|
-mavzu
SPORT MENEJMENTI VA MARKETINGI O’QUV FAN SIFATIDA
|
bet | 46/79 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #150322 |
Bog'liq Мажмуа Спорт менежменти ва маркетинги 2022 2023
1.1. Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi
-
O’quv soati: 2 soat
|
Talabalar soni: 20-40
|
O’quv mashg’uloti shakli
|
Kirish ma’ruzasi
|
Ma’ruza rejasi
|
1. SPORT MENEJMENTI VA MARKETINGI o’quv fanning nazariy asoslari.
2. Jismoniy tarbiya va sport sohasida mehnat munosabatlari.
3. Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha faoliyatning moddiy texnik ta’minoti.
4. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xodimlarini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish shakllari.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: O’quv kursi bo’yicha egallangan bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida sport menejmenti xaqida ma’lumotga ega bo’lish.
|
Pedagogik vazifalar:
O’quv fanining ahamiyati va vazifalari hamda o’quv fanlari tizimidagi roli, o’rni bilan tanishtirish;
Fanning strukturaviy tuzilishi va tavsiya etiladigan o’quv-uslubiy adabiyotlar haqida ma’lumot berish;
Fanni o’rgatish jarayonidagi uslubiy, tashkiliy ishlar mazmunini hamda baholash muddatlari va shakllarini yoritish;
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqlik tomonlari haqida ma’lumot berish.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Fanning ahamiyati va vazifalarini tushuntiradi;
O’quv faoliyati bo’yicha fanning tuzilishini strukturaviy tuzilishini tushuntiradi;
Fandagi nazariy va amaliy yangiliklarni yoritadi;
Fan bo’yicha uslubiy va tashkiliy ishlarning asosiy tomonlari, hamda baholash shakllari va muddatlarini yoritadi;
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligini tushuntiradi.
|
Ta’lim metodlari
|
Ma’ruza, «aqliy hujum», namoyish etish
|
Ta’lim vositalari
|
Ma’ruza matni, kodoskop, slaydlar, format qog’ozlari, markerlar, skotch
|
O’qitish shakllari
|
Frontal, jamoaviy, guruhlarda ishlash.
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Savol-javob, Nazorat savollari
|
Ma’ruzaning texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyatning mazmuni
|
O’qituvchining
|
Talabalarning
|
I. Mavzuga kirish bosqichi
(20 daqiqa)
|
1.1. O’quv fanining nomini e’lon qiladi. Fan haqida dastlabki tushuncha beradi va fan miqyosida uslubiy va tashkiliy ishlarning asosiy tomonlarini ochib beradi.
1.2. Mazkur fan bo’yicha o’rganiladigan mavzularni e’lon qiladi, ular haqida qisqacha ma’lumot beradi hamda seminar va amaliy mashg’ulotlar bilan bog’laydi. Fan reytingi: joriy, oraliq va yakuniy nazoratning baholash mezonlari bilan tanishtiradi (1-ilova).
Adabiyotlar ro’yhatini taqdim etadi va izohlaydi (slayd).
1.3. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilajak o’quv natijalarini e’lon qiladi.
1.4. «Aqliy hujum» metodini qo’llab, mavzu bo’yicha tanish tushunchalarni aytishlarini taklif qiladi (2-ilova). Barcha takliflarni doskaga yozib boradi.
1.5. Ushbu ishni o’quv mashg’ulotining yakunida oxiriga etkazishlarini aytadi.
|
Tinglaydilar.
Tinglaydilar va yozib oladilar
Mavzuni daftarlari ga yozadilar
O’z fikrlarini bil diradilar.
|
II. Asosiy
bosqich
(50 daqiqa)
|
2.1. Mavzu bo’yicha ma’ruza matnlarini tarqatadi: mavzu rejasi va asosiy tushunchalar bilan tanishib chiqishni taklif qiladi.
2.2. Namoyish qilish va izohlash yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni beradi. Fanning predmeti, vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasini slaydlarda namoyish etib, tushuntiradi
(3-ilova).
Mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi. Talabalarning e’tiborini asosiy tushunchalarga va ahamiyatli tomonlariga jalb qiladi.
2.3. Doskada qayd etilgan asosiy tushunchalarga qaytishni taklif qiladi. Talabalar bilan hamkorlikda tushunchalar ro’yhatini aniqlashtiradi, qaytarilganlarini olib tashlaydi, mavzuga tegishli bo’lmagan ma’lumotlarni olib tashlaydi hamda qayd etilmagan zarur tushuncha va atamalarni qo’shadilar (yozadilar).
|
Tinglaydilar.
Har bir tayanch ibora va atamani muhokama qiladilar, daftarlariga yozib oladilar
|
III. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
|
3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladilar. Faoliyat natijalarini izohlaydi. Mazkur mavzu bo’yicha egallangan bilimlar kelajakda qaerlarda qo’llanilishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi.
3.2. Talabalar faoliyatini va belgilangan o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini tahlil qiladi va baholaydi.
|
Savollar beradilar
|
1-Ilova (1.1)
|
| |