|
Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari
|
bet | 2/3 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 465,49 Kb. | | #115496 |
Bog'liq Strategik boshqaruv va rejalashtirish Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari Strategik rejalashtirish bo’limining roli va vazifalari axborotlar to’plash va ularni ishlash, strategiyani har yili qayta ko’rib chiqish tizimini yaratish va kelajakda uni boshqarishdan iborat bo’ladi. Direktorlar kengashi muhim strategik yo’nalishlarni ko’rib chiqadi va yuqori boshqaruv tizimi tavsiya etgan strategik rejalarni rasmiy 22 jihatdan tasdiqlaydi. Mana shu marosim davomida kengash oxir-oqibatda qabul qilingan strategiya uchun javobgar bo’ladi. Direktorlar kengashining vazifasi - bu barcha korxonalar yetarli darajada tahlil qilib va ko’rib chiqilganligiga hamda taklif etilgan strategik chora-tadbirlar mavjud variantlardan eng yaxshisi ekanligiga ishonch hosil qilishdan iboratdir. Strategik rejalashtirishning afzalliklari: Strategik rejalashtirishning afzalliklari: 1.Ishni tashkil etishni strategiyaning «biz nima qilish uchun harakat qilayapmiz va nimaga erishyapmiz?» degan asosiy aspektga yo’naltirilganligini ta’minlash; 2.Vujudga kelayotgan o`zgarishlar, yangi imkoniyatlar va taxdid solayotgan tendensiyalarga menejerlarning yanada aniq reaksiya ko’rsatish zaruriyati; 3.Kapital qo’yilmalar va personal sonini kengaytirishning muqobil variantlarini baholash, ya’ni resurslarni strategik asoslangan va yuqori rentabelli loyihalarga oqilona yo’naltirish imkoniyati; 4.Boshqarishning barcha darajalari rahbarlarini qarorlarini birlashtirish imkoniyati; 5.Faol rahbarlikka yaxshi imkoniyatlar yaratadigan va o`zgarishlarga passiv reaksiya ko’rsatish tendensiyalariga qarshilik qiladigan muhitni yaratish. Kompaniya menejerlarining «tashkilot faoliyatning qanday turlari bilan shugullanmoqchi va kelajakda qanday bo’lmoqchi?» - degan masalaga qarashlari strategik ko’rish deyiladi. Strategik ko’rish - «biz kimmiz, nima qilyapmiz, nima qilmoqchimiz» degan savollarga javob beradi. Ba’zan kompaniyalar o’zining vazifasini noto’gri belgilab, uni faqat foydada ifodalaydilar. Biroq foyda kompaniya bajaradigan ishning natijasidir. Faqat foyda olishga qaratilgan kompaniyaning missiyasi korxonalarni bir-biridan farqlash imkonini yo’qotadi. Vaxolanki, har bir kompaniya o’zining qiyofasiga - imidjiga ega bo’lishi kerak.
|
| |