|
-rasm. Modelni setkalarga ajratish orqali mustahkamligini tekshirish
|
bet | 4/10 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 27,47 Kb. | | #151658 |
Bog'liq Ma\'ruza 28.3-rasm. Modelni setkalarga ajratish orqali mustahkamligini tekshirish.
4. Geometrik modellashtirish.
Geometrik modellashtirish masalasi ALTning muhim qismi hisoblanadi..
Real olamdagi fizik ob’ektlar haqidagi ma’lumotlar kompyuterga to‘liq kirtilmaydi, chunki ushbu ob’ektlarning holatlari va xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq bo‘lmay qoladi. Masalan:
• Ob’ektning qaysi qismlari ko‘rinarli?
• Obektning har bir elementi qanday rangda bo‘lishi kerak?
• Ob’ektning hajmi, og‘irligi va o‘lchamlari qancha?
• Ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan to‘qnashmaydimi?
• Ob’ekt boshqa ob’ekt ichida turibdimi yoki ustida?
Geometrik modellar ALTda ko‘plab masalalarni yechishda ishlatiladi. Vizuallashtirish, hisoblash setkalarini qurish, boshqarish dasturini ishlatish va h.k.z. Birinchi o‘rinda geometrik modellar ob’ektlar shakli va o‘zaro joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni saqlash, ularni kompyuter dasturlari uchun qulay ko‘rinishga keltirishga mo‘ljallangan.
Karkasli modellashtirish
Bu hajmli geometriyani tasavvur qilishning dastlabki tarixiy texnologiyasidir. U 2B-chizmachilikdan boshlab rivojlandi va uch o‘lchovli modellarni tasavvur qilishning eng oddiy usuli sifatida qaraldi.
Ular modelni aniq tasavvur etishda yordam beradi va model elementlari o‘zaro joylashuvini nazorat qiladi.
Bundan tashqari karkaslarni proyeksion ko‘rinishlarni yaratishda qo‘llash mumkin.
Modellarni karkasli ifodalashning kamchiligi shundaki, dasturlar modelning sirt, ya’ni yuza qismini barcha xususiyatlarini ko‘rsata olmaydi va u uni aniq qurish imkoniyatini bermaydi. Shunga qaramasdan bu texnologiya 2B-tizimlarga qaraganda ALT funksional imkoniyatlarini kengaytirishga katta yordam berdi. Hozirgi vaqtda modellarni yaratishda oraliq quruvchi yordamchi tizim sifatida qo‘llaniladi.
8.4-rasm. Bo‘ron kosmik kemasining karkasli modeli
Sirtli modellashtirish
Karkasli modellashtirishdan farqli ravishda kam sonli cheklovlarga egaligi tufayli uch o‘lchovli ob’ektni aniqlash imkoniga ega. Sirtli tasavvurga asoslangan geometrik modellashtirish sifatli vizuallashtirishni ta’minlaydi, sonli modellashtirish uchun hisoblash setkalarini oddiy quradi, tutashma chiziqlarni aniqlaydi, loyiha chizmalarini generatsiya qiladi.
|
| |