8.2-rasm. Loyihalashni avtomatlashtirishning asosiy maqsad va usullari
ALT klassifikatsiyasi
Muhandislik faoliyatini bir nechta ketma-ket bosqichlarga ajratish mumkin: loyihalash, konstruksiyalash, tayyorgarlik va ishlab chiqarishni tashkil etish. Bunga mos ravishda, muhandislik faoliyatini avtomatlashtirish vositalari o‘z vazifasiga ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
SAD (Computer Aided Design) - loyihalashni avtomatlashtirish vositasi bo’lib 2 o’lchamli va 3 o’lchamli geometrik loyihalash yoki texnologik hujjatlarni tayyorlash dasturi hisoblanadi.
CAE (Computer Aided Engineering) - muhandislik hisoblashlarni avtomatlashtirish vositasi, fizik jarayonlarni foydalanishni tahlil qilish, dinamik modellashtirish, buyumlarni optimallash va tekshirish.
SAM (Computer Aided Manufacturing) - buyum ishlab chiqarishda texnologik tayyorgarlik vositasi, avtomatlashtirishni dasturlash va jihozlarni boshqarish. Rus analogi bo’yicha - ishlab chiqarish tizimini avtomatlashtirish.
SARR (Computer Aided Process Planning) - CAD va CAM tizimlari kesimida qo’llaniladigan texnologik jarayonlarni rejalashtirishni avtomatlashtirish vositasidir.
PDM (Product Document Management) - hujjat almashinuvini boshqarish vositasi.
GIS (Geoinformatics Systems)- geoaxborot tizimlari.
O‘z navbatida CAD vositalari turli sohalarda qo‘llanilishi bo‘yicha ajratiladi:
MCAD (Mechanical Computer Aided Design)- mashinasozlikda CAD
EDA (Electronic Design Automation)- elektron qurilmalarni avtomatik loyihalash tizimlari
AEC (Architecture Engineering and Construction)- qurilish- arxitekturani avtomatik loyihalash tizimlari
CAE vositalari esa mos ravishda quyidagi tizimlarga bo‘linadi:
mustahkamlikni hisoblash (asosan chekli elementlar usuli);
issiqlikni hisoblash;
(CFD, Computational Fluid Dynamics)- gidroaerodinamik hisoblash;
kinematik analiz;
(MES, Mechanical Event Simulation)- mexanik simulyatsiyalar;
oqim va bosimni qayta ishlash jarayonlarini boshqarish;
elektromagnitli va elektrodinamik hisoblashlar;
optimallashtirish tizimlari.
Holati va avtomatlashtirish darajalari bo‘yicha quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
1) loyihalash ob’ektlarining xilma-xilligi va qiyinchilik darajasi bo‘yicha:
a) quyi murakkabli ob’ektlar uchun ALT (tarkibidagi qismlar soni 100 tagacha);
b) o‘rtacha murakkabli ob’ektlar uchun ALT (100-10 000);
v) yuqori murakkabli ob’ektlar uchun ALT (10 000 dan yuqori);
2) avtomatlashtirilganlik darajasi bo‘yicha:
a) quyi avtomatlashtirilgan (25% gacha);
b) o‘rta avtomatlashtirilgan (25-50%);
v) yuqori avtomatlashtirilgan (50-75%);
|