Cho‘zishdagi tolalar harakatini o‘rganish usullari




Download 9.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/62
Sana19.02.2022
Hajmi9.74 Mb.
#17819
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Bog'liq
piltalash va piliklash texnologiyasi
KURS ISHI YUZI, SHAXSIY HUJJATLARI, Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘t, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, Optoelektronika, JGFJG, 12-lab, b45a534d-f7fd-49d1-ae10-245346ce43b5, n8vDmPqyZTxN1fsoEJiqkzSp3bxnvACGcSODgTzI, 1. Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish-hozir.org, 9-kl Inf 1-85 INFORMATIKA 9 kl qq, 1-маъруза РБТ, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus, dilshodbek
Cho‘zishdagi tolalar harakatini o‘rganish usullari. 
Cho‘zish maydonida tolalarning nazoratdagi va nazoratsiz 
harakatining aniq chegarasi mavjud emas, cho‘zuvchi juftliklar 
hosil qilgan ishqalanish kuchining ta’sir etish yuzasi cho‘zish 
maydonida suzib yuruvchi tolalar miqdorining kamayishiga 
xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, turli elementlar yordamida 
ishqalanish kuchining ta’sir etish yuzasini ta’minlash 
juftligidan cho‘zuvchi juftlik tomon kamayadigan qilib hosil 
qilinishi kalta tolalar harakatining nazoratga kelishiga xizmat 
qiladi. Bulardan tashqari, turli tolalar turlicha to‘g‘rilanishga 
ega. Yaxshi to‘g‘rilanmagan tolalarning ilashuvchanligi kam 
bo‘lganligi sababli ular nazoratsiz tolalar guruhiga o‘tishi 
tajribalarda aniqlangan.
Cho‘zish miqdori qancha katta bo‘lsa, tolalarning uchlari 
shuncha yaxshi to‘g‘rilanadi. Agar tarash piltasidagi tolalarning 
to‘g‘rilanishi 55% bo‘lsa, birinchi o‘tim piltalashda bu raqam 
71%, ikkinchi o‘timdan so‘ng 75%, piltalashdan keyin 78–80% 
va nihoyat, yigirishda olingan ip 82–85%ni tashkil etdi.
Harakati nazoratda bo‘lmagan tolalar miqdoriga mahsulotning 
tozaligi ham ta’sir etadi. Agar tolalar yaxshi tozalanmagan bo‘lsa, 
qo‘shimcha qarshilik hosil bo‘lib, nazoratsiz tolalar miqdori 
ko‘payadi.
Cho‘zish asbobida tolalarning harakatlanishini aniqlashning
quyidagi tajriba usullari mavjud:
1) tolalarga belgi qo‘yish; 
2) M.N. Slotinsev usuli;
3) kinosyomka usuli;
4) tolalarning radioaktiv xossalaridan foydalanish.


36
M.N. Slotinsev usuli ko‘proq ishlatiladi hamda nazorat 
qilinadigan va qilinmaydigan tolalarning harakati shu tajribalarga 
asoslanib aniqlangan.
Mahsulot yo‘g‘onligining ikki cho‘zuvchi juftlik oralig‘ida 
o‘zgarish chizig‘iga cho‘zilishdagi egrilik deb ataladi. Va u 
mahsulotning birin-ketin ingichkalashuvini anglatadi.
Cho‘zilishdagi ingichkalanish egriligining tahlili tolalarning 
cho‘zish asbobida harakat qonuniyati mavjudligini bildiradi.
Ingichkalanish egrilik chizig‘ini ikki usulda:
 grafik; 
grafoanalitik usulda qurish mumkin.
Cho‘zishdagi egrilik chizig‘iga (shakliga) quyidagilar ta’sir 
etadi:
1) mahsulotning tarkibi va notekisligi;
2) mahsulot uzunligi bo‘yicha tolalarning taqsimlanishi;
3) tolalarning cho‘zilishdan oldingi tekislanganligi; 
4) nazoratda bo‘lgan va bo‘lmagan tolalar harakatining 
ko‘rinishi;
5) cho‘zilish miqdori;
6) silindrlar oralig‘idagi tirqish (razvodka).
Ingichkalashish egriligini tuzish uchun quyidagilar mavjud 
bo‘lishi kerak:
1. Tolaning chiziqliy zichligi.
2. Cho‘ziluvchi va cho‘zilgan mahsulotning chiziqiy zichligi.
3. Cho‘zilish miqdori.
4. Silindrlar orasidagi tirqish.
5. Uzunlik bo‘yicha tolalarning foizlardagi taqsimoti.

Download 9.74 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Download 9.74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Cho‘zishdagi tolalar harakatini o‘rganish usullari

Download 9.74 Mb.
Pdf ko'rish