8.8-rasm. Kompas dasturida tayyorlangan chizma.
3D CAD
Oldingi bo‘limda ta’kidlaganimizdek, ikki o‘lchovli chizma tizimlari avtomatlashtirilgan loyihalash talablarini, konstruktorlik faoliyatni, ishlab chiqarishdagi texnologik tayyorgarlik masalalarini to‘liq qondira olmaydi. Ko‘pincha mashinasozlik korxonalarida konstruktorlik va ishlab chiqarish doirasida quyidagi masalalar yechiladi:
uzel va agregatlarni ichki tuzilishi va tashqi ko‘rinishini loyihalash;
kuchlanishni tahlil qilish va optimallashtirish, issiqlik va harorat rejimlarini o‘zgarishi;
stanoklar uchun boshqaruv dasturlarini tayyorlash;
yig‘ish animatsiyasini tayyorlash, mahsulotni haqiqiy rasmini taqdimotga tayyorlash, texnik hujjatlashtirish (yig‘ish bo‘yicha qo‘llanma) va h.k.z.;
lazerli o‘lchagichlar yoki koordinata-o‘lchagichli mashinalar yordamida mahsulot sifatini nazorat qilish;
tezkor protiplash usulida fizik namunalar yaratish;
spetsifikatsiyasini yaratish, tannarxi hisoblash, ishlab chiqarish resurslarini rejalashtirish va sotish.
Ushbu barcha masalalar, loyihalovchidan bo‘lajak mahsulotning ko‘rinishini faqat geometrik shaklini emas balki, materiallarni mexanik, fizik, optik va boshqa xususiyatlarini virtual fazoviy model ko‘rinishida ifodalashni talab etadi. Shunday qilib 3D CAD-tizimlari paydo bo‘ldi. Dastlab 1981 yilda Fransiya kompaniyasi CATIA (Computer Aided Three-dimensional Interactive Application) dastur mahsulotini ishlab chiqdi. Undan so‘ng Unigraphics, Pro/Engineer va boshqa tizimlar yaratildi. Ular Unix operatsion tizimida ishlar edi. Dastlabki ZD-tizimlar asosan aerokosmik, avtomobil va boshqa mashinasozlik sohalarida ishlatilgan, shuning uchun ushbu sohada MCAD (mechanical computer aided design) iborasi qo‘llanila boshlandi. 3D-ma’lumotlar bilan ishlash kompyuterdan katta kuch talab etardi va litsenziyali dastur mahsulotlari va qurilmalar narxi yuqori edi. Windows tizimida va narxi arzonroq kompyuterda ishlovchi SolidWorks mahsulotining birinchi versiyasi 1995 yilda chiqquniga qadar jarayon shunday davom etdi. Bir yil davomida SolidWorks juda katta mashhurlikka erishdi, 3D MCAD minglab muhandislar ishlata boshlashdi. SolidWorksdan so‘ng Autodesk Inventor, SolidEdge, KOMPAS 3D, T-FLEX CAD kabi boshqa dastur mahsulotlari ham paydo bo‘ldi. Shunday bo‘lsada SolidWorks 3D MCAD dunyosida texnologik lider sifatida doimiy rivojlanib, har yili o‘zini yangi versiyalarini chiqarmoqda. Boshqa dastur mahsulotlari esa uning izidan borishmoqda.
3D MCAD arxitekturasi SolidWorksda joriy etilgan bo‘lib, u klassik ko‘rinish sifatida tan olindi. Shuning uchun 3D MCAD-tizim interfeysi va turli imkoniyatlarini ko‘rib chiqishda SolidWorks dastur mahsulotini namuna qilib olish mumkin. Umuman barcha zamonaviy 3D MCADlar uchta asosiy modullardan tashkil topadi:
detallar muharriri;
yig‘ish muharriri;
chizmalar generatori.
CAD/CAE/CAM komplekslari orasida Solid Edge ST mexanik detallar va konstruksiyalarni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlari uchun mo‘ljallangan funksional modullardan tashkil topgan dasturlar to‘plamidir.
Solid Edge ST6 dasturlar to‘plami bir qancha qulayliklarga ega hususan:
loyihalash jarayonining turli bosqichlarida yagona elektron modeldan foydalanish;
qattiq jismlarni modellashtirishda variatsion texnologiyani qo‘llash;
turli platformadagi kompyuterlarda ishlash mumkin, xususan, Sun, IBM, DEC, SGI, Wintel va geterogen tarmoqlarida;
Loyihalash jarayonida chekli elementlar usulidan foydalanib hisoblash va taxlil etish imkoniyati mavjud;
Boshqa turdagi ALTlar bilan modellarni almashinuv imkoniyati mavjud.
|