Qo‘l to‘pi o‘yini maydoni o‘lchamlari




Download 402,08 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2024
Hajmi402,08 Kb.
#264209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
gulchiroy

1.2 Qo‘l to‘pi o‘yini maydoni o‘lchamlari
O'yinni tanlash. Yaxshi tanlangan o'yin ta’lim va tarbiya muvaffaqiyatining muhim shartidir. O'qituvchi o'yinni o'tkazishga tayyorlanishda o'yinga qatnashuvchilarniiig tarkibini, yosh xususiyatlarini, shuningdek, jismoniy tayyorgarlijgini hisobga olib, darsning asosiy vazifalarini belgilashi zarur. Ba’zah yaxshi o'yin tanlansada, lekin u yomon o'tishi mumkin. Bunday hollar tanlangan o'yin ishtirokchilarining qiziqishi va havaslariga mos kelmasligi natijasida ro'y beradi va tarbiyaviy vazifalar amalga oshmaydi. O'qituvchi o'yinni tanlashda mashg'ulot qanday shaklda o'tkazilishini bilishi kerak. O'yin o'tkaziladigan joy (sport zali yoki maydoncha, koridor va h.k.), obhavo va harorat hisobga olinishi kerak. Agar o'yin qishda o'tkaziladigan bo'lsa, o'quvchilarni faollashtiradigan va jismoniy yuklamalarni bir tekisda taqsimlaydigan serharakatroq o'yinlar tanlanishi kerak. Avvalo, kerakli asbob-uskunalar, masalan, arqondan, jundan, lentadan, rezinadan yasalgan koptokchalar (rezina koptokchalar yuqori haroratda tarangligini yo'qotmasligi uchun salqin joyda saqlanadi), voleybol va basketbol to'plari, irg'itish uchun uzunligi 1 m tayoqlar, arqon, belbog'lar, bayroqchalar, taxtachalar, bolg'a, aptechka va boshqalar, ko'z og'rig'i kasalidan saqlanish uchun har bir o'quvchining ko'z boylagichi bo'lishi kerak.O'yin o'tkaziladigan maydoncha, yaylov tekis bo'lishi, tikan, toshlar, shisha siniqlari va boshqa keraksiz narsalardan tozalanib, toza tutilishi lozim.Mashg'ulot o'tkazilayotgan paytda maydonchada begona kishilar bo'lmasligi kerak. Chunki ular bolalarning xayolini bo'ladi va ularni o'yindan chalg'itib, ortiqcha harakatlar bo'lishiga majbur etadi. Maydonchani asbob-uskunalar bilan ta’minlash, bundan tashqari u yerdagi tabiiy buyum va narsalardan ham foydalanish zarur. 0`yinlarni o‘tkazishda quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilinishi lozim:
a) o'yin paytida kiyiladigan kiyim harakatlami qiyinlashtirmaydigan, yengil bo'lishi kerak; b) yozda o'yindan so‘ng yuvinish joyi bo'lish, o'yin boshlanishidan oldin maydonchaga suv sepilishi lozim.O'yinlar suvda o'tkazilsa, o'ynovchilar shamollab qolmasligi uchun ulaming suvda bo'ladigan vaqti chegaralanishi kerak. Yordamchilar tayinlash O'qituvchi asbob-uskunalami tarqatish va o'igatish, o'yin qoidalarining bajarilishini kuzatish va natijalami hisobga olib borish uchun o'ziga yordamchilar tanlab olishi mumkin. Yordamchi — o'yinning bo'lajak tashkilotchisidir. Yordamchi o'yin ishtirokchilariga xolisona munosabatda bo'lishi kerak. Keng joylarda o'ynaladigan o'yinlarni o'tkazishda shu o'yinlar bo'yicha tajriba orttirgan o'quvchilaming o'qituvchiga yordamchi bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Sog'ligi yaxshi bo'lmagan va jismoniy tarbiya darsidan ozod etiladigan o'quvcMami o'yinda kuchi yetgancha qatnashtirish uchun ham yordamchi qilib tayinlash mumkin. Ba’zan intizomsizroq yoki haddan tashqari faol bolalarning xulqini yaxshilash maqsadida ularni ham o'qituvchiga yordamchi qilib olish mumkin. O'yinni bolalar charchashini kutmasdan, harakatlar ularga qanchalik ta’sir etayotganiga qarab yakunlash lozim. O'yinning qancha vaqt davom etishi ishtirokchilarning soni va yoshiga, o'yinning mazmuni va sur’atiga, texnik uskunalaming (asboblarning) miqdori, ob-havo sharoiti va hokazolarga bog'liq bo'ladi. O'ynovchilaming jo'shqin holatlariga qarab o'yinni tartibga solish va boshqarish, uning maqsadi, qoidalari va ahamiyatini bilish kerak. O'quvchilaming o'yin qoidalariga rioya qilishi doimo o'qituvchining diqqat markazida bo'lishi lozim. Chunki o'yin qoidalariga rioya qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. O'qituvchi odilona hakamlik namunasini ko'rsatishi, o'ynovchilaming xatolarini shoshilmasdan va mulohazakorlik bilan qayd qilib borishi va har bir o'yinchini umumiy qoidalarga bo'ysunishiga majbur qilishi kerak. O'yinda, ayniqsa, guruhli o'yinlarda, sharoitni barcha ishtirokchilar uchun bir xil bo'lishini 90 sezgirlik bilan kuzatib borish zarur. Har bir bolaga o'yindagi bosh rolda o‘z o‘quvi va bilimlarini aniqlash imkonini berish maqsadida onaboshilarning almashinuvini belgilab qo'yish tavsiya etiladi. O'yin muvaffaqiyatli o'tishining eng muhim sharti — intizom va unga qat’iy amal qilinishi bilan bog'liqdir. O'yinni o'rganish va o'yin paytida bolalar o'zlarini qanday tutishlari ko'proq rahbarga bog'liqdir. O'yin shartli ishora (buyurish, xushtak yoki qarsak chalish, qo'l yoki bayroqchani silkitish) bilan boshlanadi. O'qituvchi barcha ishtirokchilar o'yin mazmunini tushunib olganiga va qulayroq joyga joylashib olganiga qanoat hosil qilganidan keyin o'yinni boshlaydi. Shartli chegaralar oldindan belgilab qo'yilishi, o'yin uchun zarur anjomlar o'yin qoidalariga muvoflq bo'lib berilgan va joy-joyiga qo'yilgan bo'lishi lozim. Rahbar o'yin boshlanishi bilanoq uning borishini va o'ynovchilarning harakatlarini diqqat bilan kuzatadi hamda boshqarib boradi. Bundan tashqari o'yin davomida ayrim qoida va usullami qo'shimcha ravishda tushuntiradi. Tuzatish, tanbeh va mulohazalarni o'yinning borishiga xalaqit bermaydigan yoki uni to'xtatib qo'ymaydigan yo'sinda aytish lozim. Agar o'yinchilarning ko'pchiligi bir xil xatoga yo'l qo'yayotgan bo'Isa, tegishli yo'l-yo'riq berish yoki o'yin qoidalari qanday bajarilishini ko'rsatish uchun o'yinni to'xtatish mumkin. Lekin uni baqirish yoki keskin ishora bilan to'xtatish yaramaydi. Katta maktab yoshidagi bolalami “Diqqat!” degan shartli ishora yoki hushtak chalish bilan to'xtashga o'rgatish lozim. O'qituvchi bolalarni o'yin qoidalarini ongli va aniq bajarishga odatlantirishi kerak. Bu odat ulami intizomga o'rgatishda katta ahamiyatga ega bo'lib, bolalarda o'z burchini sezish va o'z xattiharakatlari uchun javobgarlik hissini tarbiyalash, o'zini tuta bilish va matonatlilikni o'stirishda yordam beradi. O'qituvchining vazifasi — o'quvchilardan o'yin qoidalarini aniq bajarishni talab qilishdir. Ammo u bolalar o'yinni yomon o'zlashtirayotgani uchun ularni o'yindan chetlashtirmasligi darkor. O'ynovchilar yo'l qo'yadigan xatolar va qo'polliklarning oldini olishga alohida ahamiyat bilan qarash lozim. Qo'pollik qilgan o'yinchini, albatta, jazolash kerak. Bunday hollarda ba’zi ta’sir ko'rsatish choralarini qo'llash, ya’ni vaqtincha o'yindan chiqarib yuborish, jarima ochkolari berish mumkin. О‘yinga rahbarlik qilishda o'quvchilarni faqat erishiladigan natijalarga qiziqtirish bilan cheklanmaslik, balki ularda o'yin jarayonining o'zidan zavq-shavq hosil qilishga, lazzatlanish hissini vujudga keltirishga ham jiddiy e’tibor berish lozim. 'Ayniqsa, uncha faollik ko'rsatmaydigan o'yinchilarning j tashabbusini qo‘llab-quwatlash, rag‘batlantirish va bu bilan ularda o‘z kuchlariga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi. O'ynovchilar o'rtasida o'rtoqlarcha, to'g'ri munosabat; o'rnatishga harakat qilish, g'oliblaming kekkayib ketishlari va( yutqazganlaming o'yindan sovishlariga yo‘l qo'ymaslik kerak. AS. Makarenkoning o'g'il yoki qiz bolani o'zining shaxsiy muvaffaqiyati bilangina emas, balki xususan o'z jamoasi yoki tashkilotining muvaffaqiyatlari bilan ham faxrlanish ruhida; tarbiyalash zarurligi haqida aytgan gaplarini hech qachon unutmaslik kerak. Shuningdek, bolalarda har qanday maqtanchoqlikni bartaraf etish, raqib kuchiga hurmat-e’tibomi tarbiyalash, ularga uyushqoqlik, mashq qilish va jamoada intizom bo'lishining ahamiyatini tushuntirish zarur. Nihoyat, bolalarning o'z muvaffaqiyatlari va mag'lubiyatlariga jiddiy munosabatda bo'lishiga erishish kerak. O'quvchilar o'yinni yaxshilab o'zlashtirib olishlari uchun uni bir necha marta qaytarish, bunda ular o'yindan qanchalik mamnun bo'lsalar, uni shunchalik puxta eslab qolishlarini unutmaslik kerak. O'yindagi intizomlilik o'quvchi o'yinning barcha tartib-qoidalarini, o'z zimmasiga yuklangan hamma vazifalarni ongli va vijdonan bajarishini bildiradi. Bunday o'yinchi maqsadga erishish uchun o'z jamoasi bilan birgalikda harakat qiladi. Ongli intizom o'yinni yaxshiroq o'zlashtirishga, o'yinchilar kayfiyatining yaxshilanishiga yordam beradi. Buning natijasida mashg'ulotlar qiziqarli va samarali o'tadi. O'quvchilarni o'yinda o'z xatti-harakatlariga tanqidiy munosabatda bo'lish, bir-birlariga beg'araz yordam berish ruhida tarbiyalash bilan ana shunday intizomga erishish mumkin. Ba’zan o'qituvchi o'yinni mantiqan to'g'ri va aniq tushuntirib bera olmagani sababli, o'yin intizomi buziladi. O'quvchilar o'yin mazmunini yetarli darajada anglab olmagani, tushunmagani uchun ham qoidalarni buzadilar, o'zaro bahslashadilar. O'yinda har xil xatoliklarga yo‘1 qo'yadilar va bir-birlariga qo'pollik qiladilarBolalarning o‘yin paytidagi intizomi o'yinga to'g'ri rahbarlik qilishga ham bog'liq bo'ladi. Shuning uchun intizom buzilganda o'qituvchi buning sababini birinchi galda o'yinga rahbarlik qilishda yo'l qo'yilgan xatolardan qidirishi lozim. Har bir o'yin obyektiv va odilona hakamlikni talab qiladi. Agar belgilangan qoidalarning bajarilishini diqqat bilan jiddiy kuzatilmasa, o'yin | o'zining ta’lim-tarbiyaviy qimmatini yo'qotadi. Hakamlikni ko'piricha, o'yin rahbarining o'zi bajaradi. Ammo bu ishni o'ynovchilardan birortasi (bolalarning o'zlari saylagan yoki o'qituvchi tayinlagan o'quvchi) bajargani ma’qulroq. Bu tadbir bolalarda tashkilotchilik malakalarini tarbiyalashda yordam beradi. Agar o'yinda bolalardan birortasi hakamlik qilsa, rahbar o'zining fikrmulohazalarini o'ynovchilarga hakamlik vazifasini bajarayotgan o'quvchi orqali aytadi. Rahbar — hakam o'yinning borishini diqqat bilan kuzatishi va imkoni boricha har bir o'yinchini nazorat qilib turishi lozim. Faqat shundagina o'yinning natijasiga obyektiv baho berish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, xolis turmagan hakamga o'ynovchilar ishonmay, u bilan hisoblashmay qo'yadilar. Bunday hakamning obro'si qolmaydi. Rahbar — hakam jamoalarning kuchi va ulardagi o'yinchilar soni teng bo'lishini, shuningdek, ishtirokchilar uchun bir xil sharoit yaratilishini, ya’ni ular o'ynaladigan joy, asbob-uskunalar va boshqalar bilan bir xil ta’minlanishini hisobga olishi lozim. Hakam o'yinda qo'polliklarga yo'l qo'ymasligi, o'yin usullarining to'g'ri bajarilishini kuzatib turishi, o'yindagi harakatlami takomillashtirishga va chaqqonlikni orttirishga e’tibor berishi kerak. Hakam o'yin jarayonida tarbiyachi rolini ham bajarishi, bolalarga kelgusida zarur bo'ladigan xislatlar va malakalami shakllantirishi hamda mustahkamlashi kerak. O'yinda bajariladigan harakatlarni to'g'ri me’yorlash o'qituvchining muhim vazifasidir. O'yinni o'tkazishga kirishishdan oldin qilinadigan ishning rejasi va o'ynovchilaming kayfiyatini hisobgn 93 olish lozim. Agar o‘yin jismoniy yoki aqliy kuch sarflangan,darslardan (nazorat ishini yozish yoki shu kabi boshqa Imashg'ulotlardan) keyin o'tkaziladigan bo‘lsa, o'ynovchilar kamroq yoki o'rtacha shiddatga ega o'yinlarni tanlashi kerak. Mashg'ulot paytida o'yinlarning tezligi — umumiy harakatchanligini hisobga olib, ularni o'zaro navbatlashtirib turish lozim. Masalan, hamma ishtirokchilar bir vaqtda yuguradigan o'yindan keyin to'p irg'itiladigan o'yinni o'tkazish foydalidir. O'yin sur’atini pasaytirish, ya’ni o'yindagi harakat tezligini kamaytirish o'yindagi harakatlami muayyan me’yorda olib borish o'yinni boshqarish usullaridan biri hisoblanadi. O'yinda bolalar jismoniy mashqlarni bajarishda qattiq hayajonlanib ketadilar. Shunitig uchun o'qituvchi ularning kayfiyatiga qarab ish tutmasligi: o'quvchilaming yosh xususiyatlarini, tayyorgarligi va salomatligini ham hisobga olishi shart. O'qituvchi onaboshilarning holati va harakatlarini alohida kuzatib borishi, shifokoming har bir o'quvchi haqidagi ma’lumotlarini ham unutmasligi lozim. Qilinadigan harakatlaming muayyan me’yori o'yin o'tkaziladigan sharoitlami hisobga olib, uni o'tkazish metodikasi bilan belgilanadi. O'yinni besabab cho'zib yuborish mumkin emasligi kabi uni belgilangan vaqtdan oldin tamomlash maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Rahbar o'yinni bolalar bir necha marta takrorlagach yoki o'yin boshlanganidan ma’lum vaqt o'tgachgina to'xtatishi mumkin. 0 ‘yin natijalarini yakunlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. O'qituvchi o'yin tugagach ayrim o'quvchilaming harakatlarini va umuman o'tkazilgan o'yinni baholab, uning natijalarini yakunlaydi. Bunda yaxshi o'ynagan va o'yin qoidalariga rioya qilgan bolalarni alohida ta’kidlash zarur. O'yinni tahlil qilish uning qoidalarini yaxshiroq o'zlashtirishga va o'yin jarayonidagi kelishmovchiliklarni bartaraf qilishga yordam beradi, shuningdek, o'qituvchiga bolalar o'yinni qanday o'zlashtirganini, ularga nimalar ma’qul bo'lganini va kelgusidagi ishlarni aniqlash imkonini beradi. Harakatli o'yinlar uchun kundalik ish daftarchasi tutish foydalidir. O'qituvchi bu daftarchaga o'yinlarni kuzatishda o'yinchilar haqidagi ma’lumotlami yozib boradi va shu yozuvlar orqali ularning xatolari va muvaffaqiyatlarini tahlil qiladi. Bu ish o'yinlarga o'rgatish metodikasini yaxshilash va uni sharoitlarga qarab o'zgartirish imkonini beradi.

Download 402,08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 402,08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qo‘l to‘pi o‘yini maydoni o‘lchamlari

Download 402,08 Kb.