|
Suyunova matluba abdusaidovna maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashni shakllantirish metodikasi
|
bet | 4/6 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 43,94 Kb. | | #152256 |
Bog'liq ASOSNOMA 2023.Suyunova MatlubaTadqiqotning maqsadi: Maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashni shakllantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim - tarbiyasida ekologik dunyoqarashni shakllantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy nazariy jihatdan asoslash;
maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim - tarbiyasida ekologik dunyoqarashni shakllantirishning pedagogik-psixologik yondashuv mazmunini takomillashtirish;
maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashni shakllantirish metodikasini takomillashtirishning shakl, metod va vositalarini aniqlash;
maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashini shakllantirish yuzasidan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarini rivojlantirish oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning obyekti: maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashni shakllantirish metodikasini takomillashtirish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti: Maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashni shakllantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot ishida muammoga doir falsafiy, psixologik, pedagogik, metodik adabiyotlarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish, sotsiometrik metodlar (anketa, intervyu, suhbat, test), tajriba-sinov natijalarini matematik-statistik jihatdan qayta ishlash usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim - tarbiyasida ekologik dunyoqarashni shakllantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy nazariy jihatdan motivatsion-shaxsiy va komponentlarini aniqlashtirish hamda kognitiv-kreativ, jarayonli-integrativ muhitni yaratish asosida shakllantirilgan;
maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashni shakllantirish metodikasi bo‘yicha pedagogik, psixologik, metodik, didaktik adabiyotlarni tahlil qilish asosida, bola ekologik dunyoqarashini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan, muammoli-izlanishli-kreativ vaziyatlarni intensiv qo‘llashga doir topshiriqlarni tuzish va qo‘llashning didaktik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashni shakllantirishning ijtimoiy-madaniy va pragmatik tarkibiy qismlarini rivojlantirish, samaradorlik darajasini tajriba-sinov ishlari orqali aniqlash hamda internallik darajasi va yaxlitligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida undan samarali foydalanishga doir xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
|
| |