Sport faoliyati




Download 402,08 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2024
Hajmi402,08 Kb.
#264209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
gulchiroy

Umumiy Xulosa:
Men bu bitiruv malakaviy ishni yozish mobaynida xalq milliy o'yinlari, jumladan, o'zbek milliy o'yinlari barcha xalq-elatlar kashfiyotlari kabi (musiqa, kulolchilik, gilam to'qish asboblari, ashula va raqs, ertak va h.k.) insoniyat tarixining turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarida taraqqiy etgan o'ziga xos etno va 46 ffloontogenetik xususiyatlar asosida “ixtiro” qilingan va shakllanib kelganini bilib oldim. Respublikamizning turli mintaqalarida xalq harakatli o'yinlari aholining turli yosh va qatlamlari o'rtasida azaldan rivojlanib kelgan bo'lsada, “oq” va “qizil” imperiyalar davrida ushbu o'yinlarning ommalashuvi nihoyatda chegaralangan edi. O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgach xalq milliy harakaitli o'yinlari millatimiz qadriyatlari sifatida qayta tiklana boshlandi va hozirgi kunda nafaqat xalqimizning eng sevimli mashg'ulotiga aylandi, balki barcha ta’lim muassasalari o'quv rejalariga to'laqonli fan sifatida kiritilgan. Ammo, shuni ham ta’kidlash zarurki, xalq milliy harakatli o'yinlarining ilmiy-uslubiy asoslari, ularning psixofunksional mohiyati, jismoniy sifatlar va sport mahoratini shakllantirishdagi ahamiyati hamda qiymati hali deyarli o'rganilmagan.O'zbek xalq o'yinlari xalqning o'ziga xos urf-odatlaridan, turmush sharoitidan, yashash iqlimi, tarixiy obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo'lib, shularga yarasha jinsiga, yoshiga, salomatligiga ko'ra qo'llanilgan. Lekin shu vaqtgacha aksariyat mutaxassislar o'zbek xalq o'yinlariga alohida tasnif (klassifikatsiya) va tavsif (xarakteristika) berishni ko'zda tutmaganlar yoki yetarli darajada ahamiyat bermaganlar. Ta’kidlash joizki, agar shunday tasnif va tavsif berilsa, o'zbek xalq o'yinlari va umuman harakatli o'yinlar ancha yutuqqa ega bo'lar edi. Chunki har bir o'yinni tasnifini va tavsifini bilgan holdagina undan foydalanish zaruriyati ham, joyi ham to'g'ri belgilanadi. Ma’lumki, o'zbek xalq o'yinlari o'z ichiga harakat jihatdan har xil jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo'naltirilgan o'yinlarni qamrab olgan. Shu bois ularni yo'nalishlar bo'yicha ajrata bilish zarur deb topiladi. Balki shu yaxshidir. Shu bilan birga men bitiruv malakaviy ishimni tayyorlash mobaynida juda ko‘p qiziqarli ma‘lumotlarga ega bo‘ldim va men tayyorlagan ishimdan juda ham mamnunman.

Download 402,08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 402,08 Kb.