|
Suyunova matluba abdusaidovna maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashni shakllantirish metodikasi
|
bet | 5/6 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 43,94 Kb. | | #152256 |
Bog'liq ASOSNOMA 2023.Suyunova MatlubaTadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim - tarbiyasida ekologik dunyoqarashni shakllantirishga asoslangan ta’lim muhitida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonini ekologik ta’lim asosida takomillashtirishni fanlararo aloqadorlik mazmunida loyhalashtirilgan, Milliy o‘quv dasturi asosida o‘quv-metodik va o‘quv modullari takomillashtirilgan;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim - tarbiyasida ekologik dunyoqarashni shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim - tarbiyasida ekologik dunyoqarashni shakllantirishning modernizatsiyalashgan, integratsiyalashgan tizimi yaratilgan;
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. tadqiqot ishida metodologik yondashuvlar, foydalanilgan nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, mamlakatimiz va xorijiy davlatlar olimlari, shuningdek, amaliyotchilarning ishlariga asoslanganligi, tadqiqot vazifalariga mos keluvchi, tajriba-sinov ishi samaradorligining matematik statistika metodlari bilan asoslangani, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy qilingani, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangani bilan belgilanadi.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim - tarbiyasida ekologik dunyoqarashni shakllantirishga doir tayyorlangan taklif va tavsiyalar, tarqatma va didaktik materiallar tayyorlashda foydalanish mumkin.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati olingan natijalardan samarali foydalanish imkoniyati maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim - tarbiyasida ekologik dunyoqarashni shakllantirish, tabiiy va gumanitar fanlar bo‘yicha avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni yangi vaziyatlarda qo‘llash orqali Milliy o‘quv dasturi mazmuniga singdirilganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro va 3 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida muhokama qilingan.
|
| |