III.BOB O`ZBEK XALQINING MILLIY HARAKATLI O`YINLARI ULARNING PEDAGOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI




Download 402,08 Kb.
bet7/10
Sana18.06.2024
Hajmi402,08 Kb.
#264209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
gulchiroy

III.BOB O`ZBEK XALQINING MILLIY HARAKATLI O`YINLARI ULARNING PEDAGOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
3.1 Sharq allomalari xalq o‘yinlari haqida


O'zbek xalq o'yinlarining paydo bo'lishi va taraqqiyotini o'rganishda sharqning buyuk mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg'ariy, Kaykovus, Umar Xayyom, Amir Temur, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zayniddin Mahmud Vosifiy va boshqa tabarruk zotlar qoldirgan moddiy va ma’naviy meroslarni tadqiq qilish, ularni jismoniy, madaniy nazariyasi hamda amaliyotga tatbiq etish o'z yechimini kutayotgan dolzarb muammodir. Ushbu bobda taniqli allomalarimizning kelgusi avlodlar uchun fan va madaniyat sohasida ibrat boladigan ma’rifiy saboqlari haqida muxtasar hikoya qilamiz. MAHMUD QOSHG‘ARIY Ma’lumki, har bir xalqning ulug' farzandlari o'z xalqining urfodatlarini, yashash tamoyillarini, tarixini puxta o'rganib, kelajak istiqbollarini ham ko'ra bilganlar. O'zbek xalq o'yinlari tarixida birinchi marta milliy o'yin namunalarining bayon etilishi, ulaming ta’rifi-tavsifi qomusiy allomalardan biri Mahmud Qoshg'ariy qalamiga mansubdir. U 12Н.ХЛзизов. "БелбоглиТуркистонкураши". Тошкент, Укитувчи, 1998, 7-8 бетлар ; 24 bundan 1000 yil burun, 6 yil mobaynida Turkistondan Termizgacha, Xazar va Orol sohillaridan Tangritog‘ etaklarigacha bo'lgan hududda yashagan turkman, o‘g‘iz, chigil, yag'mo, qirg'iz va boshqa turkiyzabon xalqlaming tarixi, o'lkalar jug'rofiyasi, urug‘, qabila, clatlarning til xususiyatlari, yozma va og'zaki adabiyoti, ko'chmanchi tuyakashlar, yilqichilar, cho'ponlar, o'troq dehqonlar, bog'bon va kosiblaming tirikchilik usullari, so‘z talaffuzlari va turli so‘z atamalarini teran o'rganib, ,,Devon-u-lug‘atit turk“, ya’ni „Turkiy so‘zlar devoni“ni tuzib chiqdi. O'z xalqi, vatanini sevgan, uning tili va madaniy-ma’naviy boyliklarini qadrlagan Mahmud Qoshg‘ariy turli qabila-urug'laming bayramlari, tantanalari, urfodatlari, rasm-rusumlari, kundalik mashg'ulotlari, qo'shiq va o'yinlari, diniy e’tiqodlari bilan astoydil qiziqib, bu benazir qadriyatlarning barchasini kelajak avlodlarga qimmatli meros sifatida yozib qoldirdi. Devonda 150 ga yaqin xalq o'yinlari tilga olinib, shulardan 20 taga yaqin o'yin turiga batafsil ta’rif berilgan. Olim kattalar va bolalarning yosh jihatlariga nisbatan mos bo'lgan o'yin turlariga alohida to'xtalib, musobaqa turlarini bayon qiladi. U o'yinlami diqqat bilan o'rganib, ham jismoniy, ham aqliy mashg'ulotlarga ajratgan. Shundan bilsa bo'ladiki, hozirgi zamonaviy sport o'yinlarining juda ko'pchiligi o'sha davrlardayoq, ya’ni XI asrda ham mavjud bo'lgan ekan. Hozirgi paytda biz „Sport musobaqalari" deb ishlatib yurgan ibora Mahmud Qoshg'ariy devonida ,,bahs“ atamasi bilan berilgan. Bunday ,,bahs“laming turlari ko'p bo'lganligi ham bayon qilingan. Masalan, mexganlikda bahs qilmoq, o'q-yoy otib, qush va hayvonlami ovlamoq, shuningdek, arqon, taxtali sopqonlarda tosh otmoq, balandga ilib qo'yilgan qovoqni mo'ljalga olib otmoq bahsi. Bu „Oltin qovoq" o'yini deb atalgan. Devonda bunday bahslarning qoida va shartlari, usullari, g'oliblarga beriladigan sovrinlar, zaruriy asbob-anjomlar, maxsus atamalar batafsil bayon etilgan. Ma’lumki, chavgon — O'rta Osiyo xalqlarining juda qadimgi hamda sevimli ot sporti o'yinlaridan biri hisoblanadi. Chim ustida xokkey o'yini qadimda yigitlar ot ustida uzun, uchi egri, yapaloq „klushka" bilan o'ynalgan o'yinning hozirgi ko'rinishidir. Mahmud Qoshg'ariy chavgon o'yinining o'ziga xos qoidalari, maydonning o'lchami va chegarasi ta’rifi, darvozalar, koptokning o'lchami, katta-kichikligi, nimadan tayyorlanishi va boshqa xususiyatlarini to'liq bayon qilib beradi. Shuning o'zi ham, chavgon o'yini yigitlaming balog'at yoshiga yetib, otda yurganda 25 o'zini bemalol his qilib, tuta bilish, uning ustida chaqqonlik va bilak kuchi bilan xilma-xil harakatlar qilishga tayyorlaydigan milliy sport turi ekanligini ko'rsatib turibdi. Ayniqsa, chavgon o'yini el-yurt mudofaasida zaruriy jismoniy mashqlardan biri bo‘lganligi uchun ham, o'yin g'olibiga beriladigan sovrinlarning darajasiga alohida to‘xtalib o‘tadi. Shuningdek, devonda o‘sha davrda otda poyga chopish, quvlashish, tez yo‘rtib yurish, toqqa chiqish, pastlikka tushish kabi ,,bahs“lar bayoni ham keltirilgan. Suvda o‘tkaziladigan musobaqalar ham alohida diqqatga sazovordir. Suv mashqlaridan biri bo'lgan g'owoslik juda qadimiy kasblardan biri bo'lib, devonda suv bahslarining ikki turi uchraydi: birinchisi — suvda cho'milish, sho‘ng‘ish, suvdan suzib o'tish, suv kechish, suvda quvlashmoq, suvga biron narsani, masalan, suvda cho‘kmaydigan yog'och, biror ashyoni tashlamoq; ikkinchisi — ermak, ko'ngil ochish mashg'ulotlari ma’nosidagi o'yinlardir. Bular: suv yoki sut simirmoq, suv ustida yalpoq toshni kim o'zarga otmoq, ya’ni bahslashmoq. Hozirgi paytda bolalar buni „qaymoq" o'yini deb o'ynashadi. O'yinda toshning suvga necha marta tegib sakrab „qaymoq" hosil qilishini e’tiborga olinadi va kim ko'p „qaymoq" hosil qilsa, o'sha g'olib sanaladi. Devonda bolalar o'yinlarining turi ko'p uchraydi. Ularning ba’zilari yo'l-yo'lakay sanab o'tilgan bo'lsa, ba’zi-bir o'yinlar tafsiloti bilan keltirilgan. Masalan: bolalarning qorong'ida kelib „kurgon" olishlari — „Ko'ragumi" deyilsa, bir to'daning ikkinchi to'dani chaqqonlik bilan asir olishlari „Bandol" deb atalgan. Shuningdek, „Jangli-mangli" degan o'yin turi ham bor. Oshiq o'yini, to'p o'yini, cho'pon bolalar o'yinlari, chillak o'yinlari, qizlarning arg'imchoq o'yinlari ham birma-bir sanab o'tilgan. O'sha davrdagi ko'pgina o'yinlar bolalarning hozirgi davrdagi o'yinlarini eslatadi. Masalan, ,,0'tish-o‘tish" deb atalgan o'yin „Kesak kuydi", „Darra soldi”, „Musht ketdi" o'yinlariga o'xshab ketadi. Amudaryo va Sirdaryo sohillarida, Orol etaklarida, shuningdek, yaqin joylardagi soylar, anhorlar, hovuzlar va ko'l bo'ylarida bolalarning „Muguzmuguz" nomli qadimiy o'yini o'ynalgan. Devonda „Oqsuyak" o'yini misol tariqasida keltiriladi. Alisher Navoiy ham o'zining „Mahbub ul-qulub“ asarida „Oqsuyak" o'yinining ta’rifini beradi. Mahmud Qoshg'ariy devoni XI asrda bitilgan bo'lsa, Alisher Navoiyning „Mahbub ul-qulub“ asari XV asrda yozilgan. Hozirgi paytda ham bolalar „Oqsuyak" o'yinini xuddi o'sha qoida asosida o'ynaydilar. 26 „Oqsuyak" o‘yini nafaqat O'rta Osiyoda, balki yer kurrasining ko'p joylarida keng tarqalgan. Bu o'yinni Yevropaning Skandinaviya mamlakatlari xalqlari etnografiyasiga oid adabiyotlarda o'qish mumkin. Hattoki, ushbu o'yin Avstraliyada ham uchraydi. Aslida, xalq o'yinlari hech qachon chegara bilmaydi. Aksincha, o'yinlar xalqlar, elatlar orasidagi o'zaro do'stlik, qon-qardoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. ABU ALIIBN SINO Jamiyatimizda ma’naviy poklanish va sog'lom axloqiy muhitni shakllantirish uchun uzoq o'tmishimizni o'rganish, unut bo'layotgan bebaho merosimizni tiklash, ana shu tarixni yaratgan buyuk mutafakkirlaming ijodiy xazinasiga murojaat qilishimizga to'g'ri keladi. Ana shunday allomalardan biri — Abu Ali ibn Sino o'z davrining yetuk olimi sifatida mavjud fanlaming deyarli barchasi bilan to'liq shug'ullangan va ularga oid asarlar yaratgan qomusiy olimdir. Jahon ma’naviyat beshigini tebratgan Ibn Sino nafaqat mashhur shifokor, faylasuf, shoirgina bo'lib qolmasdan, balki xalq o'yinlariga doir g'oyatda rang-barang nodir meros qoldirgan. Alloma xalq o'yinlari haqida fikr yuritar ekan, u bu borada zamondoshlaridan farq qilib, har bir masalani keng, chuqur mushohada qiladi va muammolarni kuchli mantiq, hayotiy omillar zamirida, zukko aqli yordamida yechib beradi. Aynan shuning uchun uning ma’naviy durdonalari oradan qancha-qancha yillar o'tsa ham, insoniyatga abadul-abad xizmat qiladi. Insonning ma’naviy yetuk, jismonan barkamol bo'lishi yo'lida butun umrini baxsh etgan olim o'z asarlarida xalq o'yinlarining, ayniqsa, badantarbiyaning kishi uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotlab berdi. Uning serqirra ijodiy faoliyatidagi ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalari, ko'rsatmalari hamda maslahatlari ta’lim-tarbiya jarayonidagi pedagogik yo'nalishlarni aniqlashda, xalq o'yinlariga oid fikrlarini umumlashtirishda va ularni amaliyotga joriy qilishda nihoyatda qo'l keladi. Ibn Sino inson organizmini sog'lomlashtirish va kasallikni davolash nuqtayi nazaridan qarab, xalq o'yinlaridan biri bo'lgan badantarbiyani beshta asosiy qismga ajratadi, jumladan: 1. Tez harakatlar. 2. Nozik va yengil harakatlar. 3. Kuchliroq harakatlar. 4. O'ta kuchli harakatlar. 5. Gavda uchun maxsus harakatlar. 27 U badantarbiyaning tez harakatlar turiga quyidagilarni kiritadi, ular, asosan, milliy xalq o'yinlari yoki ularning ayrim unsurlarini ifodalaydi, masalan: — o'zaro tortishish; — musht bilan turtishish; — yoydan o‘q otish; — tez yiirish; — nayza otish; — yuqoridagi bir narsaga irg‘ib osilish; — bir oyoqda sakrash; — qilichbozlik; — nayzabozlik; — otda yurish; — ikki qo‘lni silkitish, bu vaqtda odam oyoq uchida turib, qo'llarini oldinga va orqaga cho'zib, tez harakat qiladi. Olim o'yin turlari va unsurlarini shunchaki sanab o'tmasdan, balki xalq donishmandligi asosida o'zining kuchli bilimi bilan ulami boyitdi, inson kamoloti uchun qaysi tarzda foydali ekanligini tushuntiradi.13 Ulug' hakim turli kasalliklarga chalingan bemorlami turli o'yinlar vositasi bilan davolashga alohida e’tibor bergan. U isitmadan holsizlangan, ko'krak va qorin to'sig'i kasalligidan zaiflashgan kishilarga, asab tizimining charchashidan kelib chiqqan parishonxotirlik, ishtaha bo'g'ilishi kabi kasalliklardan qiyna-layotganlarga o'yinlarning quyidagi nozik va yengil turlarini tavsiya qiladi: — arg'imchoqlarda uchish; — belanchaklarda tik holda, o'tirib yoki yotib uchish; — qayiq yoki kemalarda sayr qilish. Kuchliroq o'yinlardan esa: — ot va tuyaga minish; — kajava va aravalarga tushish. Xalq o'yinlarini kuchli turiga maydonda qilinadigan quyidagi harakatlami kiritadi: — kishi maydonning u chetidan bu chetiga tez harakat bilan borib, orqasi bilan qaytadi va har safar yurish masofasini maydonning o'rtasida turib qolganiga qadar kamaytira boradi; — kishining o'z soyasi bilan olishishi: — chapak chalish; — sakrash; 13„Tib qonuni ", Т., 92-bet. 28 — nayza uchi bilan sanchish; — katta va kichik kurralar bilan chavgon o‘yini; — koptoklami o'ynash; — kurash; — tosh ko'tarish; — quvlashish; — chopayotgan otni jilovidan tortib to'xtatish. Xalq o'yinlarining ajoyib bilimdoni bo'lgan Ibn Sino xalqimizning milliy sport turi bo'lgan milliy kurashimiz (Buxorocha va Farg'onacha) kurash turi haqida ham yetarlicha ma’lumot qoldirgan. „Kurashning turlari ham bir nechadir", — deydi u. Ulardan biri ikki kurashuvchining har biri o'z raqibining belbog'idan ushlab o'ziga tortadi, shu bilan birga, kurashuvchi o'z raqibidan qutulishning chorasini qiladi. Ikkinchisi esa uni qo'yib yubormaslikka harakat qiladi. Boshqa turi: ikki kurashuvchidan biri ikkala qo'li bilan ikkinchisini mahkam quchoqlab o'ziga tortadi va yerga ag'daradi, bu vaqtda birinchi kurashuvchining o'ng qo'li ostidan o'tkazishi kerak, kurashuvchilar goh gavdalarini tiklab, goh egiladilar. Kurash turlariga yana ko'krak bilan zarbani qaytarish, ikkinchi bor kishining bo'ynidan ushlab pastga egish, bir-birovining oyoqlarini o'z oyoqlari bilan chalkashtirib, chalib yoki oyoqlaij bilan ikkinchisining oyoqlarida turib qilinadigan va polvonlar ishlatadigan harakatlar ham kiradi.14 Badantarbiyaning birinchi turi „Gavda uchun maxsus harakatlar” hisoblanib, ularning har birida ma’lum darajada o'yin unsurlari mavjud, ya’ni: 1. Qo'l va oyoq harakatlari. 2. Ko'krak va nafas a’zolarining harakatlari. 3. Butun tanaga oid harakatlardir. G'iyosiddin Abdulfatx Umar ibn Ibrohim Xayyomiy Nishopuriy 1048-1132-yillarda yashab, ijod qilgan. U o'zidan keyingi avlodlarga juda boy she’riy va ilmiy meros qoldirib ketgan sharqning buyuk mutafakidrlaridan biridir. Umar Xayyomni ruboiynavis shoir sifatida butun dunyo biladi. Ammo u buyuk astronom, matematik, tarixchietnograf sifatida ham jahon madaniyati tarixida munosib mavqega ega. Uning „Navro'znoma" asari uzoq tariximizdan, Navro'z bayramining kelib chiqishi, shunga bog'liq ajdodlarimizning urfodatlari, rasm-rusumlari, an’analari va xalq o'yinlari haqida ham batafsil fikr yuritadi. U Quyosh taqvimi (kalendari)ni ishlab chiqqan bo'lib, bu taqvim hozir ham qo'Uanib kelinayotgan Grigoriy taqvimidan ko'ra mukammalroqdir. Shu taqvim bo'yicha qadimiy podshohlarning Navro'z kunini qanday belgilaganliklari va bayramni qay tarzda o'tkazganliklarini tarixiy dalillar bilan bayon qiladi. Hozirgi kunda o'tayotgan Navro'z bayrami bilan Umar Xayyom tasvirlayotgan davrdagi Navro'z bayrami orasida katta farq mavjud. Ilgari ham, 32 hozirgi kunda ham bayramlarda xalq o'yinlari keng ko'lamda o'tkazilgan. U ,,Navro‘z“da o'tkaziladigan xalq o‘yinlaridan qilichbozlik, tiyrandozlik, chavandozlik kabi odatlar haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Umar Xayyom Navro'zning joriy qilinishi sababini quyidagicha izohlaydi: „...Oftobning ikki otlanishi mavjud, ulardan biri quyidagicha: Oftob har uch yuz oltmish besh kecha-kunduzning to'rtdan birida Hamal buijining birinchi daqiqasiga chiqib ketgan paytining o'zida yana qaytib keladi va har yili bu davr kamaya boradi. Yoyning shaklini falak qismlaridan olganlar, chunki olimlar falak doirasining qismlarini, qavs, ya’ni yoy deganlar.' Qavsning bir uchini ikkinchi uchi bilan birlashtiruvchi to'g'ri chiziq — vatar, ya’ni kerish deyiladi, falak doirasining markazidan chiqib, qavs kengligining o‘rtasidan o'tadigan chiziqni saxm, ya’ni o‘q deydilar. Bir tomondan, yoy odamga ham o'xshaydi, chunki unda tomirlar, asab torlari, suyak, teri va go‘sht bor, kerish esa uning Joni“, chunki o‘q-yoyning ,,hayoti“ unga bog'liq. Yulduz ilmiga suyanib tasdiqlashlaricha, yoy sohiblari, agar mergan bo'lsalar va kamon otishga ko‘p vaqt ajratsalar, hech narsaga muhtoj bo‘lmaydilar. Har bir kishining g'alabasi uchun lozim qurol o‘q bo'lib, o‘qchilar bir bo‘lsa, qo‘shin g‘olib bo'ladi" (35-bet). Tibbiyot nuqtayi nazaridan qaraganda, o‘q-yoyni bilish ko‘p tomondan foydali: u bilan nafaqat jismoniy mashqlar qilish mumkin, balki ular asab tizimlarini ham kuchli qiladi, bo'g'inlarni yumshatib, ulami farmonbardor etadi, hofizani o‘tkirlashtiradi, yurakni baquwat etib, falajlik va qaltiroqlikdan saqlaydi. ALISHER NAYOIY 0`zbek adabiy tilining asoschisi, tengi yo‘q mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, atoqli davlat arbobi Alisher Navoiyning (1441- 1501) bir qancha she’riy to‘plamlari, dostonlari, nasriy asarlari va ilmiy risolalaridan iborat bo'lgan boy madaniy merosi hanuzgacha fan olamida quyoshday nur sochib, qalblarimizga ma’naviy yorug'lik, ma’rifiy oydinlik olib kirmoqda. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, uning „Xamsa", „Lison uttayr", „Mahbub ul-qulub“ va boshqa qator asarlarida xalq o'yinlariga mehr bilan qarashi, ularga birma-bir ta’rif-tavsif berilishi, ularing qo'llanilishiga qarab, maxsus atamalar va iboralaming ishlatilishidir. Ayniqsa, uning kishi sog'lig'ini asrash va mustahkamlash uchun jismoniy madaniyat, badantarbiya, xalq 33 o‘yin-lari nechog‘liq zarur ekanligi haqida pand-u nasihatlari tahsinga loyiq. Milliy xalq o'yinlarining vujudga kelishi hamda taraqqiy etishi o'sha davrlarda kishilarning kuchli, chidamli, chaqqon va shijoatli bo'lishi zamon talabi bo'lib kelgan. Milliy xalq o'yinlari asrlar o'tishi bilan murakkablashib, maxsus sport turiga aylangan. Qadim zamondan piyoda yurish, yugurish, tirandozlik, chavandozlik, qilichbozlik, kurash kabi milliy o'yinlar juda ko'pchilik podshohlami, xususan, lashkarboshilar e’tiborini jalb etgan. Alisher Navoiyning ko'pgina lirik va epik asarlarida qator xalq o'yinlari va musobaqa turlari atamalarining tashbeh bo'lib kelishi yoki o'yin turlarining tavsifi, shu o'yin turi bilan bog'liq lavhalar, bahslashuvchilarning qiyofasi, siyrati aniq-tiniq bayon etilgan. Navoiy kuch sinashish bilan bog'liq bo'lgan o'yin turlariga „zo'ri" atamasini qo'llagan. Masalan, Farhod bolaligidan harbiy mashqlarning hammasi bilan qiziqqan va shug'ullangan. Farhod ma’naviy bilimlar ,,ulum“ni egallab, o'qib, o'rganib bo'lgandan so'ng dilovarlik san’atlarini yuqori darajada egallashga intilgan. Ulum avroqi chun bir-bir yopildi, Dilovarlig* siloxi mayli qildi. Farhod nishonga aniq tekkizish, ya’ni tiyrandozlik, nayzabozlik, qalqonbozlik kabi mashq turlarida hammani hayratga solgan. Navoiy undagi shiddatkorlik, kuchlilik, aniq mo'ljalga olish, harbiy qurol-aslahalami ishlatishdagi tadbirkorlik va epchillik xususiyatlarini ajoyib mubolag'alar bilan ifodalagan: Olib qavsi kuzax chekmakka kullob, Turub mashriq, etib mag‘ribga partob. Qora tun gar nishon aylab Suxoni, Falakcha novakiga ul nishoni. Debon turki falak otkonda zixlar, Tavaxxum toridan ochib girixlar. Qilichi zarbasi olinda har marz, Shichof andoqki suvdin yer aro darz. Qilib gar hamla Alburuz uzfa bir gurz, Bo ‘lib gard-u chiqib gardunga Alburz... Lekin, Farhod shuncha katta quwat „zo'ri beandaza“ga, mahoratga ega bo'la turib, bunday musobaqalarda o'zini g'oyat odobli va bosiq tutgan, kuchsizlar, yengilganlar oldida maqtanmagan. Navoiy uning bu kamtarligini endi qo'liga kitob olib, aliifbo „abjad" o'qiy boshlagan bolaning holatiga qiyoslagan: 34 Xamul ilmi baland ovozi birla, Bu yanglig ‘ zo ‘ri beandaza birla О ‘zin abjad ukur eldin tutub kam, Dema donishki, zo ‘ri dast ila ham. Binobarin, Navoiy milliy jismoniy mashq turlarini targ‘ib etish bilan birga, shug'ullanuvchilarning axloqiy tarbiyasiga ham katta e’tibor bergan. U „Saddi Iskandariy" dostonining bosh qahramoni yoshligida tinmay ot ustida yurib, yayov chopib mashqlar qilganini ta’kidlaydi: Gahi maqrab uzra silaxshur edi, Yayoglikda gax varzishi zo ‘r edi. Qadim zamonlarda, jang boshlanmasdan oldin har ikki dushman qo‘shinlarining raqib pahlavonlari yakkama-yakka olishardilar va aksari hollarda, jangning oqibati ana shu olishuvlaming natijalariga bog'liq bo‘lardi. Dostonda ana shunday olishuvlarga ham ta’rif berilgan: Yurub xasm xaylining о ‘trusiga, Munung ul ham andoqki qarshusiga. Bir-biriga maydonda chirmashtilar, Base bir-biridan, oshtilar. Bu yanglig ‘ tukuz pahlavoni daler, Ki har bir edi ish chog'i narra sher. Bori Barbariyga asir о ‘Idilar, Sinon zaxmidin dastgir о ‘Idilar. Navoiyning „Chobukikim, har taraf maydon aro aylar shitob...“ deb boshlangan g'azalida xalqning azaliy ,,qovoq“ o‘yini ta’riflangan. Osmonga otilgan yoki baland joyga osib qo‘yilgan qovoqni kamondan moijalga olib, o‘q uzganlar. Bu o'yin chamalash, masofadan turib aniq nishonga olish kabi xislatlarning tarbiyalanishiga yordam bergan. Kimning o‘qi qovoqqa tegib, uni teshsa, yo unga sanchilsa, o‘q uzgan yigit g'olib hisoblangan. G ‘azal mulkining sultoni bu g‘azalida nishonga olish mahorati o‘tkir yigitlami maqtab, ularning merganligiga osmondagi quyosh ham qoyil qolib, o'zini o‘sha qovoq o‘rniga qo'yishgatayyor deydi: Nagohon otkaymu deb bir о ‘q qovoq shakli bila, Bosh ustiga kelur maydonda har кип oftob. Alisher Navoiy asarlarida qadimiy milliy o‘yin turlaridan biri shatranj eng ko‘p tilga olinadi. Shoir o'zining ,,Lisonut-tayr“ dostonida shatranj o‘yini, uning qoidalari haqida ajoyib bir hikoya keltirgan: „Shatranj o'ynaguchi ikki ustod shatranj taxtasini ochib, ikki tomonga o'tiradi va o'rtaga shatranji kabir — katta shatranj 35 donalarini to'kishdi. Har tarafdan bir shoh taxtaga terildi, ularning rosmana shohlarga o'xshash xizmatkorlari, lashkarlari bor edi. Har birining to'g'ri yuruvchi vaziri bo'lib, yana bittadan egri yuruvchi farzinlari ham bor edi. ...O'rtada ajoyib, qiziq o'yinlar namoyon bo'lmoqda, balki behad hiyla va tadbirlar ko'rsatilmoqda edi. Bunda pahlavonlar va qo'mondonlar ham bir-birlariga hujum qilishardi. Bu holat go'yo ikki qahramon shohning qo'shin tortib, bir-biriga qarshi urush olib borayotganiga o'xshasli edi. Buncha qo'shin va dabdaba, qal’a maydon va ot choptirib, javlon urishlar, chekinib qochishlar, ham o'ng qanotda, ham chap qanotda, ham qo'shinning ilg'or qismida ana shu xil g'avg'oto'polonlar bilan jang bo'lmoqda edi. ...Shunchalik bunyodkorlik, maydon, o'zaro dushmanlik qilish va urush olib borishlar hamma-hammasi, agar o'yinchi donalami yig'ishtirishga ahd qilsa va shatranj taxtasining bir chetini ko'tarsa, bularning barchasi o'rtadan ko'tarilib, yo'qqa chiqadi!" U butun insoniyatni o'ziga tortgan bu o'yindan xulosa chiqarib, bu taxtadagi dushmanlik bo'lib, tomonlar o'yin tamom bo'lgandan so'ng, o'z dushmanliklarini butunlay unutadilar, deydi: Asrning bir go ‘shasin bot, yo ‘qki, kech, Tortibon buzgoch, bu majmu uldi hech. Ne qolur ul ramz ila kindin asar, Ne xamul tartib-u oyidin asar. Navoiyning o'zi ham shatranj o'yiniga juda qiziqqan va yaxshi o'ynagan. Ulug' shoiming teran fikrlari, umumbashariy g'oyalarini o'iganish va ularni hayotga tatbiq qilish hamisha zarurat bo'lib kelgan. Shu ma’noda uning qalb durdonalari xalq jismoniy madaniyati sohasini boyitish uchun ham to'la-to'kis xizmat qilmoqda. Shunday qilib, daho mutafakkir Ahsher Navoiy xalq jismoniy madaniyati turlarining benazir bilimdoni ekanligining guvohi bo'lamiz. Ayniqsa, uning badantarbiyani „ilmi badan" yoki „badan ilmi", yoxud „ko'ngil tarbiyasi", milliy sport turlarini ifodalash uchun „zo'ri", „dilovarlig"', „guy", „silaxshuriik" atamalarini qo'llashi jismoniy tarbiya fani uchun ochilgan yorqin bir sahifadir. Jumladan, u „shatranj", „tiyrandozlik", „chavandozlik", „nayzabozlik", „chavgon", „qovoq", „kurash", „qilichbozlik" kabi qadimiy xalq o'yinlarini o'zining lirik va epik asarlarida yuksak mahorat bilan tasvirlaydi. Dorbozlik ulug‘ bir kasbdir va bu ishning ustalari pokiza axloqli va rostgo‘y bo‘lishlari kerak. Kuchini namoyish qiluvchilar (zuigarlar) toifasi quyidagi hunarlami ko'rsatadilar, ya’ni: 1) mardgirlik (odam ko‘tarish); 2) tosh sindirish; 3) suyak sindirish; 4) dorbozlik; 5) tosh otish; 6) tegirmon toshini ko‘tarish; 7) lil bilan olishish; 8) kamondan o£qni uzoqqa otish; 9) sakrash. Qayd qilingan barcha hunarlaming mohiyati nimadan iborat ekanligi ochib berilgan, jumladan, odam ko‘tarishning ma’nosi haqiqatda nima, desalar, ko‘targan kishini yiqitmaslik, ya’ni mardlik obro‘yini yerga tushurmaslik, past ketmaslik. Tosh sindirish bu — qattiqlik va tosh yuraklik sifatlarini sindirmoq va ushbu sifatlarni barham etmoq demak. Suyak sindirishning ma’nosi, suyak haqiqatning mag‘zi va ham pardasidir, ya’ni mardlik bilagi bilan xudparastlik pardasini ko‘z oldidan ko‘tarib, haqiqat mag‘ziga ko‘z tiksin demakdir. Tegirmon toshini ko'tarishning ikki ma’nosi bor, binobarin, tegirmonning ustki toshi — doimo harakatda, bu esa tariqat talabida muttasil jadd-u jahd qilmoqni ifodalaydi. Ostki tosh qimirlamay turadi, bu esa chidam va sabot timsolidir. Demak, tegirmon toshini ko‘targan odam shu sifatlarni o‘zida muvofiqlashtiruvchi kishidir. Fil ko'tarishning ma’nosi shundan iborat, fil ulug‘vorlik belgisidir, fil ko‘tarish esa dunyo ishlari falak azimati oldida arzimasdir, degan ma’noga ishoradir. Sakrashning ma’nosi shuki, nafs uy dushmanidir, undan sakrab, qutulib chiqish kerak, osoyishtalik, muvaffaqiyatga erishish nafs bilan jang qilish orqali qo'lga kiritiladi. Shuni e’tiqod bilan anglab yetish kerakki, zurgarlik (kuch-quwatni namoyish etish)ning 38 Imqiqati nafs dushmanini poymol etishdir, bo'lmasa ko‘p hayvonlar va parrandalarning quwati odamzodnikidan ortiq. Shuning uchun kuch-quwatga uchmaslik va nafs havosidan voz kechish kerak, shunda ma’rakalarning pahlavoni ayni vaqtda futuwat pahlavoniga ham aylanadi. Shayx Sa’diy aytganlaridek: Mardlik panja zo ‘ri-yu yelka quvvati emas, Agar nafsingni yknga bilsang, chin pahlavonsan. Tosh o'ynashning ma’nosida to'rt xil udum bor va ularning har biri muayyan ma’noga ega, ya’ni 1) jubba (to'n) kiyish; 2) aylanish; 3) anjomlarni ko'tarish, tosni yashirish; 4) yana topib olish. Qo'g'irchoqbozlar bayonida Koshifiy shunday deydi: sohibdil darveshlar qo'g'irchoq o'yinidan ko'p ramz-u ishoratlar uqib, dunyoning sir-sinoatini fahmlab, hiyla, haqiqatlami kashf etibdilar. Shuni bilish lozimki, shakl-u shamoyil, surat olamida zuhur etiladigan narsalar hazil-mutoyiba bo'lsa-da, ammo mohiyatmazmuniga ko'ra, ular jiddiy haqiqatlami anglatadilar. Umar Xayyom aytganiday: Biz qo‘g ‘irchoqlarmiz, falak qo‘g ‘irchoqboz, Haqiqat yuzidan bu demadim majoz. Sahnada oynaymiz ikki-uch кип, so‘ngra, Fano sandig ‘iga tushamiz bir-bir bozSoqqabozlar huqqabozlikni qayerdan o'rganganlar, deb so'rasalar, falakning aylanishidan deb aytgil. Zero, falak quyosh va oy soqqasini barcha yulduzlar bilan qo'shib, goh yashirin aylantirib o'ynaydi. Agar huqqabozlik nima deb so'rasalar, zamona aylanishiga e’tibor qilmaslik, chunki falak huqqasi har zamon umr soqqasini g'oyib etadi va har birimizdan yangi shakl-u naqshlar yasaydi. Olamning barcha ishini shundan qiyos etmoq va ibrat olmoq lozim. Ko'ringan narsalar aslida ko'ringanday emas, majoziy dunyoda hamma huqqaboz, barcha qo'g'irchoq yoki qo'g'irchoqbozlardir... Voiz Koshifiy ,,tig'“ (qilich) so'zining harflari ma’nosini shunday ta’riflaydi; ,,T“— tamanno (orzu)ni, „1“— yakdillik va hamjihatlikni anglatadi. Chunki parishon odam tig' ushlashga loyiq emas, balki, aksincha, u tig'ning yemi bo'lishi mumkin. ,,G'“ — g'aflatga berilmaslik va urush ma’rakasida hushyor, chaqqon bo'lishni bildiradi. 39 U qilichni quyidagi xillarga ajratadi; 1) jafo tig‘i, uni mehnatkash xalq yuziga tortadilar; 2) safo tig'iki, uni o'limga mustahiq gunohkorlar boshiga tortiladi; 3) vafo tig'i, u birodarlar madadiga yalang‘ochlanadigan va ular boshidan zulmni daf etadigan tig‘dir; 4) g‘azo tig‘i, bu tig'larning aslidir, zero shu tig‘ bilan dushmanlar tor-mor etiladi; 5) jazo tig'i, bu doim o‘zi bilan olib yuradigan va dushman qasd qilganda jazosini beradigan tig‘; 6) baho tig'i, bu zeb-ziynat uchun saqlanadigan va hech qachon ishlatilmaydigan tig‘; 7) havo tig'i. Havo tig‘i mardlik sunriati bilan emas, balki hoy-u havas yuzasidan bog'langan tig'dir. Pir va ustozdan ta’lim-u duo olmay bunday qilich taqish noravodir. Ushbu kabza egasida, asosan, sakkizta odob mujassam bo‘lmog‘i lozim: 1) awalambor pok bo'lish; 2) порок holda qilich dastasiga qo'l tekkizmaslik; 3) qilichni g'ilofidan sug'urganda va silkitganda ehtiyot bo'lish, chunki qilich bexosdan birovning yuziga tegib ketmasin; 4) qilichni awal o'z bo'yniga solsin, ya’ni o'z nafsini chopsin; 5) qilich dastasini o'psin, bu shu dastaga tekkan mardlar qo'lini o'pishga ishoratdir; 6) zarurat tug'ilmaguncha, qilichni qinidan chiqarmasin; 7) ustozlardan ta’lim olmay, qilich taqishni xayoliga ham keltirmasin; 8) qilichni yalang'och holda qoldirmasin va agar qini bo'lmasa, biror narsaga o'rab qo'ysin. Qalqon sipohiylaming qal’asi va jangchilarning himoyachisidir, deydi Husayn Koshifiy. Qalqonning to'rtta turi ta’riflanadi, ya’ni: 1) xazr (to'sish) qalqoni; 2) qadr qalqoni; 3) sabr qalqoni; 4) hilm (halimlik) qalqoni. Xazr qalqoni ipakdan va ipdan to'qilgan qalqondir, uni o'q va qilich yarasidan saqlanish maqsadida olib yuradilar. Ammo qadr qalqoni osmon (kazo qadar) shaklida turgan qalqondir. Sabr qalqoni kishini maqsad sari eltuvchi qalqondir. Hilm qalqoni vositasida g'azab tig'ining zaxmini daf etish mumkin. Hilm odam g'azab olovi ofatidan omondadir. Qalqon tutishning odobi, asosan, beshta, jumladan: 1) e’tiqodli bo'lish; 2) qalqon kabzasini pok qo'l bilan ushlash; 3) qalqonni qo'lga olgach, uning dastasini o'pish; 4) yechib qo'yganda, ta’zim etib, toza joyga qo'yish. Gurzi — jang maydonining mardlari va pahlavonlari qurolidir, deydi Voiz Koshifiy. Gurzi kabzasida beshta adab bor, jumladan: 1) awal shuki, uni pok qo'l bilan ko'tarish kerak; 2) gurzini ko'targanda, o'ziga ishonch bo'lsin; 3) gurzini avaylab asrasin, qadrlasin; 4) gurzi o'yin uchun ishlatilmasin; 5) gurziga qo'l urishdan oldin pir va ustozlami xotirlab duo aytsin. 40 Koshifiyning ta’kidlashicha, kamon otish sharif ilmdandir. U kamon kabzasining o'n ikkita odobini ta’riflaydi, chunonchi: 1) pok bo'lish; 2) yoyni zolimlarning jabrini dafn etish niyati bilan qo'lga olish; 3) uzluksiz takbir aytib turish; 4) toat-ibodatni kanda qilmaslik; 5) o'z piri va ustozini xotirlash; 6) shast (kamon tarixini tutish uchun ishlatiladigan halqa)ni berkitib yurish; 7) kamon-ning har ikki nishonasi (teshigi)dan o'q ota bilish; 8) nishon shonasi (teshigi) dan o'q ota bilishi; 9) nishon turgan joyga yalang'och bormaslik; 10) agar o'qi xato ketsa xafa bo'lmaslik; 11) agar boshqa birov o'qni yaqinroq nishonga tekkizsa, unga hasad qilmaslik, aksincha, tabriklab m,aqtash; 12) o'z ishiga hayron bo'lmaslik va mag'rurlanmaslik, chunki har qanday mohir kishidan ham yana mohirroq kishilar chiqib qolishi ehtimoldan xoli emas. Kamon kabzasini tutishning eng ko'p tarqalgan to'rt xili mavjud bo'lib, ular: 1) awal pichoq kabzasi; 2) ov kamoni kabzasi; 3) qarchig'ay changali, uni „xandon" ham deydilar; 4) mudawar (chambarak). Yoy tortishning ikki xili bor, binobarm: birinchisi mo'ylovsimon tortish; ikkinchisi surmakash (surma tortishga o'xshab) tortish. „Kamon" so'zi harflarining o'ziga ishorali bo'lib, ular quyidagilami anglatadi: „К" — karamga ishora, ya’ni kamon ushlagan odam mard va sahovatli bo'lishi kerak. ,,M“ — marhamatga ishoradir, ya’ni o'z xodimlari, tobelariga rahm-shafqat ko'rsatmoq. „ 0 “ — e’tiqodga ishoradir, kamonchi pok niyatli va sof odam bo'lishi darkor. ,,N“ — nasihatga ishoradir, ya’ni hamkasblari, shogirdlariga pand-u nasihat berish, o'z hunarini o'rgatishdan qizg'anmasin. Bu to'rt sifati bo'lmagan odam yoy ko'tarib yurishga loyiq emasdir. AMIR TEMUR Temurning shon-shuhrat qozonishining siri mohir sarkardaligi, odil va zukkolik bilan ish yuritishligi, donishmandligi bilan bir qatorda yoshlik paytidanoq kurash, chavandozlik, nayzabozlik, qalqonbozlik, tiyrandozlik, qilichbozlik, ov qilish ilmini mukammal egallaganligidir. Amir Temurning bolalikdanoq' ko'plab harbiyamaliy tavsifga ega bo'lgan xalq o'yinlarini o'ynaganidan dalolat beradi. Chunki bolalikda o'ynalgan o'yinlar, ularni hayotga, janglarga, uzoq safarlarga tayyorlashda o'ziga xos maktab vazifasini o'tagan. „...Amir Temur o'n to'rt yoshga kelib erdi... Xon so'rdikim, turug' otliq kimdur?" Anda birov turib aytdi: „Bu To'rag'ay bahodir o'g'lidur. Amir Temur xonning nazarida yosh bola ko'rinub, 41 buyurdikim: ,,To‘rag‘ay bahodirni o‘g‘li jangga bormasun". Anda Amir Temur o‘q-yoyin olib, toblab yubordi. Otilib, ellik qadam yerga borib tushdi. Mirzo Sayfiddin anga taqlid qilib, ani o'miga yuborilmadi. Andin keyin Sohibqiron dasturi Chig'atoy birla xonga kelib, tizin bukub, duo qildi. Aytdi: „Iltimos qilib sizdin xohlayurmen, davlat humoyuningizda ushbu kushin men birla talosh qilsalar“. Anda uch kun talosh qildilar. Barchalari aqalli aning qo'lidan yarog‘in tortib ololmadilar. Bu jur’atni Sohibqirondan ] ko‘rub, ba’zilari eshurun zo‘r qildilar, kuchlari yetmadi, tortib ololmadilar". Nayzabozlik ham sof milliy sport turlariga kirganligini yuqorida ta’kidladik. Abu Ali ibn Sino nayzabozlikni, tez harakatlar, nayza uchi bilan sanchishni ravon va yengil mashqlar jumlasiga kiritgan. Nayzabozlik ot ustida bajariladigan mashq turi hisoblanadi. Amir Temur shiddatkor nayzaboz bo'lganligi ,,Temumoma“da shunday yozilgan: „Filhol, Qilich Arslon aslaha-yarog'larini tokinub, nayzasini qo'liga olib, Amir ham musallix bo'lub otlarga minub, ikki tarafdin shovqin solib, birdan nayzabozlik qilib, Amirga nayza soldi. Amir chap berib, nayza solib erdi, orqasidin yana soldi... Hozir bo‘1, deb, Amir otin yoliga yopushti, nayza borib toshga tegib, ikki korish botti, yana tortib olib, nayza soldi. Amir nayzani o'tkazub, qilich ' soldi, esiga tegib bog'idin uzildi...16 Har bir elat, urug', millat o'zining milliy, ma’naviy va madaniy merosini asrlar osha e’zozlab kelmoqda. Fikrimizning isboti sifatida xalqimizning qadimiy va navqiron milliy kurashi bunga misol bo'la oladi. Kurash — bu pahlavon yigitlarining kuch sinashishi, yelkamayelka turib ushlashib, bo'yin va belni qaytarib, har xil usullarni ishlatib, raqibining yelkasini yerga tekkizishdir. Milliy kurashimiz yoshlarni hayotga sog'lom, baquwat, jasur, epchil, kuchli, chidamli qilib tayyorlash va tarbiyalashda asosiy vosita bo'lib xizmat qilgan. Sohibqiron Amir Temur bahodir, jasur, qo'rqmas, sheryurak pahlavon bo'lgan. Ammo u jismoniy kamchiligi — oyog’ining oqsoqligi va ikki barmog'ining yo'qligiga qaramay, raqiblari bilan yakkama-yakka olishuvlarga chiqavergan. ,,Temuroma“da Amir Temur va Qilich Arslon o'rtasidagi kurash shunday bayon qilinadi: Amirni belidan tutib, ikkovlari yayovlik holda taloshka mukayyid bo'ldilar. Lekin Amimi bir qo'l-u, bir oyoqlari andak nokor erdi. Shundoq bo'lsa ham, kech vaqtigacha talosh qiladilar, Amimi holi ziklikka olib, iltijoda bo'ldilar. Bu baytni aytdilar: 16„Temumoma“. Т., Cho‘lpon, 1990. 189-bet. 42 Qolim oling, yo pirim, menda quwat qolmadi, Yo‘lga soling, yo pirim, menda g ‘ayrat qolmadi. Filhol, Naqshband pirimga ayon bo'lib, ikkiovini borib qo'ltig'idan olib, yer uzra ottilar. Amir yiqildimi deb gumon qilsa, Qilich Arslonni ko‘ksi uzra o'lturibdur". ! Amir Temur davrida Muhammad ibn Akiyl al-Xaymiy, Zeyn al-Yazdiy kabi shatranjchilar bo'lib, ularmng allomasi fiqhchi, hadischi olim Allouddin at-Tabriziy edi. tJ Zeyn al-Yazdiyga ortiqcha bir piyoda qo'yar va undan g'olib chiqar edi, ibn Akliyga esa bitta ot qo‘yib, uning ustiga minib olardi, ya’ni yengardi. Temur sharq-u g‘arb iqlimlarigacha borib yetdi. Uning jang-u jadalida ishtirok etgan har bir sulton yutqazib, har bir shoh jangda ham, shaxmat o‘yinida ham undan yengilib, mot bo'ldi. Temur Alouddinga: „Go'yo men saltanat siyosatida yagona bolganim kabi sen ham shaxmat olamida tengi yo‘qsan“, der edi. Yana bizlardan, „ya’ni men va mavlono Ali Shayxdan har qaysimiz o'z san’atida karomatlarga ega bo'lib, benazir kishilarmiz", derdi. Shaxmat o'yini mansublari ilmida Ali Shayxning o'ziga xos sharhi bo'lib, u bilan o'yinda chuqur o'ylanmasdan turib, uning fikri haddiga yetishga hech bir kimsa qodir emasdi. Bir vaqtning o'zida u ikki raqib bilan g'oyibona o'ynar va hisobini olish natijasida o'z tomonida qanday donalar borligini bilardi. U va Amir Temur katta shatranj o'ynardilar". Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, Amir Temur buyuk jahongirligi bilan bir qatorda jismoniy salohiyatda benazir shaxs edi, u ta’kidlaganidek „o'z qudratimni saqlash uchun men bir qo'limga adolat shamini va ikkinchi qo'limga beg'arazlik shamini olib, bu ikki sham bilan umr bo'yi yo'limni yoritib yurdim". U tiyrandozlik, chavandozlik, nayzabozlik, qilichbozlik, merganlik, qo'l jangi, oyoq jangi va ko'pgina milliy sport turlarini egallagani uchun tinmay g'alaba qozongan. Harbiy yurishlardan oldin jangchilarning jismoniy tayyorgarligiga alohida e’tibor berib, dushman qo'l, oyoqlarini qayirib sindirish, oyoq bilan tepish, mushtlashish, oyoq-qo'lini bir vaqtda ishlatish usullarini ko'rsatib, sipohlarga namuna bo'lgan. Shuningdek, maxsus tayoqlar, zanjirlar, gurzi-yu cho'qmorlar yordamida zarba berish, pichoq sanchish, bolta urish mahorati ularga janggohlarda juda qo'l kelgan. Sohibqiron navkarlarining qanchalik jismoniy tayyorgarlikka ega ekanligini tarixiy manbalardan bilib olish mumkin. Sipohning 43 yaroq-jabduqlari va anjom-jihozlar haqida, u: „Shunday buyruq berdimki, yurish vaqtida oddiy askarlardan har o‘n sakkiz kishi o‘zi bilan birga bir chodir olsin, har bir askar ikki yoy, bir kamon, bir sadoq o‘qdon, bir qilich, arra, bigiz, bir qop, juvoldiz, bolta, o‘nta igna va orqaga osiladigan charm xalta olsin. Bahodirlar har biri bitta oddiy temir sovut, dubulg‘a, bir qilich olsin“, deydi. Endi ushbu aslaha va anjom-jihozlami manzildan manzilga ko'tarib yurishning o'zi sipohdan qanchalik kuch, matonat, jismoniy tayyorgarlik talab qiladi. Sharofiddin Ali Yazdiyning qayd etishicha, Amir Temurning o'ziga xos xususiyatlaridan biri — davlat, mamlakat, fuqaroga g'amxo'rlik edi. Uning qoidasi — „rosti-rasti" edi. Haqiqat — sihat-salomatlik, haqiqat — tartib, haqiqat — adolat demakdir, deb tushuntirardi. U insonparvarlik va mardlikni Olloh ham, xalq ham ulug'laydi, degan gapni ko'p takrorlar edi.

Download 402,08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 402,08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III.BOB O`ZBEK XALQINING MILLIY HARAKATLI O`YINLARI ULARNING PEDAGOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Download 402,08 Kb.