|
XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………
|
bet | 2/6 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 43,94 Kb. | | #152256 |
Bog'liq ASOSNOMA 2023.Suyunova MatlubaXULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………...
ILOVALAR ……………………………………………………………….
KIRISH
Dissertatsiya mavzuning dolzarbligi va zarurati. Zamonaviy dunyoning global ekologik muammolari iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning eng muhim vazifalarini hal qilmoqda, bu o‘rinda ekologik muammolar jamiyatda ekologik madaniyatning yetishmasligi tufayli yanada og‘irlashishi mumkin. Ekologik ta’lim sifatini o‘zgartirmasdan ekologik muammolarga yechim topish mumkin emas. Ilmiy tadqiqotlar shuni isbotladiki, bolaning eng jadal rivojlanishi maktabgacha yoshdan boshlanadi, rivojlanishning ushbu bosqichida ekologik ta’lim va tarbiyani o‘z ichiga olgan umumiy madaniyatga mustahkam poydevor yaratish juda muhim. Hozirgi vaqtda maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyat asoslarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish zarurati yuzaga keldi.
Jahonda ekologik ta’lim va tarbiya jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotining roli juda katta bo‘lib, uning asosiy vazifasi to‘g‘ri o‘quv jarayoni va bilim sifatini ta’minlashdir. Shu munosabat bilan ekologik ta’lim va tarbiya sifatini boshqarishning samarali vositalari va usullarini izlab topish hamda amaliyotga tatbiq etish zarurati paydo bo‘lib, ulardan biri maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya jarayonini tashkiliy-metodik ta’minlashdir.
Mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi sifatida rivojlantirilmoqda. Shuningdek, “Uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasi” amaliyotga tatbiq etilgan, ekologik ta’lim mazmuni takomillashtirilib, moddiy-texnik bazasi modernizatsiya qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Atrof tabiiy muhit, aholi sog‘ligi va genofondiga putur yetkazuvchi ekologik muammolarning oldini olish” dolzarb vazifa sifatida belgilangan.1 Binobarin, davlat o‘quv dasturiga muvofiq, maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik asoslarni shakllantirish nazarda tutilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘simliklar, hayvonlar, inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlik va aloqalar haqida sog‘lomlashtiruvchi, kognitiv, axloqiy, estetik, amaliy singari tabiat qadriyatlarining xilma-xilligi, shuningdek, bolalarga ekologik ta’lim - tarbiya berish hozirgi zamonning o‘ta muhim masalasi sifatida xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoni, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi //“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi” 1993 yil 1-son, 1997 yil 2-son, 2017 yil 21 apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024-son farmoni, 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son farmoni, 2019 yil 20 fevraldagi “Yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Prezident maktablarini ochish to‘g‘risida”gi PQ-4199-son qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
|
| |