• Kalit so’zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Sun'iy intellektni rivojlanish tarixi turdiyeva Saida Elmuradovna Termiz Davlat universiteti Axborot texnologiyalar fakulteti "Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti" yo'nalishi magistratura 2 bosqich talabasi




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana06.04.2024
    Hajmi0.65 Mb.
    #189615
    Bog'liq
    Turdiyeva Saida 61-63 CUSR
    Ekonometrik modellashtirishda qo’llaniladigan amaliy dasturlar p, videonabl, 1 test 3 kurs yakuniy, Motiv glossariy, otcy-i-deti, ucell 998949986077 28.11.2023-13.12.2023, Қшма қарор Обод ва хавфсиз маҳалла, 01. Тикувчилик танловининг низоми, Audit” fanidan kurs ishi-fayllar.org, Media savodxonlik, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti, Referat mavzu Standart shifrlash algoritmlari qo`llanilishi rej, portal.guldu.uz-BOZOR IQTISODIYOTI NAZARIYASIRIVOJLANGAN MAMLAKATLAR BOZOR TAJRIBASI, Buxoro viloyati hududiy


    61 
    SUN'IY INTELLEKTNI RIVOJLANISH TARIXI 
    Turdiyeva Saida Elmuradovna 
    Termiz Davlat universiteti Axborot texnologiyalar fakulteti "Kompyuter 
    tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti" yo'nalishi magistratura 2 bosqich 
    talabasi 
    +998888078731 
    Annotatsiya: Hozirgi davrda o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan 
    qilib tarbiyalash vazifasi muhimdir. AI (sun'iy intellekt) atamasi kundalik hayotimizda 
    tez-tez uchratib va uni qo’llash butun dunyoda rivojlanib bormoqda. So’nggi paytlarda 
    sun'iy intellekt turli tarmoqlar va ijtimoiy infratuzilmalarga kiritilmoqda. 
    Kalit so’zlar: Sun’iy intellect, aqliy qobiliyat, evolyutsiya, kriptograf, xakker. 
    Tadqiqot mazmuni: Sun’iy intellekt xaqidagi tasavvur va bu sohadagi 
    izlanishlar — «aqliy mashinalar» ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi bo’lib 
    Stanford universitetining (AQSH) professori Djon Makkarti tashabbusi asosida 1956-
    yili tashkil topgan ilmiy to’garakda paydo bo’ldi. Bu to'garak tarkibiga Massachuset 
    (AQSH) texnologiya oliygoxi «Elektronika va xisoblash texnikasi» fakultetining faxriy 
    professori Marvin Minskiy, «masalalarni universal xal qiluvchi» va «mantiqiy 
    nazariyotchi» intellektual (aqliy) programmalar bunyodkori — kibernetik Allen Nyuell 
    va Karnegi-Mellen dorilfununining (AQSH) mashxur psixologi Gerbert Seyman, 
    xisoblash texnikasining ko'zga ko’ringan mutaxassislari Artur Semuel, Oliver Selfridj, 
    Manshenon va boshqalar kirar edilar. Aynan shu to’garakda «Sun’iy intellekt» 
    tushunchasi paydo bo’ldi. Mavzuimizning asosiy mazmuniga kirishishdan avval 
    «sun’iy intellekt» (SI), umuman «intellekt» xaqidagi tushunchani aniqlab olishimiz 
    kerak. Bu tushunchani oddiy qoida asosida tushuntirish mumkindek tuyuladi, lekin bu 
    qiyinroq Bu tushunchani turli fan soxalarida ijod qiluvchi olimlarning turlicha talqin 
    qilardilar. 
    «Intellekt» so’zi lotincha «intellectus» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u bilish 
    (aniqlash), tushunish yoki faxmlash (aql) ma’nosini beradi. «Intellekt» so’zini 
    aniqlovchi, psixologlar tuzgan uchta tushunchasini (Katta sovet entsiklopediyasi va 
    Vesterning amerika lug’atidan olingan) keltiraman. Bu tushunchalar «intellekt» 
    tushunchasi mazmunini aniqlash uchun yordam beradi. Intellekt — fikrlash qobiliyati, 
    ratsion`al bilish va shunga o’xshash. Umumiy xolda esa fikrlash, shaxsni aqliy 
    rivojlanishi sinonimi bo’lib xizmat qiladi. Intellekt (aql) — o‘z xulqini sozlash yo’li 


    62 
    bilan xar qanday (ayniqsa yangi) xolatga yetarli baxo berish qobiliyati. Intellekt — 
    turmushdagi dalillar o‘rtasidagi o’zaro bog’liklikni tushunish qobiliyatidir. Bu 
    qobiliyat belgilangan maqsadga erishishga olib boruvchi xarakatlarni ishlab chiqish 
    uchun kerak bo’ladi. Yuqorida aniqlangan «intellekt» tushunchasidan shunday xulosa 
    chiqarish mumkinki, ya’ni intellekt faqat insonlarga tegishli va odam aqliy 
    qobiliyatining o‘ziga xos o‘lchovidir. Psixologlar shunday maxsus usullar yaratdilarki, 
    bu usullar yordamida tajriba orqali odamning intellektual (aqliy) darajasini aniqlash 
    mumkin bo’ldi. Natijada shu narsa aniqlandiki, intellektning individual darajasi 
    o‘rtasidan surilishi odamning fizik imkoniyatlari darajasi kabidir. 
    Agar o‘rtacha aqliy qobiliyat 100 ball deb qabul qilinsa, u xolda o‘ta qobiliyatli 
    insonlarda bu ko‘rsatkich 150, 180, xattoki 200 ballga yetishi mumkin. Amerikalik 
    shaxmatchi, jaxon eks-chempioni Robert Fisherning bu ko’rsatkichi 187 ball bo’lgan, 
    XIX asr yarmida yashagan angliyalik mantiqchi Djon Styuart Mill uch yoshidayok 
    qadimgi yunon tilida gapira olgan va uning ko’rsatkichi 190 ballgacha borgan. Shuni 
    qayd qilish lozimki, evolyutsiya davrida intellekt birmuncha bir tekis, inqilobiy 
    rivojlanish davridan toki zamonaviy inson intellekti paydo bo’lgunga qadar bo’lgan 
    davrni bosib o’tgan. Intellektning evolyutsion rivojlanishi berilgan bosqichdan 
    birmuncha yuqori printsipial, a’lo darajadagi tashkil topgan bosqichga o’tish bilan 
    davom etadi.
    Sun’iy tafakkur (sun’iy intellekt) sohasida dastlabki ishlar o‘tgan asrning 
    o‘rtalarida boshlangan. Garchi muayyan g‘oyalarni O‘rta asr matematik va faylasuflari 
    bergan bo‘lsa-da, bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar ixtirochisiga aylanish ingliz matematigi 
    va kriptografi Alan Tyuring (1912-1954)ga nasib etdi.
    Alan Tyuring 1950-yili kelajak mashinalari imkoniyatlari, shuningdek, ularning 
    aql jihatidan insonni ortda qoldirishga qodirligi haqidagi savollar o‘rtaga tashlangan 
    maqola chop etadi. Aynan shu olim keyinchalik o‘zining nomi bilan atalgan tartibni 
    ishlab chiqdi: Tyuring testi.Bu olimning nashr etilgan ishidan so‘ng sun’iy tafakkur 
    sohasida yangi tadqiqotlar paydo bo‘la boshladi. Tyuring fikricha, muloqot vaqtida 
    fikrlashda insondan farq qilmaydigan mashinanigina tan olish kerak. Taxminan olim 
    maqolasi chop etilgan bir vaqtda «Baby Machine» deb nom olgan konsepsiya dunyo 
    yuzini ko‘rdi. Sun’iy tafakkurni rivojlantirish va mashina yaratish uchun unga kiritilgan 
    fikrlash jarayoni dastlab bola darajasida shakllantirildi, keyinchalik bosqichma-bosqich 
    takomillashtirildi. 


    63 
    «Sun’iy tafakkur» atamasi esa keyinroq paydo bo‘ldi: 1956-yilning yozida 
    AQShning Dartmut universitetida sun’iy tafakkur masalalari bo‘yicha anjuman bo‘lib 
    o‘tdi. Unda Jon Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski (Garvard universiteti), 
    Klod Shennon (Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM), Gerbert Saymon 
    (Karnegi universiteti, Trenchard Mur (Prinston universiteti) singari o‘nlab olimlar 
    ishtirok etdi hamda mavzu bo‘yicha ma’ruza qilgan amerikalik informatik Jon Makkarti 
    (1927–2011) «Artificial Intelligence» («Sun’iy tafakkur») atamasi muallifi sifatida 
    tarixda qoldi.Ushbu uchrashuvdan so‘ng sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega 
    mashinalarni faol rivojlantirish boshlandi. Mazkur sohada yangi texnologiyalarni 
    yaratishda ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni faol moliyalashtirgan harbiy muassasalar 
    muhim rol o‘ynadi. Keyinchalik bu sohadagi ishlar yirik kompaniyalarni ham qiziqtirib 
    qo‘ydi. 
    Zamonaviy hayot tadqiqotchilar oldiga yanada ko‘p murakkab vazifalarni qo‘ya 
    boshladi. Shu bois sun’iy tafakkur, o‘zining paydo bo‘lgan davriga nisbatan, mutlaqo 
    boshqacha shart-sharoitlarda rivojlana bordi. Globallashuv jarayonlari, raqamli 
    tarmoqdagi huquqbuzarliklar (xakerlar) faoliyati, internet taraqqiyoti va boshqa 
    muammolar – bularning bari olimlar oldiga sun’iy tafakkur sohasidagi murakkab 
    vazifalarni hal etish vazifasini ko‘ndalang qo‘ydi.Ushbu sohada so‘nggi yillarda 
    erishilgan muvaffaqiyatlar (masalan, avtonom texnikalarning paydo bo‘lishi)ga 
    qaramay, haqiqatda sun’iy intellektni yaratishga ishonmaydigan tanqidchilarning ovozi 
    hamon tingani yo‘q – ularning fikricha, bu u qadar qobiliyatli dastur emas.Faylasuflar 
    insoniy intellekt tabiati va uning maqomi qanday bo‘lishi haqida yakdil fikrga 
    kelisholganicha yo‘q. Sun’iy tafakkurga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda sun’iy tafakkurni 
    hal etish bilan bog‘liq ko‘plab g‘oyalar uchraydi. Shuningdek, ushbu masalada qanday 
    mashinani aqlliroq sanash mumkin, degan yagona tushuncha mavjud. 
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik 
    – har bir rahbar faoliyatinig kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2016 yil yakunlari va 2017 yil 
    istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O’zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining nutqi. // Xalq so’zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11. 
    2. Qosimov S.S. Axborot texnologiyalari. – T.: Aloqachi, 2006 – 369 b. 
    3. Iskusstvenniy intellekt: Sovremennie podxodi – A Rassel i Norvig. – iz. Pirson 
    Prentice Hall – 2009 – 1132p. 

    Download 0.65 Mb.




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sun'iy intellektni rivojlanish tarixi turdiyeva Saida Elmuradovna Termiz Davlat universiteti Axborot texnologiyalar fakulteti "Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti" yo'nalishi magistratura 2 bosqich talabasi

    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish