|
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi
|
bet | 3/6 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 43,94 Kb. | | #152256 |
Bog'liq ASOSNOMA 2023.Suyunova MatlubaTadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot Respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Jumladan, ekologik ta’lim-tarbiya, maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik asoslarni shakllantirish, ularning maqsad va vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari bilan Buriyev E.S, Pirnazarov R.T, Turabaev A.N, Axmedov A.A, Komilova N.Q, Nigmatov А.N, Jo`raev Y.А, Usmonov. М.B, Хolmo`minov J.Т, Nigmatov A., Pardayev G V.E.Girusov, V.I.Danilov-Danilyan, H.A. Karmaev, I.I.Kravchenko, G.A.Kuznetsov, va boshq. ekologik ta’lim asoslarining falsafiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa jihatlarini o’rganganlar.
MDH davlatlari olimlari E.I.Efimova, I.N.Kondrashova, H.A.Liz, N.M.Mamedov, K.A.Romanova, - V.I.Blinnikov, G.S.Kamerilova, S.S.Kashlev, A.B.Mironov, A.F.Baranov, N.B.Dementev, Yu.I.Mixalchenko, J.B.Moiseeva, O.V.Popova, B.I.Strelets, L.F.Tararina, S.N.Glazachev, V.P.Gorlachev, N.S.Dejnikova, O.N.Kozlova, I.I.Mazur, O.G.Tavstuxa kabi olimlarning tadqiqot ishlarida ekologik muammolar ko‘tarilgan.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ekologik masalalarini ilmiy va nazariy jihatdan o‘rganish bo‘yicha Ch.Adams, Николас А.Робинсон, H.H. Moiseev, N.F.Reymers, A.D.Ursul, R.G.Barker, W.R.Catton, D.H.Meadows, D.L.Meadows, J.Randers, A.W.Wieckerlar tomonidan amalga oshirilgan.
Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Termiz davlat pedagogika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi hamda “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining ijrosini ta’minlash maqsadida boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar bilimini takomillashtirish va umumiy rivojlantirishning psixologik-pedagogik aspektlari” amaliy loyihasi (2020-2023-yy.) doirasida bajarilgan.
|
| |