|
AutoCAD dasturining analoglari (o‘xshashlari)
|
bet | 7/10 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 27,47 Kb. | | #151658 |
Bog'liq Ma\'ruza 2AutoCAD dasturining analoglari (o‘xshashlari)
ALTni yaratuvchi kompaniyalar orasida o‘zining 3D tizimlari tarkibida chizma muharrirlarining soddalashtirilgan 2D versiyasini bepul tarqatish yo‘lga qo‘yildi. Ularning fikricha ikki o‘lchamli loyihalashdan uch o‘lchamli loyihalash texnologiyasiga o‘tishni tezlashtiradi. Bunday dasturlarni Dassault SolidWorks, IntelliCAD texnologiyasiga asoslangan DWGseries, Siemens PLM Software (oldingi Unigraphics), Solid Edge 2D Drafting misolida ko‘rishimiz mumkin.
Bu tizimlarning avfzalligi shundaki, ularning narxi AutoCAD paketini 10-20 foizini tashkil etadi. Kamchiligi sifatida faylning original formati (DWG) ba’zi holatlarda mos kelmaydi. Rossiya bozorida KOMPAS, ASKON, T-FLEX CAD 2D kabi chizma muharrirlari keng tarqalgan. Ular mavjud standartlarga mos kelishi va chizma geometriyasini parametrlashtirish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga egaligi bilan ajralib turadi.
2D-tizimlarining o‘ziga xos bir nechta ob’ektiv va sub’ektiv jihatlari mavjud:
konstruktorlik va texnologik hujjatlashtirishda sifatli rasmiylashtirish ishlarini yengillashtirdi, shuni hisobidan shtat birligi qisqardi;
chizmalarni arxivlash jarayoni soddalashdi va arzonlashtirildi;
mavjud chizmalarni bir necha marta ishlatish va o‘zgartirish evaziga konstruktorlarning ish unumdorligi oshdi;
loyiha ustida jamoa bo‘lib ishlashda ma’lumotlarni tezkor almashish imkoniyati yaratildi;
2D tizimlari bir-biriga o‘xshashligi tufayli ularni o‘rganish va joriy etish muhandislardan ko‘p vaqtni talab etmaydi.
Shunday bo‘lsada, muhandislik ishini to‘liq avtomatlashtirish, ularni ish unumdorligini oshirish, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishga o‘tishda 2D – tizimlarini joriy etish va ishlatishdagi kamchiliklari boshidan ma’lum bo‘ldi.
Gap shundaki, chizmani inson to‘liq tasavvur etib, uni ongida qabul qilishi kerak, ya’ni sxematik ko‘rinishi, loyihalanayotgan mahsulotni har tomonlama rasmi, ularni o‘lchamlari yozuvlari, shartli belgilari va boshqa jihatlari aniq bo‘lishi talab etiladi. To‘liq avtomatlashtirish uchun ma’lumot aynan kompyuterda qayta ishlashga moslashtirilgan bo‘lishi kerak. Klassik ko‘rinishdagi 2D-tizimlar bu masalani to‘liq hal eta olmaydi, buning uchun to‘liq fazoviy 3D yoki fazoviy-vaqtli 4D ma’lumotlar talab etiladi.
|
| |