Sun’iy intellektning asosiy xususiyatlari va unda yechiladigan masalalar




Download 14.25 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi14.25 Kb.
#93252
Bog'liq
8.Sun’iy intellektning asosiy xususiyatlari va unda yechiladigan masalalar
KT Lab 2 akrom612) (2), IES TEST, Mavzu Google maps tizimi haqida umumiy ma’lumot, Boboyev Asilbek, KTE MI 1, Қўлланма Меҳнат, Individual loyiha mavzular (5), 2.Sun`iy intellekt fikrlaydigan mashinalar, ongli robotlar , 1. Sun`iy intellekt haqida umumiy, 9- mavzu. Rs va rl zanjirlarda o‘tkinchi jarayonlar Reja-fayllar.org, Stekning tuzilishi. Massiv va ro’yxatlar, 12-тема Кабыл, Begbutayev-Monografiya-2020, Boshlang’ich o’quvchilarga narx baxo miqdorga doir masalalarni yechishga7777

Sun’iy intellektning asosiy xususiyatlari va unda yechiladigan masalalar


Sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi. O‘tgan asrning 80-yillari boshlarida sun’iy intellekt ishlab chiqishda mustaqil yo‘nalish shakllangan bo‘lib, u “ekspert tizimlar” deb nomlandi. Ekspertning (yoki ekspertlar guruhining) o‘rnini egallashi hamda murakkab muammolarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish mumkin bo‘lgan intellektual tizimlar,birinchi navbatda, harbiylarga kerak bo‘ldi, keyin tibbiyot xodimlariga, undan keyin esa bunday tizimlarni joriy qilish bilan inson faoliyatining hamma soha mutaxassislari shug‘ullana boshladi. Ishlanmalarning maqsadi – murakkab funksiyalarni bajarishda natija beradigan, ekspert yoki mutaxassis-ekspertlar guruhi taklif qilgan yechimlardan sifat va samaradorligi bo‘yicha qolishmaydigan dastur yaratishdir. Ekspert tizimlarning ishlab chiqaruvchilari o‘z fanlari nomi uchunE. Feygenbaum tomonidan kiritilgan “bilimlar injeneriyasi” degan atamadan foydalandilar. Ushbu atama mazkur bilim sohasi nomi sifatida keyinchalik keng tarqaldi. Mantiqiy xulosa chiqarish tizimlaridan (ekspert tizimlaridan) tashqari boshqa yo‘nalishlar ham rivojlantirildi (masalan, neyron tarmoqlar). Obrazlarni farqlay olish uchun tizimlar, jumladan, tabiiy tilni idrok qiladigan tizimlar paydo bo‘ldi. Ba’zi ishlanmalar foydalanishda shu darajada qulay bo‘ldiki, ularning tijorat analoglari ham paydo bo‘la boshladi. Sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi. O‘tgan asrning 80-yillari boshlarida sun’iy intellekt ishlab chiqishda mustaqil yo‘nalish shakllangan bo‘lib, u “ekspert tizimlar” deb nomlandi. Ekspertning (yoki ekspertlar guruhining) o‘rnini egallashi hamda murakkab muammolarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish mumkin bo‘lgan intellektual tizimlar,birinchi navbatda, harbiylarga kerak bo‘ldi, keyin tibbiyot xodimlariga, undan keyin esa bunday tizimlarni joriy qilish bilan inson faoliyatining hamma soha mutaxassislari shug‘ullana boshladi. Ishlanmalarning maqsadi – murakkab funksiyalarni bajarishda natija beradigan, ekspert yoki mutaxassis-ekspertlar guruhi taklif qilgan yechimlardan sifat va samaradorligi bo‘yicha qolishmaydigan dastur yaratishdir. Ekspert tizimlarning ishlab chiqaruvchilari o‘z fanlari nomi uchunE. Feygenbaum tomonidan kiritilgan “bilimlar injeneriyasi” degan atamadan foydalandilar. Ushbu atama mazkur bilim sohasi nomi sifatida keyinchalik keng tarqaldi. Mantiqiy xulosa chiqarish tizimlaridan (ekspert tizimlaridan) tashqari boshqa yo‘nalishlar ham rivojlantirildi (masalan, neyron tarmoqlar). Obrazlarni farqlay olish uchun tizimlar, jumladan, tabiiy tilni idrok qiladigan tizimlar paydo bo‘ldi. Ba’zi ishlanmalar foydalanishda shu darajada qulay bo‘ldiki, ularning tijorat analoglari ham paydo bo‘la boshladi. Sun’iy va tabiiy intellekt orasidagi o‘xshashliklar. Zamonaviy ekspert tizimlar ekspertlarning – ma’lum doiradagi masalalarni hal etishda chuqur anglaydigan kishilar (mazkur bilim sohasida mutaxassislar)ning bilim va ichki hissiyotlari bilan sezishlaridan foydalanadilar. Ekspert tizimlar hisoblash tuzilmasibo‘lib, tuzilgan mantiqiy tanlov kichik tizimlari va hisoblash operatsiyalarining ehtimoliy to‘plamidan ekspertlar taklifiga ko‘ra, mustaqil ravishda, yechim algoritmini shakllantiradi. Operatorlarning u yoki boshqa kichik tizimlarini tanlashi avval ekspertlar tomonidan ifodalangan baho va taqqoslashlar asosida yuz beradi. Ekspert tizimi oldida turgan funksiyalarni bajarish usullari ekspertlarning taqdim etgan u yoki bu ssenariyniamalga oshirish mumkinligi darajasi bo‘yicha hamda ma’qul variantni tanlash imkon borligini ifodalovchi chizmalarga asoslangandir. Ammo har holda mazkur tizimlarni masalalar yechishda tajribaga suyangan holda, o‘zini-o‘zi o‘rgatadigan mexanizmlar ko‘zda tutilmagan, chunki tadqiqot obyektiga ta’sir va uning holatini o‘rganish, ya’ni to‘laqonli faol elementlar va samarali teskari aloqa mavjud emas. Ko‘pgina ekspert tizimlarda avtonom o‘zini-o‘zi tahlil qilish va o‘z ichki tuzilmasini takomillashtirish ko‘zda tutilmagan. Hozirgi zamonaviy dinamik ekspert tizimlar esa ma’lum darajada tashqi muhit o‘zgarishlarini hisobga oladi hamda o‘z ma’lumotlar bazasining tuzilmasini o‘zgartirishga qodir va hozircha bu kerakliyo‘nalishdagi ehtiyotkorona qadamlar hisoblanadi. Ekspert tizimlaristandart qobiqlari dasturiy ta’minotni yaratishda erishgan katta yutuqlariga qaramasdan (endilikda ularni har bir ekspert mustaqil ravishda, hatto muhandisdasturchilarning yordamisiz, to‘ldirishi mumkin), mazkur murakkab uskunalar hozircha sun’iy intellektning to‘laqonli tizimlari hisoblanmaydi. Biroq ekspert tizimlari mutaxassis ekspertlarning tajribasi va bilimlaridan global miqyoslarda foydalanishga imkon beradi, ularning bilim va tajribasini qo‘llash hatto tajribasiz foydalanuvchilarga ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Neyron tarmoqlar yanada qiziqarliroqdir. Dastlab neyron tarmoq perseptron (perseptio – idrok qilish) debnomlangan, chunki ularni shakllantirishda asosiy vazifa obrazlarni farqlab olish bo‘lgan. Dastlabki perseptron – Mark-I – birinchi neyrokompyuter (uning yaratish tamoyillari va texnik amalga oshirish variantlari 1957-yilda (F.Rosenblatt) ishlab chiqilgan, 1985-yilda esa birinchi tijorat neyrokompyuteri – Mark–III yaratilgan). Sun'iy intellekt — bu inson o'y-fikrini Kompyuter da aks ettiruvchi dasturlar tizimidir. Bu kabi tizimlar yaratish uchun, aniq bir masalani yechuvchi kishining fikr jarayonini o'rganish va shu asosda Komp’yuter tushunadigan tilda dastur tuziladi. Bu sohada asosan, «nima bo'ldi, agar» turdagi evristik (noformallashgan) vazifalar jarayoni Kompyuter da hal etiladi. Bunda asosiy g'oya «qanday hal etish kerak» degan vazifani beruvchi eski formallashgan algoritmlardan predmetli soha mutaxassislari tomonidan jamlangan bilimlar bazasida «nimani hal etish kerak» degan mantiqiy dasturlashtirishga o'tishdir.
Sun'iy intellektning (SI) intellektual xarakterdagi masalalar-ning yechilish usullarini EHM yordamida o'rganuvchi fanning hayotda qo'llanib rivojlanib borishidan ekspert tizimlar (ET) vujudga keldi. ET lar asosini predmet sohasi ma'lumotlari haqidagi axborot kiritilgan bilimlar bazasi tashkil etadi. Bilimlarni ET ga taqdim etishning ikki asosiy shakli: faktlar va qoidalar mavjud. Faktlar — hodisa va jarayonlarning miqdoriy va sifat ko'rsatkich-larini qayd etadi. Qoidalar — odatda sabab va oqibatlarni bog'lovchi mantiqiy sharoitlar ko'rinishidagi faktlararo nisbatlarni bayon etadi.
SI tizimlari 40 yildan ko'proq tarixiy rivojlanish jarayonini boshidan kechirgandir. Paydo bo'lishidanoq teoremani avtomatik isbotlash, mashina tarjimasi (bir mashina tilidan boshqa tilga o'girish), tasvirlarni o'rganish va tahlil qilish, robotlar ishini rejalashtirish, o'yinlar algoritmi va strategiyasi kabi yechimini kutayotgan masalalarni qamrab olgan yechimni topish.
Sun’iy intellekt masalalarini echishning umumiy uslublari. Mashina yordamida masalalarni namoyish etish shakllarini izlash masalasi qiyin formallashgan ijodiy jarayon hisoblanadi. Shuning uchun masalalarni namoyish etishda qo'llaniladigan ba’zi shakllarni quyidagich keltirish mumkin [1]:
1) Holatlar fazosi(HF)da namoyish etish;
2) Masalalarni masalalar ostilariga keltirish yo’li bilan namoyish etish;
3) Teoremalar ko’rinishida namoyish etish;
4) Kombinatsiyali namoyish etish.
Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.Sun'iy intellekt (SI) kompyuterlarga o'zlarining tajribalarini o'rganish, berilgan parametrlarga moslashish va ilgari faqat odamlar uchun mumkin bo'lgan vazifalarni bajarish imkonini beradi. SIni amalga oshirishning ko'p holatlarida - kompyuter shaxmatchilaridan tortib uchuvchisiz transport vositalarigacha - chuqur o'rganish va tabiiy tillarni qayta ishlash imkoniyati juda muhimdir. Ushbu texnologiyalar tufayli kompyuterlarga katta miqdordagi ma'lumotlarni qayta ishlash va ulardagi naqshlarni aniqlash orqali muayyan vazifalarni bajarishga "o'rgatish" mumkin. O'tgan asrning 50-yillarida boshlangan Suniy intelekt (SI) sohasidagi birinchi tadqiqot muammolarni hal qilish va ramziy hisoblash tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan edi. 60-yillarda bu sohada AQSh Mudofaa vazirligi qiziqish uyg'otdi: AQSh harbiylari insonning aqliy faoliyatini simulyatsiya qilish uchun kompyuterlarni o'qitishni boshladi.
Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask SIning butun boshli sivilizatsiyani barbod qilishiga ishonchi komil.
Maskning fikricha, “SI insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. SI mehnat bilan bog‘liq ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan quvish natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin”
Sun’iy intellektning asosiy yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:
Teoremalarni isbotlash
Rasmni aniqlash
Mashina tarjimasi va inson nutqini tushunish
O'yin dasturlari
Mashina san'ati
Ekspert tizimlari
Bugungi kunda ushbu yo’nalishlarni qay tarzda o’sib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Birgina misol, kompyuterimizdagi shaxmat o’yini, hattoki mashxur grasmestrlarni ham yenganiga guvoh bo’lganmiz. Bu esa sun’iy intellektning qay tarzda rivojlanib borishiga misol bo’la oladi. Qolgan yo’nalishlarga ham ko’plab misollar keltirish mumkin….
Download 14.25 Kb.




Download 14.25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sun’iy intellektning asosiy xususiyatlari va unda yechiladigan masalalar

Download 14.25 Kb.