|
Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
|
bet | 67/79 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #150322 |
Bog'liq Мажмуа Спорт менежменти ва маркетинги 2022 2023 Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchining
|
Talabaning
|
Tayyorgarlik bosqichi
|
1.Savollar va oraliq xulosalarni tayyorlaydi (1-ilova), taqqoslash va munozarani davom ettirish uchun qo’shimcha misollar ishlab chiqadi (2-ilova).
2.Munozarali ma’ruzani tashkil etish va olib borish ketma-ketligini loyihalashtiradi:
Munozaraga qiziqtiruvchi va jalb qiluvchi savollarni kirgizish ketma-ketligini aniqlaydi;
Umumlashtirish va xulosa qilish zarur bo’lgan asosiy holatlarni ajratadi;
Yakuniy xulosalarni shakllantiradi.
|
|
I. Kirish bosqichi
(10 daqiqa)
|
1.1.Mavzuning nomi, maqsadi, o’qitish natijalarini, mavzuning rejasini e’lon qiladi.
1.2.Ma’ruza mashg’uloti munozara shaklida o’tishini aytadi va faoliyatning asosiy xususiyatlarini tushuntiradi. «Munozara ishtirokchilari uchun eslatma»ni eslatadi.
|
Tinglaydilar.
|
II. Asosiy bosqich
(60 daqiqa)
|
2.1.Sport tashkilotlarini moliyalashtirishning ahamiyati haqida qisqacha ma’lumot beradi.
2.2.Talabalarga o’z fikrlarini bildirish-larini taklif qiladi.
Ma’ruzaning rejasi asosida savollar mazmunini jamoaviy muhokama etishga undaydi va tashkillashtiradi.
2.3.Jamoaviy muhokama jarayonini boshqaradi:
- savollar beradi (2-ilova);
-fikr bildirishlariga nisbatan qiziquvchanlikni namoyon qiladi;
-muhokamaning mantiqan yoritilishini diqqat bilan nazorat qiladi;
-munozara jarayonida ayrim ishtirokchilarning javoblarini to’ldiradi va umumlashtiradi. To’g’ri javoblarni rag’batlantiradi va noto’g’ri to’liq bo’lmagan javoblarni izohlaydi.
2.4.Mavzuning savollari muhokamasini qisqa umumlashtirish bilan rejaning dastlabki uchta savoliga yakun yasaydi.
|
Ma’ruza va qo’shimcha ma’lumot mazmunini eshitadilar.
Fikrlarini bildi-radi, savollar beradi, munozarada ishtirok etadi. Ishtirokchilar mavzu savollarining mazmunini jamoaviy muhokama qiladilar, munozara qiladilar, savollarga javob beradilar.
|
III. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
|
3.1.O’quv mavzusining mazmunini muhokamasi bo’yicha xulosalar qiladi:
- asosiy savollarni qisqacha, baho bermasdan ajratadi va strukturaga soladi. Bunda faqat ko’pchilik ishtirokchilar fikriga to’g’ri kelganlarini ajratadi.
Ko’rib chiqilmagan, hal etilmagan reja savollarini eslatadi.
- munozara jarayonida qo’yilgan savollar javoblari mazmuni bo’yicha xulosalarni shakllantiradi;
- ma’ruza mashg’ulotining natijasiga umumiy baho beradi.
3.2.Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: (1) mavzuning rejasidagi keyingi uchta savollarini o’rganib kelish; (2) nazorat savollariga og’zaki javob berish (3-ilova).
|
Eshitadilar.
Vazifani yozib oladilar.
|
|
| |