|
-rasm. Bo‘ron kosmik kemasining sirtli modeli
|
bet | 5/10 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 27,47 Kb. | | #151658 |
Bog'liq Ma\'ruza 28.5-rasm. Bo‘ron kosmik kemasining sirtli modeli
Qattiq jinsli modellashtirish
Sirtli modellashtirish o‘zining keng imkoniyatlariga qaramasdan, ALT nuqtai nazaridan qaraganda unda bir nechta cheklovlar mavjud: hajm, massa va inersiya momentlarini hisoblash cheklovi, bul algebrasi operatsiyalarini qo‘llash cheklovi. Ushbu cheklovlar qattiq jinsli modellashtirishni qo‘llash orqali bartaraf etiladi. Bu model ushbu kunda 3D CAD/CAM/CAE tizimlarining standartiga aylangan.
5. Loyihalashda fizik jarayonlarni tahlil qilish.
Bizga ma’lumki, muhandis biron bir detalni loyihalashdan oldin fizik xarakteristikasini hisobga olgan holda, u yasaladigan materialni aniqlab olishi kerak. Materialni to‘g‘ri tanlash detalning puxtalik darajasi garovidir. ALT dasturida ham material tanlash imkoniyati mavjud. Detalni loyihalashdan oldin unga material tanlash |File| |Properties| |Material Table| |Material| qadamlari orqali amalga oshiriladi (8.6-rasm).
8.6-rasm. Detalga material tanlash oynasi.
Detalga material tanlangandan so‘ng shu materialning fizik xarakteristikasini ko‘rish mumkin.
8.7-rasm. Detalga tanlangan materialning fizik xarakteristikasi.
6. Dinamik modellashtirish usullarini o‘rganishda CAD, CAM, CAE tizimlarini qo‘llash, texnologik jarayonlarni loyihalash tizimini avtomatlashtirishda amaliy dasturlardan foydalanish.
CAD
Kompyuter yordamida loyihalash (Computer-Aided Design, CAD) - iborasi,
loyihalashni amalga oshiradigan muhandis, arxitektor va boshqa professionallarga yordam beruvchi keng qamrovli kompyuter uskunalarini ifodalaydi.
Mahsulotlarni hayotiy davrini (PLM) boshqarish tamoyili doirasida, CAD tizimlari ikki o‘lchovli chizish tizimlaridan boshlab uch o‘lchovli parametrli modellashtirishtiruvchi ko‘pgina apparat va dasturiy vositlarni o‘z ichichga oladi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari sohalar bo‘yicha qo‘llanilishiga ko‘ra qurilish-arxitekturali (AYES CAD), mexanik (MCAD), elektron qurilmalar va asboblarni loyihalash (EDA) tizimlariga ajratiladi.
2D CAD
CAD-tizimlari elektron ko‘rinishidagi an’anaviy chizmalarni yaratuvchi 2D-dasturlardan boshlangan. Bu konstruktorlik hujjatlarini yaratish va modifikatsiyalash ishlarini ancha yengillashtirdi. 2D CAD hozida ham yetarli darajada mashhur bo‘lib qolmoqda, ular chizma hujjatlarini shakllantirishda mustaqil tizim va 3D tizimlariga yordamchi ilova sifatida qo‘llaniladi. Chizmachilik SAD tizimlari universal instrument hisoblanadi. Uning imkoniyatlaridan mashinasozlikda, qurilish-arxitektura chizmalarida, elektrik va gidravlik prinsipial sxemalarni qurishda va shunga o‘xshash sohalarda foydalanish mumkin. 3D imkoniyatlari keyinchalik yaratilgan bo‘lsada, AutoCAD chizma muharririlari oilasida eng tanilgan tizim sifatida qaraladi.
|
| |