbol federatsiyasi prezidentlari
    3.2. Respublikamizda qo‘l to‘pining rivojlanishi
    3.3 O‘zbekistonda qo‘l to‘pi chempionati g‘oliblari
    Umumiy xulosa
    Mexnat muxofazasi va texnika xafsizligi
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    Gandbol (inglizcha: Handball; hand — „qoʻl“, ball — „toʻp“) yoki qoʻl toʻpi sport oʻyini. 19-asr oxirida Yevropada paydo boʻlgan.Qoʻl toʻpiga 1898 yilda asos solingan deb hisoblanadi. Ordrupe shahridagi gimnaziyalardan birining oʻqituvchisi Xolger Nilson futboldan farq qiladigan. Qizlar uchun ham mos keladigan oʻyinni yaratdi. Toʻpni uzatish va otish qoʻl bilan bajarilishini taklif qildi va bu oʻyinga “Xandbol” deb nom berdi. Bu oʻyin katta futbol maydonida oʻynalishi, bu maydon oʻyinchilarida katta jismoniy tayyorgarlik talab qilardi. Oʻyinda 10ta oʻyinchi va 1ta darbazobon ishtirok etadi. Bir paytning oʻzida 11:11 va 7:7 oʻyin variantlari oʻynaladi. 1904 yili birinchi boʻlib Daniya qoʻl toʻpi federatsiyasi tashkil topdi. 1906 yili Kopengagen shahrida qoʻl toʻpi oʻyininig dastlabki qoidalari nashr etiladi. Ushbu qodalar muallifi X. Nilson hisoblanadi. Qoʻl toʻpi oʻyini tezda butun jahonga tarqab ketdi. Ovropa mamlakatlarida qoʻl toʻpining rivojlanishi natijasida 1928 yilda Umumjahon havaskorlar gandbol federatsiyasi tashkil topdi va shu yili Pragada xotin - qizlar oʻrtasida turnir oʻtkazildi. 1934 yilda birinchi xalqaro qoʻl toʻpi musobaqa qoidalari ishlab chiqildi. 1936 yilda oʻtkazilgan Olimpiada oʻyinlarida qoʻl toʻpi oʻyinini 11: 11 varianti boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. 1938 yili bir paytning oʻzida Germaniyada 11:11 va 7:7 variantlari boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. 1950 yildan boshlab qoʻl toʻpini 7:7 varianti oʻynab kelinmoqda. Qoʻl toʻpi boʻyicha erkaklar oʻrtasida 1- jahon chempioanati 1970 yilda oʻtkazilgan boʻlib, 1- oʻrinni Ruminiya, 2- oʻrinni GDR, 3- oʻrinni YUgoslaviya terma jamoalari egallaladilar. Ayollar oʻrtasida 1- jahon chempionati 1971 yilda oʻtkazilgan boʻlib, 1- oʻrinni GDR, 2- oʻrinni YUgoslaviya, 3- oʻrinni sobiq ittifoq terma jamoalari egallagan. 1972 yil Myunxenda oʻtkazilgan XX Olimpiada oʻyinlarida qoʻl toʻpi erkaklar oʻrtasida dasturga kiritildi. 1- oʻrinni YUgoslaviya, 2- oʻrinni sobiq ittifoq , 3- oʻrinni Ruminiya terma jamoalari egalladi. 1976 yilda oʻtkazilgan Monreal Olimpiada oʻyinlar dasturiga ayollar oʻrtasida qoʻl toʻpi musobaqalari kiritildi. 1-oʻrinni sobiq ittifoq , 2- oʻrinni GDR, 3- oʻrinni Vengriya terma jamoalari egalladi. Xozirgi kunda Xalqaro qoʻl toʻpi federatsiyasiga 123 davlat a‟zo boʻlib, jami 7 milliondan ortiq kishi qoʻl toʻpi bilan shug‘ullanadi. SHu jumladan, 1,4 million shug‘ullanuvchi MDH mamlakatlari qoʻl toʻpi ixlosmandlaridi . Daniyalik Holger Nielsen ixtiro etgan (1898). Gandbol uchun kattaligi 40x20 m li maydon kerak; ogʻirligi 325-475 g, aylanasi 54-58 sm boʻlgan charm toʻp bilan oʻynaladi. Maydonning ikki tomonida eni 3 m, balandligi 2 m boʻlgan darvozalar oʻrnatiladi. Har bir jamoada 7 yoki 11 oʻyinchi qatnashadi. Oʻyinchi toʻp bilan faqat 3 qadam qoʻyishi va uni qoʻlida 3 soniyagacha tutib turishi mumkin. Oʻyin 2 boʻlimdan iborat boʻlib, erkaklar musobaqasi 1 soat, ayollar musobaqasi 50 daqiqa davom etadi. Xalqaro gandbol federatsiyasiga (inglizcha: International Handball Federation, qisqartmasi IHF; 1946-yil 12-iyulda asos solingan) 106 mamlakat aʼzo. 1972-yildan erkaklar, 1976-yildan ayollar gandboli Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1938-yildan erkaklar oʻrtasida, 1956-yildan ayollar oʻrtasida jahon birinchiligi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda gandbol 1923–1924-yillarda paydo boʻlib, birinchi musobaqa 1926-yilda Toshkentda oʻtkazilgan. 1991-yil Oʻzbekiston Respublikasi gandbol federatsiyasi tuzildi. Respublikaning barcha viloyatlarida gandbol boʻyicha bolalar sport maktablari, erkaklar, ayollar va bolalar jamoalari bor. 1991-yildan Oʻzbekistan chempionata muntazam oʻtkaziladi.Oʻzbekiston gandbolchilari terma jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-oʻrinni egalladi va Germaniyada oʻtkazilgan jahon birinchiligi musobaqalarida qatnashdi (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozlari F. Abdurahmonov, V. Kaplinskiy, xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Olimpiya oʻyinlari va jahon chempioni M. Vasilyev, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni S. Zemlyanova, sport ustalari A. Abzalova, Olga Abdulla va boshqalarning gandbol rivojlanishida katta hissasi bor.


    Download 402,08 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 402,08 Kb.